К содержанию
РецензированоRU2026

QARAG'AY TOIFALAR BO'LIMINING O'ZIGA XOS BELGILARI, KO'PAYISHI VA TARQALISHI

Mamasobirova Santalatbonu Dilshodbek qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides information on the general description of the pine taxon, its specific characteristics, methods of reproduction, distribution, and importance in human activity. Kalit so‘zlar: Qarag‘ay, ignabargli, ochiq urug‘li, shamol changlanishi, ekologik ahamiyat, yog‘och sanoati. Ключевые слова: Сосна, хвойные, открытосеменные, ветроопыление, экологическое значение, лесная промышленность. Keywords: Pine, conifer, open-seeded, wind pollination, ecological importance, timber industry. Qarag‘ay toifalar (Pinophita) bo‘limi vakillarida o‘simliklar olamining boshqa bo‘limi turlaridan farqli ravishda urug‘ hosil qilgan. Ma’lumki barcha urug‘li o‘simliklarning ya’ni yopiq va ochiq urug‘lilar har xil sporali o‘simliklar hisoblanadi. Demak ularda spora ikki xil: erkaklik sporalari – mikrosporalar va urg‘ochilik sporalari – makrosporalar bo‘ladi. Bunda mikrosporalar erkaklik gametofiti, makrosporalar urg‘ochilik gametofiti boshlang‘ichini beradi. Shu holatga ko‘ra urug‘li o‘simliklar urug‘siz turli sporali o‘simliklardan (selaginella, polushnik, marsiliya yoki salviniya) farq qilmaydi. Shunday bo‘lsada ular orasida muxim farq bor. Urug‘siz yuksak o‘simliklarning urug‘lanish jarayonlari suvda amalga oshadi, urug‘li o‘simliklarda esa jinsiy ko‘payishda suvning bo‘lishi shart emas. Shu tufayli urug‘li o‘simliklar suvsiz sahrolarda yilning yomg‘irsiz vaqtlarida ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payaveradi. Deyarli barcha urug‘siz yuksak o‘simliklarda megasporalar megasporangiydan chiqib ketadi, urug‘li o‘simliklarda esa megasporangiy ichida etilgan bitta makrospora, ichkarida qolib undan urg‘ochi gametofitning rivojlanishi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu jixatdan qaraganda ba’zi turli sporali yuksak o‘simliklarda shu yo‘nalishda dastlabki siljishlar kuzatiladi. Selaginellaning ba’zi turlarida megasporalar megasporangiy ichida qoladi va urug‘lanishdan keyin murtakning muayan o‘sishiga hatto yosh o‘simlikkacha rivojlanadi. Yuksak o‘simliklarga o‘xshash tomonlari ko‘p bo‘lgan turlar qirilib ketgan ba’zi plaunsimonlarda miadesma (Miadesmia) va lepidokarpan (Lepidocarpon) turkumlarida kuzatiladi. Ularda megasporangiya sporafloidlar deb nomlanuvchi yon o‘simtalari qayrilib o‘sib qolishidan hosil bo‘ladi. Bu holat urug‘ga eng yaqin tuzilma bo‘lsada u hozirgi urug‘ga gomologik emas, balki analog bo‘ladi. Chunki ochiq urug‘lilarda urug‘ miadesmiya va lepidokarpondan ancha oldinroq paydo bo‘lgan. Urug‘li o‘simliklarda megasporangiy urug‘li 100 plaunsimonlardan farqli o‘laroq “integument” (lotincha – integumentum – qoplag‘ich, qoplam degan ma’noni anglatadi) deb nomlanuvchi maxsus qoplam bilan qoplangan. Ularning kelib chiqishi lepidokarpon yoki miadesmiya megasporangiylari qoplag‘ichidan butunlay farq qiladi. Integument bilan qoplangan megasporangiy urug‘kurtak deb nomlanadi. Bu haqiqatdan ham urug‘ning boshlang‘ichi bo‘lib undan urug‘lanishdan keyin urug‘ rivojlanadi. Ma’lumki megasporaning rivojlanishi ya’ni urg‘ochi gametofitning rivojlanishi megasporangiyada (urug‘kurtak ichida) sodir bo‘ladi. Urug‘kurtak ichida urug‘lanish sodir bo‘lib, murtak rivojlanadi. Bu hol urug‘lanishni suvsiz sodir bo‘lishini ta’minlaydi. Murtakning rivojlanish jarayonida urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Qarag‘ay toifalari (Pinophyta, Coniferophyta yoki Gymnospermae) asosan mo‘tadil va sovuq iqlim mintaqalarida keng tarqalgan. Ular Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikaning tog‘li hududlarida ko‘p uchraydi. Eng katta qarag‘ay o‘rmonlari Rossiya, Kanada va Skandinaviya mamlakatlarida joylashgan. O‘zbekistonda esa tog‘li hududlarda, xususan, Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘ tizmalari bo‘ylab uchraydi. Qarag‘ay o‘rmonlari atrof-muhit barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Atmosferaga kislorod chiqarib, karbonat angidrid miqdorini kamaytiradi. Tuproq eroziyasining oldini oladi va suv resurslarini tartibga soladi. Biomuhitni boyitadi va ko‘plab hayvonlarning yashash joyi hisoblanadi. Qarag‘ay yog‘ochi va undan olingan mahsulotlar turli sohalarda ishlatiladi. Qurilish sanoati mustahkamligi va yengilligi sababli uylar, ko‘priklar va mebel ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Tsellyuloza ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi. Qarag‘ay qatronidan tibbiyotda foydalaniladi, uning efir yog‘lari antiseptik va balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatga ega. Yog‘och va undan tayyorlangan briketlar yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Qarag‘ay toifalari inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Ularning ekologik ahamiyati, sanoatda va kundalik hayotda keng qo‘llanilishi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Qarag‘ay o‘rmonlarini saqlash va tiklash barqaror ekologik muhitni ta’minlash uchun muhim hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Hamidov “Osimliklar geografiyasi” “Oqituvchi” T.: 1984. 2. Soxabiddinov. S. “Osimliklar sistematikasi” I II bob. “Oqituvchi” T.: 1976 3. Абдукаримов А. А., Саъдуллаев С. «Ўсимликлар систематикаси», Тошкент: Фан, 2019. 4. Назаров Н.Н., Ташходжаев Ш.Т. «Бота

Доказательный фрагмент

«This thesis provides information on the general description of the pine taxon, its specific characteristics, methods of reproduction, distribution, and importance in human activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides information on the general description of the pine taxon, its specific characteristics, methods of reproduction, distribution, and importance in human activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pine, conifer, open-seeded, wind pollination, ecological importance, timber, ekologik ahamiyat, yog‘och sanoati., ignabargli, shamol changlanishi, Qarag‘ay, ochiq urug‘li
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники