К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO VOHASIDA MATO VA MATO TAYYORLASH USULLARI. PAXTA. G‘UZAK. JUN. XALAJI. BO‘Z. OLACHA. BEQASAM. BAXMAL. ADRAS.

Gulyamov Alisher Azizovich · Yarashova Mohlaroyim Shuxratqizi · Karimov Suxrobbek Yusupovich · Нурбоев Х.Р

Современная наука и исследования · 1 · 43-44 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro vahasida qadimdan mavjud bo‘lgan mato turlari va ularni tayyorlash jarayonlarining umumiy ta’rifi, o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan zandanicha matosi,shuningdek Rossiya bosqini davrida hunarmandchilik ahvoli va bir qator mato turlari, tikuvchilik bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar. Zandanicha, etang, tavrat, surp-bo‘z, ipak mato, shoyi mato, beqasam, duruya, adras, banoras, sex. Buxoro vohasida gazlama ishlab chiqarishda jun, ipak, paxta xom ashyosidan foydalanilgan. Paxta va junni maxsus uskuna «etang» yordamida bir necha marta tarashardi. Keyingi jarayon - xom ashyoni yigirish. Xom ipni eshib, ulash jarayoni esa, ’’tavrat’’ deb atalardi. Bu xizmatni tabakasidan qa’tiy nazar barcha ayollar qilishardi. 1 Bosma gazlamalarni ishlash O‘rta Osiyoda XIX asrning birinchi yarmida keng joriy etilgandi. Bu gazlamalar Rossiyaga eksport qilinardi. Buxoro va uning atrofidagi qishloqlari bosma ishlash asosiy markazi bo‘lgan. Bu san’at bilan ayniqsa Jondor, G‘ijduvon, CHitgaron, Vardonze, Romitan qishloqlari mashhur bo‘lgan. Ular ajoyib donalab tayyorlanadigan bosmani ishlashgan. Guldor matolar, shoyi, beqasam, duruya, adras, ayniqsa, banoras va paripasha nomli gazlamalar keng tarqalgan. 1 Нурбоев Х.Р, Гиясова Д.Р. Мутахассисликка кириш,ўқув қўлланма.-Т.: 2017.-Б.30. 330 Mart, 2025-Yil XIX asr o‘rtalarida bu gazlamalar to‘quvchi hunarmandlar tomonidan tayyorlangan. Xilma-xil turdagi bu gazlamalarning barchasi yuqori malaka va san’at, matonatni talab qiluvchi yog‘och dastgohlarda to‘qilgan. Gazlamaga naqsh tushirish juda murakkab bo‘lgan. Abrband usta tolalarning sonini hisoblab chiqib nuqtalar bilan belgilagan, bog‘lab chiqqan, keyin xilma-xil bo‘yoqlarga solib qayta-qayta bo‘yagan. Beqasam va adrasga kudunglash-kudung deb ataluvchi yog‘och bolg‘a bilan urib chiqish va elimli eritma surtish bilan jilo berilgan. Atlasga naqsh solishda ham asosiy tolalar bog‘langan. Buxoroda naqshli baxmal ham shu tarzda tayyorlangan2. SHoyi ipak gazlamalari o‘simlik moyi bilan turli ranglarga bo‘yalgan.Tikuvchilik sohasida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan:to‘nchi, tikuvchi, mashinachi, telpakchi, mahsido‘z, po‘stindo‘z, do‘ppido‘z.3 Rossiya bosqini davrida o‘lkaning barcha sohalari singari, hunarmandchilik mato tayyorlash sohasida ham rus mollarining roli ancha yuqori bo‘ldi. Rossiyadan kelgan fabrikada ishlangan gazlamalar O‘rta Osiyoda qo‘lda ishlangan mahalliy gazlamalarga eng birinchi raqobatchi edi. Bu ularni chiqarishga g‘ov bo‘ldi hamda XIX asrni oxiriga kelib ustki kiyimda qo‘llanmaydigan bo‘ldi , faqat past navlari erkaklar choponing astari sifatida qo‘llanardi. Ko‘ylak uchun qilinadigan yuqori sifatli metrli bosma gazlamalar umuman ishlanmaydigan bo‘ldi. XIX asrda o‘zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolar sirasiga ip- gazlama, ipak, nimshoyi va jun gazlamalar kirgan. Xomashyoning mo‘lligi va arzonligi Movarounnahr shaharlarida ipak to‘quvchilik, bo‘z to‘quvchilik, jun to‘quvchilik va boshqa xil matolarni to‘quvchilik kasb-hunarlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni vujudga keltirdi. To‘quvchilikning, asosan, ikki turi: hammabop ip-gazlama to‘quvchiligi va nisbatan qimmatroq ipak to‘quvchiligi ko‘proq taraqqiy etgan. Ip-gazlama matolarni to‘qish bilan, asosan, ayollar, ipak va nimshoyi gazlamalarni to‘qish bilan erkaklar shug‘ullanishgan.Ip gazlama matolarning turlari va navlari juda xilma-xil bo‘lgan. Ayniqsa oq, jigarrang, sariq tusli bo‘zlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan barcha yoshdagi kishilar uchun choponlar, shuningdek, ichki kiyimlar, sallalar tikilgan.Ayollarning ro‘mollari, dakana va lachaklarini tikish uchun shasha doka ishlatilgan. 2 Ўзбекистон ҳалқлари тарихи. II жилд, Т,: “Фан”, 1993.-Б.165. 3Дониёров А,Бўриев О,Аширов А.Марказий Осиё халқлари этнографияси, этногнези ва этник тарихи.- Т.:’’Янги нашр’’,2011.- Б.76. 331 Mart, 2025-Yil Erkaklarning ko‘ylaklari xom surup, sidirg‘a chit, sodda to‘qilgan, qalami deb nomlangan ip gazlamadan tikilgan. Yo‘l-yo‘l ip gazlama mato-olachalar ko‘proq qishloq to‘quvchilari tomonidan to‘qilib, chopon tikishda ishlatilgan.4 Vohada ishlab chiqarilgan matolar o‘zining rangdorligi va go‘zalligi bilan farqlanib turgan. Mohir ustalar gohida butunlay bir-biriga zid, ba’zan esa o‘zaro uyg‘unlashgan nafis ranglarni ishlatilib, nihoyatda betakror ranglar bunyod etilgan. San’atshunos olima Mahkamovaning yozishicha, g‘ijduvonlik va qarshilik ustalarning bo‘yoqlari ancha nafis, mayin bo‘lib, ranglarning tuslari ham xilma-xil bo‘lgan. Garchi ustalar olti-etti xil ranglardan foydalangan bo‘lsa-da, to‘qilgan beqasam kishi ko‘ziga ancha sipo ko‘ringan.G‘ijduvon va Qarshida to‘q yashil, zarg‘aldoq, to‘q qizil, to‘q sariq, qora pushti, zangori kabi sifati yaxshi ranglardan ham unumli foydalanilgan.5 Beqasam nimshoyi yo‘l-yo‘l mato hisoblanadi.Beqasam so‘zining kelib chiqishi hali hanuz fanda munozarali hisoblanadi.Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, ’’beqasam’’ so‘zi ‘’rangba-rang mato’’ degan ma’noni anglatuvc

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro vahasida qadimdan mavjud bo‘lgan mato turlari va ularni tayyorlash jarayonlarining umumiy ta’rifi, o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan zandanicha matosi,shuningdek Rossiya bosqini davrida hunarmandchi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro vahasida qadimdan mavjud bo‘lgan mato turlari va ularni tayyorlash jarayonlarining umumiy ta’rifi, o‘rta asrlarda mashhur bo‘lgan zandanicha matosi,shuningdek Rossiya bosqini davrida hunarmandchi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ipak mato, shoyi mato, sex., adras, duruya, beqasam, surp-bo‘z, Zandanicha, tavrat, etang, banoras
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники