Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARLARNI O‘RGATISH ORQALI O‘QUVCHILARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRISH
NEW RENAISSANCE · Orzuyeva Sitorabonu Ilxomjon qizi · Abdullayeva Feruza Nurullayevna (Buxoro Davlat pedagogika instituti)
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article analyzes the role and significance of literary works in developing the coherent speech of primary school students. It examines the effectiveness of working with literary texts, including their analysis and retelling, in the process of forming students' oral and written speech. Special attention is given to the development of communication culture, vocabulary enrichment, and the formation of creative thinking through the use of literary and artistic 312 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 materials. The article suggests advanced pedagogical approaches and effective methods for developing coherent speech in primary school students. Keywords: speech development, working on the text, oral and written speech, communication, word meaning, speech. Ta’lim – bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatidir. Bu jarayonda shaxsning intellektual rivojlanishi, bilimi va tarbiyasi shakllanadi. Darslar davomida o‘qituvchi o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa ularni o‘zlashtirib, amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantiradi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar bilimni qabul qilish, uni qayta ishlash va amaliyotga tatbiq etishda turli yondashuvlardan foydalanadilar. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar orqali yanada samarali tashkil etiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida amaliy jihatdan turli janrlarga mansub asarlar o‘rganiladi. Darsliklarga asosan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoqlar kiritilgan bo‘lib, shuningdek, ilmiy-ommabop matnlar ham o‘qitiladi. Har bir janr o‘ziga xos tuzilish va uslubga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham turlicha bo‘ladi. She’riy asarlar hikoya matnidan farqli tuzilishga ega bo‘lsa, ertaklar she’rlarga nisbatan boshqa uslubda yoziladi. Ilmiy-ommabop maqolalar esa masallardan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik orqali tushunilsa, maqollar esa hayotiy tajriba va misollar asosida izohlanadi1. Shu sababli, turli janrdagi asarlarni o‘qitishda o‘qituvchi ularga mos usullarni tanlashi lozim. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayoni o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ulardan biri bog‘lanishli nutqni rivojlantirishdir. Badiiy asarlarni o‘qish va tahlil qilish esa bu jarayonda muhim vositalardan biridir. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda badiiy asarlarning o‘rni, usullar va samaradorlik omillari yoritiladi. Badiiy asarlar o‘quvchilarga boy lug‘at zaxirasini taqdim etish bilan birga, ularning fikrlash qobiliyatini kengaytiradi va nutq madaniyatini shakllantirishga yordam beradi. Asosan, quyidagi jihatlar bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi: til boyligini oshirish – badiiy matnlarda uchraydigan yangi so‘z va iboralar o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytiradi, nutqning izchilligi – asarlardagi hikoya tuzilishini 1 Bekniyazova N. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarga matn yaratishni o‘rgatish metodikasi (ta’lim o‘zbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar misolida): Monografiya. –T.: Fan va texnologiyalar, 2012. –160 b. 313 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 tahlil qilish orqali o‘quvchilar mantiqiy fikrlash va nutqini izchil bayon etishni o‘rganadi, ijodiy tafakkurni rivojlantirish – badiiy asarlar asosida yozma va og‘zaki ijodiy ishlar bajarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: matn tahlili va muhokamasi – o‘quvchilar asar mazmunini tushunishlari va uni qayta hikoya qilishlari uchun savol-javob usuli qo‘llaniladi, personajlar xarakteri va voqealar rivoji haqida bahs yuritish orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, rollar bo‘lib o‘qish va sahnalashtirish – asardagi qahramonlarning nutqini ifodalab o‘qish orqali o‘quvchilar nutq ohangiga e’tibor qaratadi, sahnalashtirish orqali voqealar ketma-ketligini anglash va nutqni mantiqiy rivojlantirish imkoniyati yaratiladi, ijodiy yozuv mashg‘ulotlari – badiiy asar qahramonlari nomidan xat yozish, voqeani davom ettirish yoki yakunini tasvirlash kabi topshiriqlar o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda samarali bo‘ladi, grafik organayzerlardan foydalanish – klasterlar, konseptual xaritalar yoki jadvallar yordamida asar mazmuni qisqacha ifodalanadi va asosiy g‘oyalar o‘quvchilarga aniq tushuntiriladi. Badiiy asarlar orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish nafaqat ularning lingvistik qobiliyatlarini, balki ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini ham oshirishga xizmat qiladi2. O‘qituvchilar mazkur metodlarni samarali qo‘llash orqali ta’lim jarayonini yanada qiziqa
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role and significance of literary works in developing the coherent speech of primary school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role and significance of literary works in developing the coherent speech of primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech development, working on the text, oral and written speech, og‘zaki va yozma nutq, matn ustida ishlash, nutq o‘stirish, muloqot, so‘z ma’nosi, nutq.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026