К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

NEW RENAISSANCE · Orzuyeva Sitorabonu Ilxomjon qizi · Nuritdinova Dilshoda Fazliddin qizi (Buxoro Davlat pedagogika instituti)

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article examines the theoretical and practical aspects of developing speech competencies in primary school students. Speech competence includes the formation of students' oral and written communication skills, the expansion of their vocabulary, and the ability to express their thoughts clearly and logically. Modern pedagogical technologies play a crucial role in this process by increasing students' engagement and fostering their communication culture through interactive methods. Keywords: speech development, working on the text, oral and written speech, communication, word meaning, speech. 308 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Nutq o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. U nafaqat fikrni ifodalash vositasi, balki uni shakllantirishning ham qurolidir. Fikr nutqning psixologik asosi bo‘lib, uni rivojlantirishning asosiy sharti fikr boyligini oshirishdir. Aqliy faoliyatning mantiqiy izchilligini ta’minlash orqali nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish mumkin. Shu sababli, o‘quvchilar nutqini o‘stirish jarayonida materiallarni saralash, ularni tartibga solish va mantiqiy izchillikka e’tibor qaratish muhim sanaladi. Fikrning nutqiy shakllanishi uni aniq, ravon, tushunarli va mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning asosiy vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchining fikriy rivojlanishini baholashda u berilgan mavzuni nutqiy ifodalash qobiliyatiga e’tibor qaratiladi. Bu, jumladan, insholar, axborotlar, qayta hikoyalash va savollarga javob berish jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Demak, nutq va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: tafakkur nutq yordamida shakllanadi, nutq esa fikrni rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim jarayonining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yoshdagi bolalar hali to‘liq shakllangan nutqiy ko‘nikmalarga ega emas, ular fikrni aniq va mantiqiy ifodalashni o‘rganish jarayonida bo‘ladilar. Nutqiy kompetensiya deganda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘z boyligini kengaytirish, grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirish va yozish, fikrlarni ravon bayon qilish hamda muloqot madaniyatini shakllantirish tushuniladi. Boshlang‘ich sinflarda bu kompetensiyani rivojlantirishning samarali usullaridan biri pedagogik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va ularning mustaqil fikrlash hamda ijodiy yondashuv qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi1. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda kommunikativ yondashuv muhim rol o‘ynaydi. Kommunikativ yondashuv asosida o‘quvchilar muloqot jarayoniga faol jalb qilinadi, ular turli vaziyatlarda fikr bildirishni, og‘zaki va yozma nutq orqali o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashni o‘rganadilar. Ushbu yondashuv doirasida rolli o‘yinlar, dramatizatsiya, suhbatlar va bahs- munozaralar tashkil etilishi mumkin. Masalan, o‘quvchilar turli mavzularda hikoya tuzishlari, rolli o‘yinlarda ishtirok etishlari va sahnalashtirilgan suhbatlarni olib borishlari orqali nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Bundan tashqari, savol-javob metodidan foydalanish ham muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi bolalarga turli savollar berib, ularning aniq va tushunarli javob berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 1 Bekniyazova N. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarga matn yaratishni o‘rgatish metodikasi (ta’lim o‘zbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar misolida): Monografiya. –T.: Fan va texnologiyalar, 2012. –160 b. 309 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Interfaol texnologiyalar ham nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda juda foydalidir. “Aqliy hujum”, “Insert”, “Baliq skeleti” kabi metodlar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini tez va aniq bayon qilishga o‘rganadilar. Masalan, “Aqliy hujum” usuli orqali o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha erkin fikr yuritishadi va tezkor javob berish ko‘nikmalarini shakllantiradilar. “Insert” texnologiyasi esa matn bilan ishlash orqali tushunchalarni ajratish va ularni mantiqiy bog‘lash imkonini beradi. “Baliq skeleti” metodi esa sabab va natijani aniqlashga yordam berib, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi. Bu metodlar orqali o‘quvchilar nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki fikrlarni mantiqiy izchillik bilan bayon qilishga ham o‘rganadilar2. Innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish ham nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan, audiovizual materiallar, video va audio darsliklar, elektron darsliklar va interfaol onlayn platformalar o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Audiomateriallarni tinglash orqali bolalar to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadilar, video darslar esa ularning vizual idr

Доказательный фрагмент

«This article examines the theoretical and practical aspects of developing speech competencies in primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the theoretical and practical aspects of developing speech competencies in primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech development, working on the text, oral and written speech, og‘zaki va yozma nutq, matn ustida ishlash, nutq o‘stirish, muloqot, so‘z ma’nosi, nutq.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники