Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLAJON XALQQA – BOLAJON KINOLAR KERAK
NEW RENAISSANCE · Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston kino san’atida bolalar kinolariga bo‘lgan e’tiborning yo‘qligi hamda bolalar uchun filmlar sur’atga olinmayotganligi tahliliy fikrlar orqali tanqid qilingan. Ushbu mavzuning dolzarbligi bois, kino ijodkorlarga subyektiv fikrlar hamda takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: kino, san’at, madaniyat, aktyor, rejissyor, tomoshabin, bolalar kinosi, “Sehrli qalpoqcha”, bolalar adabiyoti. 2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar soni 4,4 million nafar, 5–13 yoshdagi bolalar 6,1 million nafarni tashkil qilmoqda ekan. Hozirgi kunda esa, bu ko‘rsatkichlar o‘zgargani aniq. Raqamlardan ham ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 11 millionga yaqin ekan. Bu esa jami aholi sonining 30 foizini tashkil qilmoqda. Bundan ko‘rinadiki, kelajak qo‘lida bo‘lgan, XXI asrning ikkinchi yarmidan, to XXII asrgacha bo‘lgan vaqtda davlat hamda jamiyatning madaniy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishiga javobgar – aynan mana shu bolalardir. Bugungi kunda bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ma’naviyatini yuksaltirish uyoqda tursin, ularni nimadirga yoki qaysidir sohaga qiziqtirishning o‘zi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Kun sayin texnologiyalar shu darajada rivojlanmoqdaki, bolalarni virtual olamdan chiqarib olish juda mushkul. Texnologiyalardan ortdan qolmaslik, barcha sohalarda raqamlashtirishni joriy etish bu zamon talabi. Jamiyat esa, zamonga moslashishga majburdir. Shunday ekan, bu kelajakning yangi yetakchilari bo‘lmish, “Beta avlodi”ning taqdiri juda muhim. Ular zamonaviy bilimlar va qadriyatlar bilan katta bo‘lishadi. Shu boisdan, ularning jamiyatga kiritadigan yangiliklari hamda kashfiyotlari juda katta va muhim bo‘lishi mumkin. “Beta avlodi” vakillari jiddiy va dolzarb muammolar, jumladan iqlim o‘zgarishi, global demografik o‘zgarishlar va tezkor urbanizatsiya bilan kurashayotgan dunyoda yashaydilar. Sotsiolog va futurolog Mark Makkrindl: ““Beta avlodi” sun’iy intellekt va avtomatlashtirish ta’lim va ishdan tortib sog‘liqni saqlash va o‘yin-kulgigacha kundalik hayotga to‘liq integratsiyalashgan davrda yashaydi”1, - deydi o‘z nutqlaridan birida. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, bolalarni gadjetlardan uzib qo‘yishning iloji yoq. 1 https://uz24.uz 284 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Ular mana shu gadjetlar orqali ta’lim-tarbiya va madaniyatni o‘rganishmoqda. Ularning asosiy oziqlanuvchi manbasi bu ijtimoiy tarmoqlar hamda turli xil ilovalardir. Bolalar “Telegram”, “Instagram”, “YouTube”, “Facebook” va “Tik-tok” kabi ijtimoiy tarmoqlarda asosiy vaqtlarini o‘tkazishmoqda va ulardan har kuni biror bir ma’lumotni qabul qilishmoqda. Demak, bolalarga ta’sir o‘tkazishning eng ma’qul yo‘li, ularning ana shu gadjetlarining ichiga kirib borishdir. Bu gadjetlardagi platformalar orqali bolalarga eng tez ta’sir ko‘rsatuvchi kuch, zamonaviy va texnogen san’at bo‘lgan – kinodir. Afsuski, oxirgi o‘n yil ichida O‘zbekistonda aytarli bolalar kinosi sur’atga olinmadi. Hukumat tomonidan kino sohasiga qaratilayotgan e’tibor, har vaqtdagidan-da kattadir. Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan 2024-yilda jami 123 ta kinomahsulot ishlab chiqarilgan. Jumladan: 18 ta badiiy, 54 ta hujjatli, 32 ta qisqa metrajli va 8 ta animatsion filmlar, shuningdek, 9 ta serial va 2 ta reklama roligi suratga olingan. Animatsion filmlarni 4-8 yoshli bolalarning tomosha qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun filmalar, afsuski, sur’atga olinmayabdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, jamiyatda bolalarning ulushi kattalardan qolishmaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, kattalar ko‘p vaqtlarini ishlariga sarflashsa, aksariyat hollarda kino ko‘rib turishlari mumkin. Lekin bolalar ko‘p vaqtlarini maktabdagi darslarga hamda qo‘llaridagi nurli telefonlar, shu bilan birga oynayi jahon orqali qo‘yib boriladigan mahsulotlarni ko‘rishga sarflashadi. Lekin, ular televizorni yoqishar ekan, yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishar ekan, ular uchun manfaatli kinomahsulotlari hamda kontentlar yo‘q. Shu boisdan ular, bor “taomdan” “oziqlanishga” majburdir. Xo‘sh, hukumat yoki kinoijodkorlarning bolalar uchun kino olishiga qanday muammolar yoki nima to‘sqinlik qilmoqda? Juda ko’plab kinoijodkorlar bolalar mavzusidagi asarlarning tanqisligini muammo qilib aytishadi. Agar yaxshilab tahlil qilinadigan bo‘lsa, yuqoridagi muammo emas, shunchaki bahona ekanligi oydinlashadi. Kino tarixiga nazar solinsa, Rossiyadagi ilk badiiy filmlar rus klassik asarlarining ekranizatsiyasi bilan boshlangan edi. Bularga “Savdogar Kalashnikov haqida qo‘shiq” (rejissyor: V.Goncharyov, 1909; M.Y.Lermontov asari asosida), “Telba” (rejissyor: P.Chardinin, 1910; F.M.Dostoyevskiy asari asosida), “Bog‘chasaroy fontani” (1909-1910, A.S.Pushkin asari asosida), “Ivan Grozniyning o‘limi” (rejissyor: V.Goncharyov, 1909; A.K.Tolstoy asari asosida) kabi qisqa metrajli filmlar kirib, rus kinematografiyasining shakllanishi va rivojida ulkan hissa q
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston kino san’atida bolalar kinolariga bo‘lgan e’tiborning yo‘qligi hamda bolalar uchun filmlar sur’atga olinmayotganligi tahliliy fikrlar orqali tanqid qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston kino san’atida bolalar kinolariga bo‘lgan e’tiborning yo‘qligi hamda bolalar uchun filmlar sur’atga olinmayotganligi tahliliy fikrlar orqali tanqid qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tomoshabin, rejissyor, bolalar adabiyoti., “Sehrli qalpoqcha”, kino, bolalar kinosi, madaniyat, san’at, aktyor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024