Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G’AZNACHILIK-DAVLAT MOLIYASINING ENG MUHIM BO’LAGI
NEW RENAISSANCE · Xalilov Bahromjon Bahodirovich · To’ymurodova Dildora Fozilovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik va uning tarkibi to’g’risida, shuningdek ularni ularni amalga oshirish tamoyillari, davlat moliyasidagi asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish bosqichlari to’g’risida to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: g’aznachilik, davlat moliyasi, davlat dasturlari, davlat byudjeti, davlat byudjeti g’azna ijrosi. Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida davlat moliyasini isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari sharoitida Davlat byudjetining roli oshadi va undan samarali foydalanish milliy iqtiso-diyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida byudjetning kassa ijrosi ikkita usulda, ya’ni bank va g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek, Davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat. Globallashtirish jarayonlari va iqtisodiyotni liberallashtirilishi moliyaviy sohada tegishli islohotlar o‘tkazishni talab qiladi. Chunki, davlat xarajatlarini qisqartirish mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. «Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari – kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli mliya organi hamda uning Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududlar bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi”. Avvalambor, g‘aznachilik to‘g‘risida so‘z yuritilganda, uning ma’nosini tushuntirishga harakat qilamiz. «G‘azna» inglizcha “treasure trove” so‘zidan olingan bo‘lib, insonlar tomonidan ma’lum bir maqsadlarda yerga ko‘milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga (davlatga) tegishli bo‘lganligini anglatadi». 279 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Yuridik ma’lumotnomada ko‘rsatilishicha, g‘azna har qanday mulk emas, balki faqat pullar, ya’ni oltin va kumush tangalar, valyutalar va chet el valyutalari yoki boshqa qimmatbaho predmetlar, ya’ni qimmatbaho toshlar, marvaridlar, qimmatbaho quyma metallar, ulardan yasalgan buyumlar va buyum parchalari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasida 2022 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Ular qatorida respublikada G‘aznachilik tizimining yangi avlod tizimining joriy qilinishi eng muhim vazifa, deb e’tirof etildi. G‘aznachilik hukumatimizning yaqin kelajakdagi moliya siyosatining negizini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish ishlari 2022-2026 yillarni qamrab oladi. Mana shu munosabat bilan 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga, asosan, loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda. Loyihaning asosiy maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, Davlat byudjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat byudjeti ijrosining G‘aznachilik shakliga o‘tish orqali byudjet mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlashdan iboratdir. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish uchun Hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit, Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. G‘aznachilikni joriy etish byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag‘lari-ning maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag‘larini maqsadsiz sarflanishdan himoyalash va byudjetni rivojlantirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin. Davlat byudjetining G‘aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi: davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish; 280 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish; davlat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik va uning tarkibi to’g’risida, shuningdek ularni ularni amalga oshirish tamoyillari, davlat moliyasidagi asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish bosqichlari to’g…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik va uning tarkibi to’g’risida, shuningdek ularni ularni amalga oshirish tamoyillari, davlat moliyasidagi asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish bosqichlari to’g… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- davlat dasturlari, davlat moliyasi, davlat byudjeti, davlat byudjeti g’azna ijrosi., g’aznachilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024