Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATNNING STRUKTURAVIYLIGI
NEW RENAISSANCE · MATNNING STRUKTURAVIYLIGI · Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
A literary text is an open literary-poetic system with many features, and among its features, signification, that is, its manifestation through a sign, and structurality occupy a special place. It is these two aspects that express the identity - the essence of the text. Another aspect of a literary text is its unique literary-aesthetic phenomenon. The masterpieces of the prose work of the famous Uzbek writer Abdulla Qahhor have been elevated to 263 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 such a high status. The article studies the writer's story "Patient", which is only about two pages long, on the basis of text theory, and it is argued during the analysis that it is truly an example of a literary text. Key words: Structure, semiotics, artistic text, artistic-poetic system, text device, paradigmatic signs, healer, syntagmatic relationship. Har qanday matn birinchi navbatda struktura, ya'ni badiiy-poetik tizim hisoblanadi. Bunday tizim, tabiiyki, o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. U badiiy matn tarkibidagi ko‘plab belgilarning bir-biri bilan aloqa-munosabatga kirishishi davomida shakllanadi. Yu.M. Lotman “Struktura xudojestvennogo teksta” (“Badiiy matn strukturasi”) nomli kitobida matn qurilmasi birinchi navbatda paradigmatik va sintagmatik “o‘q” (qator)larning shakllanishidan yuzaga kelganini ko‘rsatgan . Bu haqda olim shunday deb yozgan edi: “Badiiy matn boshqacha tuzilgan: har bir tafsilot va umuman butun matn turli munosabatlar tizimiga kiradi, natijada bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’no paydo bo‘ladi. Bu xususiyat metaforada namoyon bo'lganda, umumiy xususiyatga ega”. Matndagi turli-tuman belgilarning shu tarzda bir-biri birlashib muayyan semiotik “o‘qlar hosil qilishini “Bemor” hikoyasi matni misolida ham yaqqol ko‘rsa bo‘ladi. Buning uchun biz avval mazkur matn tarkibida o‘xshashlikka asoslangan paradigmatik belgilar qatorini shakllantiramiz: 1. Bemor. 2. Osmon yiroq, yer qattiq. 3. Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. 4. Bemorning ko‘zi tinib boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. 5. Bir kechasi bemor juda azob tortdi. 6. Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-buyog‘ini siladi... so‘ngra o‘tirib yig‘ladi. 7. Bemor kundan kun battar, oxiri o‘sal bo‘ldi. 8. Bemor “...yana ko‘zini yumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib uzildi. Yuqorida keltirilgan turli lug‘aviy, sintaktik birliklardagi ifodalangan barcha belgilar bir qatorga o‘xshashlik asosida birlashgan. Bu o‘xshashlikni xasta ayol ahvolining kun sayin og‘irlashib borayotgani o‘zaro bog‘lab-tutashtirib turibdi. Yuriy Lotmanning yuqorida aytib o‘tilgan tadqiqotida badiiy matnga xos yana bir xususiyat – belgilarning bir ichki tizim (masalan, paradigmatik qator)da darajalanishi ko‘rsatilgan. 264 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Bu haqda u shunday deydi: “Shuni ta'kidlash kerakki, matnning moddiy ifodasi haqida gapirganda, biz ishora tizimlarining bir, o'ta o'ziga xos xususiyatini nazarda tutamiz. Ulardagi moddiy substansiya "narsalar" emas, balki narsalarning munosabatlaridir. Shunga ko'ra, bu tashkiliy shakl sifatida tuzilgan badiiy matn muammosida, ya'ni uni tashkil etuvchi moddiy birliklarning muayyan munosabatlar tizimida namoyon bo'ladi. Buning sababi, matnning turli darajalari o'rtasida qo'shimcha strukturaviy aloqalar - tizim turlari o'rtasidagi munosabatlar o'rnatilishi mumkin”. Badiiy matn ustida olib borilgan tadqiqotlar unda aksar hollarda paradigmatik munosabatlar yetakchi o‘rinda tutganini ko‘rsatadi. Bu hodisaning sababi shundaki, biror-bir badiiy niyatni yuzaga chiqarishda yaqin birinchi navbatda yaqinlik – aloqaviylik ko‘zga tashlanadi. Bu qarash “Bemor” doirasida ham o‘z tasdig‘ini topadi: Sotiboldi – xotini – qizchasi (oila paradigmasi); Sotiboldining xotini – Abdug‘aniboy (bemorlikka asoslangan paradigma); tabib – baxshi-doktor (tarixiy xronotopda tasvirlangan davrda davolanish bilan shug‘ullangan kishilardan tashkil topgan qator). Matndagi sintagmatik qator (lar) o‘zaro yaqinlikka emas, qo‘shnichilikka asoslanadi. Matndagi qo‘shnichilik deganda faqat yonma-yon turgan belgi yoxud sintaktik birlik tushunilmaydi. Badiiy matn doirasidagi har qanday belgi, agar u o‘xshashlikka asoslanmagan bo‘lsa, boshqa belgi(lar)ga qo‘shni hisoblanadi. Bir-biriga o‘xshamagan bir necha belgi bir matn doirasida bir tizimga mansub bo‘lish xususiyatiga ega: 1. Bemor 2. Osmon yiroq, yer qattiq 3.Chigit po‘choq va kunjara bilan savdo qiladigan xo‘jayini Abdug‘aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lganda bu doktorxonaga bormay, Simga ketgan edi 4. Pashsha g‘ing‘illaydi. 5.Sotiboldi to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz ko‘tardi. “Bemor” matnining turli joylaridan olinib, yuqorida keltirilib, raqamlangan matniy bo‘laklar sathidagi belgilar yaqinlikka asoslanmagan, chunki ular orasida zohiriy aloqadorlik- bog‘liqlik dabdurustdan ko‘zga tashlanmaydi. Lekin matn o‘z tarkibiga ket
Доказательный фрагмент
«A literary text is an open literary-poetic system with many features, and among its features, signification, that is, its manifestation through a sign, and structurality occupy a special place.»
Образец извлечения
Демо-превьюA literary text is an open literary-poetic system with many features, and among its features, signification, that is, its manifestation through a sign, and structurality occupy a special place. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Structure, semiotics, artistic text, artistic-poetic system, text device, semiotika, sintagmatik munosabat., matn qurilmasi, badiiy-poetik tizim, tabib, paradigmatik belgilar, badiiy matn, Struktura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024