Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA O’RTA OSIYODAGI ERONLIKLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI
ERONLIKLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI · Abdullayeva Zarnigor Xusanovna · Buxoro, sunniylar, shialar
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 385–413 · 2026
Аннотация
This article is about the socio-political situation of Iranians in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, it mainly contains some historical information about the history and settlement of the Eonians in Central Asia, as well as the mutual relations of the local population. Keywords and expressions: Irani, Persian, Marvi/Mavri, Transoxiana, Samarkand, Bukhara, sunnits, shiits, Pandjab. XVI asrdan to XX asrning 20-yillarigacha Movarounnahrning sunniy hukmdorlari va Eron shialari oʻrtasidagi diniy-gʻoyaviy raqobatlar sababli yuzaga kelgan toʻqnashuvlar, Eron va unga chegaradosh boʻlgan mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy va diniy vaziyatlar ta'sirida Oʻrta Osiyoga shialik vakillari kelib oʻrnashgan. Shu sababli Oʻrta Osiyoda, xususan, hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi hududida (eronlik yahudiylardan tashqari) ularni eroniy (fors. “eronlik”) etnografik atamasi bilan ataydilar. Buxoro xonligi shaharlari tarixi boʻyicha tadqiqot olib borgan O.A.Suxareva Buxoro shahrining tojik tilida gaplashuvchi forslar tili va antropologik turiga koʻra Samarqandning turkiy tilda gaplashuvchi, koʻchirib kelinishi amir Shohmurodga (1785–1800) mansub deb bilingan qizilboshlilar avlodlaridan farq qilishini yozadi. Biz 2007 yil yanvar oyida Samarqand shahrida tadqiqot olib borib, eroniylarning Panjob 59 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference masjidi va uning atrofida istiqomat qiluvchi hamda ishlovchi eroniy aholi soʻzlashuvida buning guvohi boʻlganmiz. Biz eroniylar deb bilgan etnik(yoki“subetnik”) guruhga nisbatan O.A.Suxareva Buxoro xonligi shaharlari tarixi boʻyicha nashr qilgan ishlarida fors, pers (fors) degan soʻzni ishlatib, adabiyotlarga ushbu guruhning rasmiy nomi sifatida fors terminini kiritish taklifi bilan chiqqan . Olima bunday fikrga kelishini 1910 yilda boʻlib oʻtgan “shialar qirgʻini”dan soʻng, ya'ni Buxorodagi sunniy va shialar oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganda, shialar oldingi eroniy, marvi soʻzlari tahqiromuz va dushmanlik ruhida ishlatilgani uchun fors nomini qabul qilishganligi bilan izohlaydi . Shialarning fors yoki eroniyga boʻlinishi haqida Pomirda tuman fuqarolar komissari, professor I.I.Zarubin fikr bildirib, eroniy soʻzini Buxoro amiri Shohmurod Marvdan koʻchirib keltirilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaydi. Ular,ya'ni Marvdan koʻchirib keltirilganlar (bizningcha,qul qilinib, Buxoro xonligining qulbozorlarida sotilgan barcha shialik vakillari– Sh.T.) oʻzlarini eroniy deb ataydilar, tojiklar bilan aralashmaydilar, lekin ulardan tili va dini bilan farq qilishiga qaramay, kiyinishlari va hayot tarzlari tojiklarnikidek – deb yozadi . Eroniylardan tashqari, Kaspiy orti viloyati shaharlarida yashovchi forslar haqida alohida gapiradi. Masalan, 1926 yil roʻyxatga olish boʻyicha keltirilgan ma'lumotlarda I.I.Zarubin Samarqand viloyati boʻyicha eroniylar sonini 11282, forslar sonini 654 nafar deb keltiradi . Ya'ni bu erda biz nazarda tutgan shialik vakillari ikki–eroniy va fors–etnik nomlar bilan atalmoqda Bu haqidagi ma'lumotlarni biz boshqa adabiyotlarda ham uchratishimiz mumkin. Masalan, O.Ata-Mirzaev, V.Gentshke, R.Murtazayevalarning “Узбекистан многонационален: историко-демографический аспект” kitobida 1926 yilda boshlangan roʻyxatga olishda Oʻzbekistonning milliy tarkibida eroniylar 9,2 ming, forslar 9,8 ming kishini tashkil etganini koʻrish mumkin. Keyingi,1939 va 1959 yillarda oʻtkazilgan hisob-kitobda eroniylar ham forslar ham alohida elat qilib koʻrsatilmagani sabab ularning sonini bilish qiyin. Ammo 1970,1979 va1989 yillarda hisobga olinganlar orasida faqatgina forslar nomi uchraydi. Bu oldingi roʻyxatga olingan davrlarga qaranganda ikki baravarga koʻpayganini koʻrsatadi. Masalan,1970 yilda15,5 ming fors roʻyxatga olingan boʻlsa ,1979 va1989 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda 20 ming fors roʻyxatga olingan. Eroniy etnik guruhi boʻyicha tadqiqot olib brogan F.D.Lyushkevich(1926yilda oʻtkazilgan roʻyxatga olishda keltirilgani kabi) hamda I.I.Zarubin forslar deb kimlarga nisbatan ishlatganini aniq aytmaydilar. Lekin I.I.Zarubin ham,1926 yilda roʻyxatga olganlar ham persi/forslar soʻzini XX asrning boshlarida Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududiga boshpana va daromadli ish izlab kelgan 60 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Eron fuqarolariga nisbatan ishlatganlar. Bugun O‘zbekistonda, ayniqsa, Samarqand va Buxoroda yashab kelayotgan eroniylarning asosiy qismi Eronning Xuroson viloyati va uning atroflaridan ko‘chib kelgan. Ularning avlodi asli turkiy bo‘lib, orasida kichik kurd va fors guruhlari ham bor. Bularning barchasini birlashtiruvchi omil – bu ularning shialikning Ja’fariy mazhabiga e’tiqod qilishidir. Eroniylarning kelib chiqishi har xil bo‘lib, ularni kelib chiqishiga ko‘ra uch guruhga ajratish mumkin: 1) XVIII asrning oxirlarida Buxoro amiri Shohmurod (1775-1800) tomonidan Buxoro va Samarqandga ko‘chirilgan Marv shahri aholisining avl
Доказательный фрагмент
«This article is about the socio-political situation of Iranians in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, it mainly contains some historical information about the history an…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the socio-political situation of Iranians in Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century, it mainly contains some historical information about the history an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and expressions: Irani, Persian, Marvi/Mavri, Transoxiana, Buxoro, forsiy, Samarqand, sunniylar, shialar, mavri, eroniy, Panjob, Movarounnahr, marvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024