К содержанию
РецензированоRU2026

GINGKO BILOBA O’SIMLIGINING TARQALISHI VA AHAMIYATI.

Ikromova Gulsevar Elmurodjon qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article provides information about the structure and global distribution of the Ginkgo biloba tree. It discusses the cultural, religious, and medicinal significance of Ginkgo biloba in China and Japan. Additionally, it presents insights into its future prospects and potential applications. Аннотация: Bданной статье представлена информация о строении и распространении дерева Гинкго билоба в мире. Рассматривается его культурное, религиозное и медицинское значение в Китае и Японии. Также приводятся сведения о перспективах и возможностях его применения в будущем. Key words: Ginkgo biloba, tree, medicine, memory, blood circulation, ecology, landscape, medicinal, resilience, cultivation. Kлючевые слова: Гинкго билоба, дерево, медицина, память, кровообращение, экология, ландшафт, лекарственный, устойчивость, выращивание. Ginkgo (Ginkgo biloba) — ochiq urugʻli oʻsimliklar boʻlimining gingkodoshlar oilasiga mansub hozirgi yagona vakili. Daraxtning boʻyi 40 m gacha, diametri 1 m gacha; yosh niholi baʼzi nina bargli daraxtlarga oʻxshab ketadi, ammo borabora tashqi koʻrinishdan terak tusini oladi. Barglari bandli, yelpigʻichsimon, oʻrtasida oʻyigʻi bor, kuzda toʻkiladi. Ginkgo ikki uyli oʻsimlik, erkak va urgʻochi gullari kichikroq koʻchalalarga toʻplangan. Urugʻi yumaloq, danakli mevaga oʻxshaydi. Mevasi va urugʻi yeyiladi. Janubiy Xitoyning baʼzi joylaridagina yovvoyi holda oʻsadi. Qrimning janubida va Kavkazning Qora dengiz sohilida ekiladi. Oʻrta Osiyoda ginkgoning barg va yogʻoch qoldiklari yuqori perm va trias davriga tegishli yotqiziqlarda topilgan. Hududda ginkgoning 15 dan ortiqturi oʻsgan. Jumladan 2 turi Jan. Oʻzbekistonda, Tojikiston va Turkmanistonda oʻsganligi aniqlangan. Ginkgoning bir qancha turlari Shim. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va deyarli qamma davlatlarda yura, boʻr va uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan. Gingko biloba qadimgi daraxt turi boʻlib, uning tabiiy tarqalish areali asosan Xitoy bilan cheklangan. Hozirda tabiiy holda Xitoyning ayrim togʻli hududlarida uchraydi. Sun’iy ekish orqali: Dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan, Yaponiya, Koreya, AQSh, Yevropa va Markaziy Osiyoda parklar va bogʻlarda ekiladi. Ginkgo biloba o'zining uzoq umr ko'rishi, shifobaxsh xususiyatlari va manzarali ko'rinishi bilan insoniyat uchun muhim 56 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o'simliklardan biri hisoblanadi. Biroq, uni qo'llashda ehtiyotkorlik talab etiladi va shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Ginkgo biloba — dunyodagi eng qadimiy daraxtlardan biri boʻlib, 2500 yilgacha umr koʻrishi va kuchli ekologik chidamliligi bilan mashhur. Bu oʻsimlik asosan Xitoyda tabiiy holda uchrasa-da, hozirda butun dunyo boʻylab parklar va bogʻlarda oʻstiriladi. Uning tibbiyotdagi ahamiyati katta boʻlib, xotirani mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilash, kognitiv funksiyalarni qoʻllab-quvvatlash va qarilik demensiyasining oldini oladi. Antioksidant xususiyatlarga ega boʻlib, hujayralarni zararlanishdan himoya qiladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida foydali ta’sir koʻrsatishi mumkin. Biroq, ayrim nojoʻya taʼsirlari va dorilar bilan oʻzaro taʼsir qilish xavfi mavjudligi sababli, uni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim. Ekologiyada Shahar muhitiga chidamli boʻlib, havoni tozalashga yordam beradi. Zararkunandalarga va kasalliklarga bardoshli daraxt hisoblanadi. Madaniy va diniy ahamiyati Xitoy va Yaponiyada muqaddas daraxt sifatida qadrlanadi. Ba’zi buddist ibodatxonalari yonida ming yillik ginkgo daraxtlari oʻsadi. Landshaft dizaynida Parklar va bogʻlarda dekorativ daraxt sifatida ishlatiladi. Kuzda sariq tusga kirib, juda chiroyli manzara hosil qiladi. Umuman olganda, Ginkgo biloba insoniyat uchun tabiiy dori, ekologik himoya va madaniy meros sifatida katta ahamiyatga ega. Ginkgo biloba qadimdan Xitoyda an’anaviy tibbiyotida ishlatilgan. Urug'lari va barglari turli kasalliklarni davolashda qo'llanilgan. Ginkgo biloba zamonaviy tibbiyotda ekstrakti periferik qon aylanishining buzilishini davolashda, diqqat va xotira buzilishlarida, intellektual qobiliyatni pasayishida qo'llaniladi. Ginkgo urug'lari Osiyo oshxonasida ishlatiladi. Masalan, Xitoyda konji taomiga qo'shiladi, Yaponiyada chawanmushi taomida, Koreyada esa qovurilgan holda iste'mol qilinadi. Ehtiyot choralari va nojo'ya ta'sirlari: Ginkgo qo'shimchalari ba'zi hollarda ko'ngil aynishi, diareya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i va oshqozon bezovtaligini keltirib chiqarishi mumkin. Dorilar bilan o'zaro ta'siri: Ginkgo qon suyultiruvchi dorilar bilan birga qabul qilinganda qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, ba'zi antidepressantlar bilan o'zaro ta'siri mavjud. Allergik reaktsiyalar: Ginkgo urug'ining tashqi qatlami ba'zi odamlarda allergik kontakt dermatitini keltirib chiqarishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlar va farmakologik xususiyatlari: Ginkgo biloba zamonaviy tibbiyotda keng oʻrganilmoqda. Tadqiqotlar uning quyidagi xususiyatlarini aniqlagan: Neyroprotektiv taʼsiri: Alzheimer va Parkinson

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the structure and global distribution of the Ginkgo biloba tree.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the structure and global distribution of the Ginkgo biloba tree. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ginkgo biloba, tree, medicine, memory, blood circulation, экология, Гинкго билоба, дерево, медицина, лекарственный, выращивание., кровообращение, устойчивость, ландшафт, память
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники