Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BAYT UL-HIKMA” G‘ARB OLIMLARI NIGOHIDA (AL-XORAZMIY, AL-FARG‘ONIY).
Kalit so‘zlar: Ahmad al-Fargʻoniy · Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolaning asosiy mazmuni shundan iboratki, IX asrda yashagan Xorazm diyorida tug‘ulgan Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“ fanlariga xissa qo‘shgan olim haqida G‘arb tarixchi olimlarining mulohazalari bayon etilgan,shuning bilan birga Farg‘ona hududida yashagna Farg‘oniyning ilmiy merosi haqida ham so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ahmad al-Fargʻoniy, Xuttaliy, Xorazmiy, Ptolomey, Arifmetika, Geografiya, K. Koulbruk , Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld, Astrolyabiya, V.Millas, Goltsteyn, A.Axmedov, Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich, B.A. Rozenfeld Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy. Xorazmiyning ilmiy merosig, a qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al-Fargʻoniy, Xuttaliy va boshqalar uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy o‘zining „Zij“ini yozishda hind „Sindhanta“lariga va Ptolomeyning „Almagest“ asariga tayangan bo‘lsa, „Algebra“, „Arifmetika“ va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muhim pogʻona vazifasini o‘tadi. Masalan, Beruniy Xorazmiyning „Zij“iga atab uchta risola bitgan. Xorazmiy asarlari XII asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“si va „Zij“i XVI asrgacha darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud. XIX asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha (Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld , 1964- yil) va boshqa nashrlari mavjud. Xorazmiyning “Arifmetika”sini birinchi marta B.Bonkompani Rimda (1857), Karrolyne Fogel Germaniyada (1963), Adolph- Andrei Pavlovich Yushkevich Moskvada (1954) chop ettirishgan. Xorazmiy 122 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference „Zij“ini oʻrganishga ham katta eʼtibor berilgan. Uni 1914-yilda N. Zuter, soʻng O. Neygebauer (1962), V.Millas, Goltsteyn (1963) va boshqalar nashr qilishgan. 1919-yilda F. J. Videman „Astrolyabiya bilan amallar haqida kitob“ini nashr etgan. Xorazmiyning „Geografiya“si birinchi marta Xorazmiy fon Mjik (1926)tomonidan chop etilgan. Olimning boshqa qoʻlyozmalarini izlab topish, oʻrganish, chop etish va tarjima qilish – matematika tarixi sohasining dolzarb muammolaridan boʻlib qolmoqda.1983-yilda Xorazmiy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan uning barcha asarlari rus tilida (A.Axmedov, Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich, B.A. Rozenfeld va boshqalar tarjimalarida) hamda tanlangan asarlari oʻzbek tilida (A. Axmedov tarjimasida) nashr etildi Xorazmiy ilmiy merosini oʻrganish va uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini targʻib qilishda nomlari yuqorida zikr etilgan olimlardan tashqari J. Sarton, E.S. Kennedi, D. King (AQSH), S.A. Nallino (Italiya), Xorazmiy Zemanek (Avstriya), A. Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S. Brokelman, D. Samploinius (Germaniya), M. M. Rojanskaya (Rossiya), M.A. Salye , Toomer G. J. , Kalinina Т. М , Bogolyubo А. Н va boshqalar ham muhim hissa qoʻshgan. Xalifa al-Mansur sayyoralar harakati haqida kitob yozishni buyuradi. Bu ishga Muhammad ibn Ibrohim al- Fazoriy kirishdi va kitob yozdi, u astronomlar orasida “Katta Sindhind” deb ataladi. U zamon ahli to xalifa Ma’munning davrigacha ko‘proq shu kitobdan foydalangan. Uni xalifa uchun Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qisqartirib, o‘z zijini tuzdi, bu zij islom mamlakatlarida mashhur bo‘ldi. Islom mamlakatlarida “Sindhind” so‘zida Hindistonning ikkita qismi – Sind va Hind nomlari akslanib, “Sindhind” bo‘lib qolgan. Xorazmiyning “Kitob as-Sindhind”ni qisqartirib o‘z zijini tuzgan. Arifmetik asari, lotincha “Algoritm de numero indorum” (“Algoritm hind hisobi haqida”) nomi bilan ma’lum. Asarning arabcha nusxalari saqlanmagan. Bu yerda keltirilgan nom asarning XIV asrda ko‘chirilgan va Kembrij universitetida saqlanadigan nusxasida keltiriladi. Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asr o‘rtalasrida seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Uning asari “Liber Algorismi de pratica arismetrice” (“Algorizmning arifmetika amali haqida kitob”) deb ataladi. Mazmuni bo‘yicha Xorazmiy asariga yaqin bo‘lgan . Buyuk matematik va astronom, Xorazmiyning vatandoshi Beruniy “Xorazmiy ziji”ga atab (hozirgacha saqlanmagan) uchta asar yozgan. Ularning biri “Kitob al-masoil al-mufida val-javobot as-sadida” (“Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar kitobi”) deb ataladi. Beruniyning aytishicha, bu asari 250 varaqdan iborat bo‘lib, unda olim Xorazmiy zijini nazariy dalillar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolaning asosiy mazmuni shundan iboratki, IX asrda yashagan Xorazm diyorida tug‘ulgan Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“ fanlariga xissa qo‘shgan olim haqida…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolaning asosiy mazmuni shundan iboratki, IX asrda yashagan Xorazm diyorida tug‘ulgan Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“ fanlariga xissa qo‘shgan olim haqida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- B.A. Rozenfeld, Xorazmiy, Astrolyabiya, V.Millas, Ahmad al-Fargʻoniy, Geografiya, Arifmetika, Goltsteyn, Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich, K. Koulbruk, Xuttaliy, A.Axmedov, Ptolomey, Yu.Xorazmiy Kopelevich
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025