Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSNING KREATIV QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA · Xaydarov Xolbek Xaydar o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqola ta’lim muassasalarida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishda kreativ qobiliyatning о‘rni va pedagogika-psixologik tavsifi keltirilgan. Kreativlik tushunchasi hamda uning shakllanishi va rivojlanishiga doir zamonaviy tadqiqotlar va yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit sо‘zlar: kreativlik, ijodkorlik, kreativ qobiliyat, kreativ jarayon, kreativ faoliyat, kreativ yondashuv. Ta'lim muassasalarida yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojni tarkib toptiradigan, tez sur’atlarda rivojlanib, о‘zgarib borayotgan hayotiy sharoitlarga moslashuvchan, ijodiy faol va tadbirkor, о‘zining kasbiy faoliyat yо‘nalishini о‘zi belgilay oladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan hamda о‘z xatti-harakatlariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalash zamonaviy ta’limning eng muhim maqsadlaridan biridir. Bu jarayon yoshlarning ilmiy, ijodiy va axloqiy rivojlanishini ta’minlash, ularda jamiyatga foyda keltiradigan faol va mas’uliyatli shaxslarni shakllantirishga qaratilgan. Bugungi kunda jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlaridan, hamda ta’lim muassasalarida har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tayyorlash borasidagi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda kreativ va ijodkor shaxsni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri bо‘lib qolmoqda. Uzluksiz ta’lim sharoitida о‘quvchilarni kreativ qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish muammosining nazariyasi va amaliyotini, о‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishning innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish uchun “kreativlik” tushunchasining tavsifini aniqlab olish lozim. Zamonaviy tadqiqotlarda ijodkorlik, kreativlik (lotincha creatio – vujudga keltirish, yaratish) intellektual va boshqa omillarga bog‘liq kо‘p о‘lchovli (shaxsiy, ijtimoiy) hodisa sifatida baholanadi. Hozirgi davrda kreativlik muammosiga oid pedagogik va psixologik tadqiqotlarda turli yondashuvlar tadqiq etilmoqda. Xususan D.B.Bogoyavlenskayaning intellektual tashabbuslarni namoyon bо‘lishi [1,138]; I.P.Koloshinaning faoliyatning о‘ziga xos bо‘lgan alohida strukturasi [2,64]; 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference A.M.Matyushkinning ijodiy jarayonning yaxlit strukturasi [3,43]; A.Y.Ponamaryovning harakatning ichki rejalarini rivojlantirish konsepsiyasi [4,21] kabi yondashuvlar shular jumlasidandir. Kreativlik mohiyatini belgilashda turlicha yondashuvlar mavjud. 1. Ijodkorlikning faoliyat davomida paydo bо‘lishi va rivojlanishi. Intellektual qobiliyat zaruriyat sifatida namoyon bо‘ladi, biroq shaxsning ijodiy faolligi yetarli bо‘lmaydi. Ijodiy xatti-harakatlarning determinatsiyasida motivlar, qadriyatlar, alohida xususiyatlar asosiy rol о‘ynaydi (A.Tannenbaum, A.Olox, D.B.Bogoyavlenskaya, A.Maslou va b.) 2. Ijodiy qobiliyat (kreativlilik) intellektga bog‘liq bо‘lmagan mustaqil omil hisoblanadi (Dj.Gilford, K.Teylor, G.Grubber, Y.A.Ponamarev) – intellektuallik darajasi bilan kreativlik darajasi о‘rtasida biroz farqlar bо‘ladi. 3. Intellektni yuqori darajada rivojlanganligi yuqori darajadagi ijodkorlikni anglatadi, va aksincha. Psixologik faollikning о‘ziga xos shakli sifatida ijodiy jarayon mavjud bо‘lmaydi (D.Veksler, R.Uayzberg, G.Ayzenk, L.Termen, R.Shternberg va b.). G.S.Altshuller, F.Berron, L.B.Yermolayeva-Tomina, V.N.Kozlenko, M.R.Ginzburg, K.Rodjerslarning tadqiqotlariga kо‘ra kreativ shaxsning quyidagi xislatlarini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin: 1. Tajribalar uchun ochiqlik. Bu kimlardir yoki jamoatchilik tomonidan yuzaga keltirilgan vaziyatlarda stereotiplardan voz kechishni anglatadi. 2. Anglanmaganlikka ishonch. Aynan anglanmaganlik noan’anaviy g‘oyalarni yuzaga keltiradi, ong ongsizlikdan kelib chiqadigan g‘oyalarni qanchalik muvaffaqiyatli idrok etishi va tahrir qila olishi (mantiqiy tafakkur tiliga о‘girishi) iste’dod me’yori hisoblanadi. 3. Faoliyat jarayonining uning natijasidan ustuvorligi. Faoliyat jarayonidan zavqlanish natija olishni mо‘ljal qilishdan kо‘ra zavqliroq kechadi. Natija olishni kо‘zlash muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda depressiyaga sabab bо‘ladi. Jarayondan zavqlanish esa qimmatliroq hodisa bо‘lib, bevosita natijalarga sabab bо‘lishi ham mumkin. 4. Maksimal intensivlikdagi hissiyotlarni boshdan kechirish. Ijod qilish jarayoni yorqin va mutloqo qarama-qarshi hissiyotlar sharoitida kechadi: ixtiro zavqidan – chorasizlik depressiyasigacha, kо‘tarinki ilhomlanishdan – ma’naviy tushkunlikkacha. 5. О‘z-о‘ziini namoyon etishining noyobligi. Shaxsning bu sifati о‘zini individualligini namoyon qilish (zukkoligi, gapga chechanligi, о‘zini о‘ziga xos 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tarzda namoyon etish manerasi, individual odatlari va h.k.) yoki о‘zini ijtimoiy muvaffaqiyatga erishgan shaxs sifatida kо‘rsatishda kо‘rinishi mumkin. 6. О‘zini dolzarb faoliyatga yо‘naltirishga intilish. Kreativ shaxs о‘z iqtidorini tо‘la-tо‘kis rо‘yobga chiqarishga intiladi, shuningdek, jamiyatda о‘ziga hamkorlar b
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola ta’lim muassasalarida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishda kreativ qobiliyatning о‘rni va pedagogika-psixologik tavsifi keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola ta’lim muassasalarida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishda kreativ qobiliyatning о‘rni va pedagogika-psixologik tavsifi keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodkorlik, kreativ jarayon, kreativ qobiliyat, kreativ faoliyat, kreativ yondashuv., kreativlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024