Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH · Abdullayeva Xalima Agzamovna
Академические исследования в современной науке · 40-44 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola talabalarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ko‘rib chiqadi. Ushbu tuzilmalar turli sinf ehtiyojlariga tayyor, yuqori sifatli, moslashuvchan o‘qituvchilarni tarbiyalashning asosiy komponentlari sifatida tuzilgan amaliyot, hamkorlik, murabbiylik va mulohaza yuritishni ta’kidlab, o‘qituvchilarni samarali tayyorlashga yo‘naltiriladi. Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiyalar, pedagogik kompetensiya, o‘qituvchi ta’limi, ijtimoiy o‘rganish. Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga alohida e’tibor berib borilayotgan bir davrda pedagog kadrlarning, ya’ni boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning metodikasida zamonaviy ta’limni shakllantirish talab etilmoqda. Bugungi kunda boshlangʻich ta’lim tizimi oldiga yangicha metodik tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarni tayyorlash vazifasi qoʻyildi. Chunki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi bolalarning psixologik, fiziologik oʻziga xosliklarini hisobga olishi, shakllantirish va rivojlantirish tajribasini egallashi lozim. Ma’lumki, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisining ta’lim jarayonidagi metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish ustuvor oʻrin egallaydi. Buning uchun pedagog kadrlardan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan zamonaviy talablarga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyat, chuqur bilim, zamonaviy dunyoqarashga va puxta metodik tayyorgarlikka ega shaxs boʻlish talab etiladi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida olib borilgan fikr mulohazalarga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning metodik tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan bir qancha asosiy talablar qoʻyilgan. Xususan, P.V.Amosova yuritgan fikr-mulohazalarga koʻra: - oʻz kasbining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini xis qilish; - ilmiy-insonparvar dunyoqarashga ega boʻla olish; - ilmiy bilishning shakl va metodlarini hamda ularning evolusiyasini bilish, tevarak olamni bilish va uni oʻzlashtirishning turli metodlariga ega boʻlish; - jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ahamiyatini tushunish; - axborotlarni qidirish, qayta ishlash va foydalanishning innovasion metodlaridan xaardor boʻlish, axborot oluvchi uchun ularni moslashtirish va sharhlash qobiliyatiga ega boʻlish; 54 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - ilm-fan taraqqiyoti va oʻzgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida oʻz nuqtai nazarini qayta koʻrib chiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlashga qodir boʻlish; - turli fanlararo bilim sohalarida ishlashga psixologik va metodik tayyorlangan boʻlish; - odam shaxsi rivojlanish davrida oʻziga xos davr sifatida bolalikning ahamiyatini xis qila olish. Oliy ta’limda oʻqitish amaliyoti ilmiy metodik adabiyotlarda yoritilgan mavjud an’naviy pedagogik ta’lim tizimida qator muvoffaqiyatlar qoʻlga kiritlgan boʻlsada, undagi kamchiliklarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bizning fikrimizcha, unda turli darjalilik, mobillik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, uzviylik, koʻpqirralilik yetishmaydi. N.V.Amosova soʻnggi yillarda oliy va oʻrta maxsus pedagogik oʻquv muassassalari “koʻp fanlilik” deb nom olgan illatga duchor boʻlganini qayd etib oʻtadi, bunda talabalar bir vaqtning oʻzida koʻpincha bir biri bilan yaxshi bogʻlanmagan, ba’zan esa bir birini takrorlovchi oʻn ikkitagacha mustaqil oʻquv fanlarini oʻrganishga toʻg‘ri keladi. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini metodik tayyorlashning mavjud tizimini boshlangʻich ta’limda sodir boʻlayotgan innovasion jarayonlarga mos ravishda isloh qilish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarning psixologik pedagogik va metodik tayyorgarlik boʻyicha ba'zi tadqiqot ishlarida keltirilgan qarashlarni koʻrib chiqamiz. Qator tadqiqot ishlarida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlashning psixologik pedagogik asoslari yoritib berilgan: metodik tayyorgarlik jarayonida talabalrining bilish faolligini shakllantirish, ijodiy oʻsishga asos sifatida hayotda oʻz, pedagogika oliy ta’lim sharoitida boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari, oʻqituvchilarni boshlangʻich sinfdagi iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash faoliyatiga tayyorlash va hokazolar. Davlat ta’lim standartiga muvofiq boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini metodik tayyorlashga quyidagi talablar qoʻyiladi: - mutaxassis boshlangʻich sinf oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashda individual differensial yondashuvni tashkil etish metodlariga ega boʻladi; - boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematik amallarni bajarish va masalalarni echish asoslarni oʻrgatish metodlariga ega boʻladi; 55 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan dastur materiallarini oʻzlashtirish darajalarini belgilash, ularni individual xususiyatlarini aniqlash, oʻquvchilarda mustaqil bilim olish boʻyicha birlamchi malakalarni shakllantirishni amalga oshira oladi; -
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola talabalarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ko‘rib chiqadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola talabalarda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ko‘rib chiqadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy o‘rganish., pedagogik texnologiyalar, pedagogik kompetensiya, o‘qituvchi ta’limi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025