Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIMDA DUAL YONDASHUVNING BO’LAJAK KADRLARNI TAYYORLASHDAGIUSTUVOR JIHATLARI
TAYYORLASHDAGIUSTUVOR JIHATLARI · Sobirova Zulfiya Yusupjonovna
Академические исследования в современной науке · 2021
Аннотация
Maqolada yurtimizda dual ta’lim shaklining rivojlanish istiqbollari, mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va dual ta’limni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar. Dual ta’lim, tashkilot, professional ta’lim, texnikum, maktabgacha ta’lim, shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom asosida bugun joylarda ushbu ta’lim tajribasi qo‘llanilib kelinmoqda. Iqtisodiyotni rivojlanishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarining o‘rni alohida hisoblanadi. Ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishchi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyoj juda yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi. An’anaviy ta’lim shaklida o‘quvchi-talaba oliy yoki professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni ko‘proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o‘taydi. Shuning uchun, rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimi o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o‘qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta’lim shakli O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritildi. “Dual” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, biror narsaning ikki qismga taalluqliligi, ikkita narsani ifodalovchi, ikki qismdan iborat, degan ma’nolarni bildiradi. Dual ta’lim – o‘quvchi/talabaga ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Bunda yoshlar 2-3 kun ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchi/talaba korxona va tashkilotlarda ishga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan ustoz biriktiriladi va oylik maoshi to‘lanadi. Bugungi kunda ushbu tizim Germaniya, Avstriya, Shveysariya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda juda katta o‘ringa ega. 110 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 15-moddasiga muvofiq, “Dual ta’lim” ta’lim olish shakllaridan biri sifatida kiritildi. Qonunga dual ta’lim bo‘yicha alohida modda (17-modda) ham kiritilib, dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi. Bugungi kunda dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rgangan holda, qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Dual ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad – iqtisodiyotning barcha sohalarida malakali va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash hamda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat. Aytib o‘tganimdek, yoshlar ta’lim olish bilan birga haqiqiy ish joyida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Dual ta’lim shakli professional ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yildi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim, temir yo‘l va qurilish kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash maqsadida professional ta’lim muassasalariga dual ta’lim shakli bo‘yicha 3 mingdan ortiq yoshlar o‘qishga qabul qilindi. 2022-2023 o‘quv yilida professional ta’lim muassasalariga 4,5 mingdan ortiq yoshlar dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilindi hamda yuqorida aytib o‘tilgan sohalarga qo‘shimcha ravishda axborot texnologiyalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda ham dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda hududlarning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, 7,5 mingdan ortiq yoshlar respublikamizdagi professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida ta’lim olib, 1,5 mingga yaqin korxona va tashkilotlarda ish faoliyatini olib bormoqda. Oliy ta’lim tizimida esa faqat Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan (3- va 4-bosqich talabalari uchun). Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham dual ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.[1] tashkilot — professional ta’lim muassasasi bilan dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs; dual ta’lim dasturi — professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va 111 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi, o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab ch
Доказательный фрагмент
«Maqolada yurtimizda dual ta’lim shaklining rivojlanish istiqbollari, mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va dual ta’limni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yurtimizda dual ta’lim shaklining rivojlanish istiqbollari, mazkur yo’nalishda olib borilayotgan ishlar va dual ta’limni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- professional ta’lim, tashkilot, maktabgacha ta’lim, texnikum, shartnoma, Dual ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025