Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH
Djurayeva Sohiba Barat qizi · Tursunova Maxliyo Saydaxmat qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlari, inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi to’siqlar va ularni bartaraf etish bo’yicha pedagoglarga bir qancha ko’rsatmalar batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar: zaif eshituvchi bola, pedagog, surdopedagog, inklyuziv ta’lim, jalb qilish bosqichlari. Zaif eshiguvchi bolalar nogironligi bo’lgan bolalar orasida inklyuziv ta’limga erta jalb qilinishi mumkin bo’lganlar tartibida peshkadamlik qiluvchi bolalardir. Vazirlar Mahkamasini 638-sonli qarorida ham 60 dB gacha eshitishida nuqsoni bo’lgan va rivojlanishida qo’shimcha nuqsoni bo’lmagan bolalar umumta’lim maktablarida tashkil qilingan inklyuziv ta’lim sinfiga qabul qilinishi ko’rsatilgan. Inklyuziv ta’limga jalb etishda quydagi bosqichlar amalga oshirildi: 1) Izlab topish va jalb qilish bosqichi. Nogiron odamlarning hayoti asosan yakkalab qo‘yishlar bilan bog‘liq. Ko‘plab davlatlarda nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular hamjamiyatdan chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim olish imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda. Millatning etnopsixologik xususiyatlaridan biri bo‘lmish nogiron farzandini boshqalardan bekitish hollari esa nogiron bolalar kelajak hayoti uchun juda fojeali holatdir. Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida targ‘ibo-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Oilaga, ya’ni asosan ota-onalarga nogiron bola ham maktab ta’lim-tarbiyasini olishi shart ekanligini to‘g‘ri tushintirib bera olish kerak. Shunday usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab topish imkoni yaratiladi. Ro‘yxatga olingan bolalar o‘z yaqin arofidagi umumta’lim maktablariga jalb etiladi. 2) Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug‘illanish bosqichi. Bu bosqichda umumta’lim muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy, korrektsion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib chiqiladi. 3) Reabilitatsiya bosqichi. Bu bosqichda bolalarning nogironligi tufayli bajara lmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi treninglar ham olib boriladi. Ular “ob’ekt” mas, balki “sub’ekt” vazifasini o‘taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi emas, balki ular nimalar qilisha qodir ekanligi diqqat markazda turadi. 4) Intergatsiya bosqichi. Bu bosqich inklyuziv tarzida o‘qitilgan, reabilitatsiya jarayoni malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy jamiyatga to‘la kiritish bosqichidir. Integratsiya bosqichida nogiron bolalar to‘laligicha ijtimoiy jamiyatga kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda nogiron bolalarning ham o‘zlarining teng imkoniyatlari va huquqlaridan foydalangan holda kasb va ishlash joyini mustaqil tanlash imkoniyati beriladi. Zaif eshituvchi bolalarda inson uchun o’ta zarur bo’lgan analizator eshitish faoliyatining to’liq emas, qisman buzilishi nutqning birmuncha to’liq shakllanishiga imkon bermaydi. Lekin bunday yo’l bilan nutqni egallashning o’ta chegaralanishi tushuncha va tasavvurlar (nutqning keyingi idroki va tushunilishi)da o’zgachalikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning nutqi 110 rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilganhamdir. Masalan, lug’at zaxirasining kamligi bilan bir qatorda so’zlarning boshqa ma’noda qo’llanishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan bir katorda ular ma’nolarining noto’g’ri tushunilishi kuzatiladi. Bularning barchasi bilish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi: idrok faoliyati, xotira va diqqati hamda tafakkur opiratsiyalari taqqoslash, taxlil qilish, umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Nutqiy muloqot bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Zaif eshituvchi bola nutqining o’ziga xos rivojlanishi oddiy sharoitlarda ilm asoslarini egallashiga tusqinlik qilib, bolaning umumta’lim maktabiga kelib, ta’lim olishida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Kuzatish va o’rganishlar natijasida zaif eshituvchi bolalar inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi mavjud to’siqlarni aniqlash imkonini beradi: - umumta’lim maktabining standarti, ta’lim dasturlari, mazmuni zaif eshituvchi o’quvchilarning imkoniyatlari va extiyojlariga mos kelmaydi; - pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida inklyuziv ta’lim asoslarini o’rganishga oid o’quv fani nazarda tutilmasligi bois, umumta’lim maktablari pedagogik jamoalari ta’lim jarayonida bunday bolalarga yondashish uslublaridan xabardor emaslar; - yetarli psixologik va pedagogik yordam ko’rsatish uchun kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lmagan o’quvchilar psixologik noqulaylik xolatiga tushib, integratsiya jarayoniga tayyor emasliklarini qayd etganlar; - umumta’lim maktablari o’qituvchilari bunday bolalar uchun ta’lim jarayonida moslashish imkoniyatin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlari, inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi to’siqlar va ularni bartaraf etish bo’yicha pedagoglarga bir qanc…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlari, inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi to’siqlar va ularni bartaraf etish bo’yicha pedagoglarga bir qanc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- surdopedagog, zaif eshituvchi bola, pedagog, jalb qilish bosqichlari., inklyuziv ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024