К содержанию
РецензированоUZ2026

IS’HOQXON IBRAT SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI

Murtazayeva Feruza Oybek qizi · Rajabova Hulkar

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The article presents artistic arts, their types and theoretical information. Poet, pedagogue, historian Ishaqkhan Ibrat commented on the use of artistic arts. Some verses of the artist were analyzed and conclusions were drawn. Key words: artistic arts, proportion, allegory, metaphor, analysis. Jadid adabiyotining serqirra ijodkorlaridan sanalgan Is’hoqxon Ibrat asarlari uslubning o‘zgachaligi, badiiy tasvir vositalarining orginalligi bilan ajralib turishi ma’lum. Badiiy san’atlar mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llangan badiiy tasvir vositalari hisoblanadi. Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi”, Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarlarida badiiy san’atlarning yuzdan ortiq turlari haqida nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Olimlar ularni quyidagi uch guruhga ajratib tahlil qiladilar. 1. Lafziy san’atlar. 2. Ma’naviy san’atlar. 3. Qorishiq san’atlar. She’riyatimizda eng ko‘p qo‘llanilgan san’atlardan biri Tashbeh san’atidir. U nafaqat Alisher Navoiyning, balki butun Sharq adabiyoti vakillarining ajralmas poetik usullaridan biri sanaladi. Tashbeh-biron predmet yoki hodisaning xususiyatini shu xususiyat bor boshqa narsa va hodisalar orqali tasvirlashga qaratiladi. Tashbeh san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniq, izchil, go‘zal, jozibali gavdalantirishga xizmat qilib, asarda qo‘llanayotgan timsollarning ma’naviy qiyofasini yanada yorqinroq tasvirlash, shoir ifodalayotgan g‘oyani o‘quvchi ongiga mukammalroq, aniqroq va jozibaliroq yetkazishga imkon beradi. Jumladan, shoir shunday yozadi. Zor jismimg‘a xadanging zaxmidin ortar navo, Sozdek kim, teshsalar oni fuzun aylar sado [2, 35 b]. Ushbu matla’da shoir –dek vositasi orqali tashbeh she’riy san’atini yuzaga chiqarib, o‘zini soz(nay)ga qiyos etmoqda. Tamsil “misol keltirish”, “dalillash”, “isbotlash”, “tasdiqlash” ma’nolarini bildirib, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir. Birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol o‘rtasidagi munosabat - mantiqiy aloqa ko‘pincha qiyosiy yo‘nalishda bo‘lib, ijodkor diqqati ham 4 badiiy tafakkur bilan hayotiy voqelik orasidagi o‘xshashlikka qaratilgan bo‘ladi. Jumladan, ushbu baytda nayning teshigi ortgani sari ko’proq navo chiqarishiga oshiqning holati qiyoslangan. Qaddi hajrida g‘amim sham’ini har devorg‘a, Kim tayabmen sarv andomi bila bo‘lmish qaro [2. 42 b] Mazmuni: Ma’shuqa qaddining hajrida mening g‘amim shami devorga tayantirib qo‘yilsa, tik devor qaro bo‘ladi. Yana bir keng tarqalgan badiiy san’atlardan biti Tanosubdir. Sheʻr baytlarida bir-biriga bogʻliq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi soʻzlarni qoʻllash sanʻati tanosubdir. Biror narsani oʻylaganimizda koʻz oldimizga uning belgilari, xususiyatlari keladi. Shoir biror hodisani tasvirlar ekan, ma’no jihatidan unga yaqin soʻzlarni ishlatadi va bu uning yorqinroq, ishonchliroq tasvirlanishiga yordam beradi. Baytda keltirilgan hajr, g‘am so‘zlari o‘zaro tanosublikni hosil qilish birgalikda shoirning yuragini azoblayotgan, ko‘nglini o‘rtayotgan anduhni ifodalashga xizmat qilmoqda. G‘unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig‘a Yetkurur har dam adam daryosidin mavji fano Misralarda keltirilishicha, yorning labidan chiqayotgan nafaslar nasimi shoir joniga qads qilib, yo‘qlik daryosiga foniy mavjlarni yetkazmoqda. Istiora (arabchadan „qarzga olish“)— asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda, yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh sanʼatiga yaqin turadi. U koʻpincha tashbehi kinoyaga, yaʼni mushabbihi tushirilgan tashbehga teng keladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi. Baytda qo‘llangan “g‘uncha” so‘zi orqali lab ma’nosi ifodalanib, istiora she’riy san’ati hosil qilingan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shoir Ibrat asarlari ham zamona muammolari, ham mumtoz an’analarni o‘zida aks ettirishi jihatidan ajralib turadi. Shoir asarlarini bundanda keng va chuqur tahlil qilishimiz oldimizda turgan asosiy vazifalardandir. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Atoulloh Husayniy. Badoyi us-sanoyi.-kitobxon.uz 2. Dolimov U. Jadidlar Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi. 2022 3. Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma’naviyat. 2020. 5

Доказательный фрагмент

«The article presents artistic arts, their types and theoretical information.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents artistic arts, their types and theoretical information. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artistic arts, proportion, allegory, metaphor, analysis, tahlil., istiora, tashbeh, badiiy san’atlar, tanosub
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники