Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
SUNNIYLIK MAZHABLARINING SHAKLLANISHIDA FIQHIY MAKTABLAMING O‘RNI
Shoyunusov Abdullo Shoraxim o‘g‘li · Umaraliyev Sherzod
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sunniylik mazhablarining shakllanish jarayoni va unda fiqhiy maktablarning o‘rni tahlil qilinadi. Sunniylik islom olamidagi eng yirik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida to‘rtta asosiy fiqhiy maktab – Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablarining hissasi katta bo‘lgan. Mazkur maktablar Qur’on va Sunnaga asoslangan bo‘lib, shariat qoidalarini izohlash va qo‘llashda o‘ziga xos yondashuvlarga ega. Shu bilan birga, maqolada fiqhiy maktablarning islom huquqiy tizimidagi tarixiy roli va zamonaviy huquqiy masalalar yechimida ularning ahamiyati tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot sunniylikdagi fiqhiy xilma-xillikni anglash, shariat tamoyillarining tarixi va bugungi kun uchun dolzarbligini tushunishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Musulmon jamiyatlar, fiqhiy maktablar, diniy ta’limotlar, diniy yondashuvlar, ilmiy va diniy tizim, fiqhiy qarorlar, shar’iy hukmlar, diniy amaliyot va urf- odatlar. Kirish. Islom huquqiy tafakkuri va fiqhiy maktablar tarixi musulmon jamiyatlarining diniy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Sunniylik – islomning eng yirik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning shakllanishida fiqhiy maktablar markaziy ahamiyat kasb etgan. Sunniy fiqhning rivojlanishi, asosan, Hanafiy, Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy maktablari orqali sodir bo‘lgan1. Ushbu maktablar Qur’on va Sunnaga asoslangan holda, huquqiy masalalarni sharhlash va qo‘llash borasida o‘ziga xos metodologiyaga ega bo‘lib, musulmon jamiyatlarining ijtimoiy va huquqiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Fiqhiy maktablarning shakllanishi musulmon jamiyatlarida huquqiy tafakkurning kengayishiga, shuningdek, turli mintaqalardagi diniy amaliyot va urf-odatlarning islom huquq doirasida muvofiqlashtirilishiga xizmat qilgan. Har bir fiqhiy maktab ijtihod, qiyas, ijmo’, istihson kabi yondashuvlarni qo‘llab, huquqiy masalalarni hal qilishda o‘z uslubi va qarashlariga ega bo‘lgan. Ushbu maqolada sunniy fiqhiy maktablarning shakllanishi, ularning asoschilari va ularning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fiqhiy maktablarning islom huquqiy tizimidagi o‘rni va zamonaviy musulmon jamiyatlarida qanday ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Bu mavzuni o‘rganish orqali biz sunniy islom huquqiy tafakkurining shakllanishi va uning musulmon dunyosidagi roli haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘lamiz. Asosiy qism. Sunniylik mazhablarining shakllanish jarayoni VIII—IX asrlarga borib taqaladi. Bu davrda Qur’on va hadis asosida shar’iy hukmlarni ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi2. Islom olamining turli hududlarida fiqhiy maktablar vujudga kelib, ulamolar turli uslublardan foydalangan holda shar’iy masalalarni hal etishga harakat qilishdi. Mazkur fiqhiy 1 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Fiqhiy yo‘nalishlar va kitoblar. – T.: Hilol-nashr, 2022. 2 Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. – Toshkent: “Sharq”, 2014. 25 maktablar shariat asosida hayot kechirish qoidalarini belgilab berdi va sunniy musulmonlar orasida huquqiy tafakkurning shakllanishiga xizmat qildi. Sunniylik mazhablari islomiyatning turli jihatlarini, xususan, dinning amaliy jihatlarini o‘rganish va amalga oshirishda juda katta ahamiyatga ega. Fiqhiy maktablar esa, diniy ta’limotlarni turli yo‘nalishlarga qarab bayon qilgan, har biri o‘ziga xos yondashuvga ega bo‘lgan ilmiy va diniy tizimlardir. Sunniy fiqhiy maktablarining shakllanishi, asosan, islomning dastlabki asrlarida uning yuridik, axloqiy va diniy ko‘rsatmalarini turli hududlarda amalga oshirishni osonlashtirish uchun yaratilgan. Ushbu maktablar, o‘z navbatida, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlarga asoslangan holda, musulmon jamiyatlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Sunniy fiqhiy maktablarining shakllanishi, nafaqat diniy ilmning rivojlanishi, balki musulmonlarning jamiyatdagi muammolarni hal etish, qonunlarni ishlab chiqish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli bilan ham dolzarbdir. Har bir mazhab o‘zining diniy yondashuvlari, hujjatga asoslangan qarorlari va shariatga bo‘lgan talqinlari bilan jamiyatda muhim o‘rin tutgan. Fiqhiy maktablarning shakllanishi va rivojlanishi, ayniqsa, hozirgi kunda diniy farqlanishlar, shariatga asoslangan qonunlarning amalda qo‘llanilishi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlash kabi muammolarni yechishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sunniylik yo‘nalishida to‘rtta asosiy fiqhiy maktab mavjud3: 1. Hanafiy maktabi – asoschisi Imom Abu Hanifa (699–767) bo‘lib, Iroq hududida shakllangan. Ushbu maktab qiyas, istihson va urf-odatga katta e’tibor qaratib, fiqhiy qarorlarni chiqarishda ratsional yondashuvdan foydalangan. Hanafiy maktabi ayniqsa, Markaziy Osiyo, Hindiston, Turkiya va Misrda keng tarqalgan. 2. Molikiy maktabi – asoschisi Imom Molik ibn Anas (711–795) bo‘lib, u Madina ahlining amaliyoti va sunnatga katta urg‘u bergan. Molikiy fiqhiy maktabi Shimoliy Afrika, Andalusiya va Saudiya Arabistoni hududlarida keng tarqalgan. 3. Shofe’iy maktabi – asoschisi Imom Muhammad ibn Idris ash-Shofe’iy (767–820) bo‘lib, u Qur’on va S
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sunniylik mazhablarining shakllanish jarayoni va unda fiqhiy maktablarning o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sunniylik mazhablarining shakllanish jarayoni va unda fiqhiy maktablarning o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy va diniy tizim, diniy amaliyot va urf-odatlar., Musulmon jamiyatlar, fiqhiy maktablar, diniy yondashuvlar, fiqhiy qarorlar, shar’iy hukmlar, diniy ta’limotlar
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025