Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA HAMKORLIGINI YO‘LGA QO‘YISH USULLARI
QO‘YISH USULLARI · Barotova Shoxsanam Baxtiyor kizi · Toshimova Marjona Komilovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 03 · 1978
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) va oila hamkorligining nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi hamkorlik bolalarning ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishdagi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. MTT va oilaning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashning asosiy usullari, zamonaviy yondashuvlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tadqiqotlar va ilg‘or tajribalar asosida samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etiladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, oila, pedagogika, psixologik rivojlanish, innovatsion texnologiyalar, ta’lim sifati, ijtimoiy hamkorlik, tarbiya, ota-onalar ishtiroki. Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim bolalarning kelajak hayotida muhim rol o‘ynaydi. Bu nafaqat bolani maktabga tayyorlash, balki uning ijtimoiy, ruhiy va intellektual rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) va oila hamkorligi bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim omillardan biridir. Ushbu hamkorlik bola tarbiyasini yaxshilash, uning ijtimoiy va psixologik rivojlanishiga ko‘maklashish hamda ta’lim sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi bolaning shaxsiy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, MTT va oila o‘rtasidagi hamkorlik bolaning ta’lim sifati va ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga xizmat qiladi (Vygotskiy, 1978; Bronfenbrenner, 1986). Oila va ta’lim muassasasi o‘rtasida mustahkam aloqalar bo‘lmasa, bola tarbiyasida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bronfenbrennerning ekosistemik nazariyasiga ko‘ra, bolalar rivojlanishiga eng katta ta’sir mikro muhit, ya’ni oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali amalga oshiriladi (Bronfenbrenner, 1986). Epsteinning aytishicha, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi doimiy aloqalar bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologlarning fikriga ko‘ra, bolalarning ijtimoiy va psixologik moslashuvi uchun oilaviy muhit muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) va oila hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim hujjatlar qabul qilingan va amaliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘RQ-637-son, 23.09.2020-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini, qamrab olgan bo‘lib, maktabgacha ta’limda ham bolalarning zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari hamda ta’limning keyingi turlariga o‘tishlari uchun sharoit yaratish belgilangan. "O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-3808-son, 27.06.2018-yil) oila institutini mustahkamlash, oilaning jamiyatdagi o‘rnini oshirish va oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, oila va ta’lim muassasalar faoliyati va hamkorligini ham ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturida ota-onalar qo‘mitasi va kuzatuv 31 kengashlari orqali ota-onalarning ta'lim jarayonida ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjatlar va amalga oshirilgan ishlar O‘zbekistonda maktabgacha talim tashkilotlari va oila hamkorligini mustahkamlashga, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilmoqda. MTT va oila o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning ta’lim va tarbiyasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Ota-onalar va pedagoglarning birgalikda ishlashi bolaning o‘qish va ijtimoiy hayotga moslashuvini osonlashtiradi. MTT va oila hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish uchun ota-onalar bilan doimiy va ochiq muloqot olib borish, ularni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish hamda pedagogik bilimlarini oshirish muhim. Ota-onalar va pedagoglar bir jamoa sifatida ishlaganda, bolalarning ta’lim va tarbiyasida yuqori natijalarga erishish mumkin. MTT va ota- onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda eng avvalo, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasida ishonchli muhit shakllantirilishi zarur. Buning uchun ota-onalarning fikrlari va takliflari bilan qiziqish, fikr va takliflarini inobatga olish, ota-onalarga farzandlari haqidagi ma’lumotlarni, kum davomidagi faoliyatlarini ochiq va aniq yetkazish lozim. Shu bilan bir qatorda, ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan muntazam muloqot qilib turishi kerak. Bunday muloqotlarni tashkil qilish uchun ota-onalar yig‘ilishlari, seminarlar o‘tkazilib turish, onlayn platformalar orqali aloqada bo‘lib turish, individuallashgan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil qilish o‘z natijasini ko‘rsatadi. MTT va ota-onalar hamkorligida ota-onalarni ta’lim jarayoniga, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish ham eng samarali usullardan biri bo‘lib, bunda ota-onalar uchun ochiq darslar tashkil qilish, mavjud fan yuzasidan o‘tkaziladigan ochiq darslarga, mahorat darslariga, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Yangi yil bayrami, Xalqaro onalar kuni, "Navro‘z sayli" tadbirlariga, "Eng yax
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) va oila hamkorligining nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) va oila hamkorligining nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, Maktabgacha ta’lim, psixologik rivojlanish, oila, ta’lim sifati, ota-onalar ishtiroki., ijtimoiy hamkorlik, pedagogika, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025