К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANISHINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

NAZARIY ASOSLARI · Xusanova Sarvinoz Zarbullayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlanishining ilmiy-nazariy asoslari haqida, bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar, bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasida so’z borgan. Kalit so’zlar: nutq, rivojlantirish, muloqot, ta’sir, o’qitish jarayoni, nutq ko’nikmasi, fikrlash. Ajdodlarimiz bilim o’rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat bеrganlar. Bu pеdagogik faoliyatga bo’lgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o’tkir fikrlaydigan kishilar to’g’risida shunday dеydi: «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga bеrilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r iste’dodga ega; yomon ishlardan o’zini chеtda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil dеydilar». Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi.Metodist olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflarning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shaxsning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlari ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish mamlakatda amalga oshirilayotgan pedagogik ta‘lim islohotlarining asosiy maqsadi kuchli raqobatbardosh pedagogik mutaxassis kadrlarni tayorlash – deb aytgan, fikrlari xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fantexnika va texnologiyaning yangi yutuqlarini salohiyatli maktabgacha ta‘lim mutaxassislarni tayyorlashning yangi tizimini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘lim taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi. Zero, jamiyatimizning ma‘naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan maktabgacha ta‘lim jarayonini rivojlantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta‘minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish, maktabgacha ta‘lim sohasida pedagogik kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya‘ni, bolalar maktabgacha ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning 52 nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko’rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy muammolaridan boʻlib kelgan. Darhaqiqat, bolalar nutqining shakllanashi bir qancha omillari bogʻliq va ularni tahlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan toʻgʻri yondashuvni ta’minlaydi. Mazkur omillar sifatida oila va ta’lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy holati, imkoniyatlari, jismoniy salomatligi, faolligi, axloqiy va estetik sifatlarini keltirish mumkin. Olib borilgan ilmiy ish va tahlil hamda tavsif etish boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini takomillashtirishning ilmiy asoslari va tadqiq etish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish mamlakatimizda oʻtgan asirning 50-yillarida boshlangan. Xalq ogʻzaki ijodi, shubhasiz, bola tarbiyasida, xususan, ularning nutqini rivojlantirishda katta imkoniyatlar va juda boy qadriyatlarga ega soʻz san’ati turidir. Xususan, uning ertak, afsona, rivoyat, tez aytish, topishmoq, maqol kabi janirlari oʻquvchi-yoshlarning dunyoqarashini, tasavvurini, tafakkur imkoniyatlarini, xotirasini, ruhiyatini, nutqini tarbiyalashda bemisl ahamiyatga ega ekanligi mazkur janrlarning oʻziga xosligi va ichki imkoniyatlarida namoyon boʻladi. Insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla olamaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va tafakkur bilan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlanishining ilmiy-nazariy asoslari haqida, bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar, bola nutqini…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlanishining ilmiy-nazariy asoslari haqida, bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar, bola nutqini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’qitish jarayoni, fikrlash., muloqot, ta’sir, nutq, nutq ko’nikmasi, rivojlantirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники