Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIRZO ULUG‘BEK ILMIY IJODINING JAHON TAMADDUNIDAGI O‘RNI
Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В этой статье освещаются некоторые важные аспекты жизни и общественно-политической деятельности Мирзы Улугбека. Широко освещается его научное наследие, его место в мировой культуре и среди ученых, а также его работа “Зиджи Султани”. В статье подробно описаны правящие и научные аспекты Улугбека. Его роль в мировом масштабе и внимание к нему глубоко изучены. Ключевые слова. Мирзо Улугбек, Самарканд, астроном, ученый, правитель, обсерватории, медресе, “Зиджи Султани”, 1018 звезд, “Улугбек Зиджи”. MIRZO ULUGBEK'S SCIENTIFIC WORK A PLACE IN WORLD CIVILIZATION Annotation. This article highlights some important aspects of the life and socio-political activities of Mirza Ulugh Beg. His scientific heritage, his place in world culture and among scientists, as well as his work “Ziji Sultani” are widely covered. The article describes in detail the ruling and scientific aspects of Ulugh Beg. His role on a global scale and the attention to him are deeply studied. Keywords. Mirzo Ulugh Beg, Samarkand, astronomer, scientist, ruler, observatories, madrasahs, “Ziji Sultani”, 1018 stars, “Ulugbek Ziji”. Temur Ko‘ragonning nevarasi va Shohruxning o‘g‘li bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay (Ulug‘bek) 796-hijriy 19-jumodul-avval, milodiy esa 1394-yilning 22-mart kuni Sultoniya shahrida tavallud topdi. U 1409-yili Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li sifatida otasi tarafidan Samarqand hokimi etib tayinlandi. Ulug‘bek boshqaruvi davrida bu shahar yirik madaniyat markaziga aylanadi. Ulug‘bek Shohrux vafotidan so‘ng (1447-yilning mart oyida) saltanat taxtiga o‘tiradi, lekin 2 yilu 8 oy o‘tmasdanoq o‘z o‘g‘li Abdullatif ko‘rsatmasi bilan o‘ldiriladi. Ulug‘bek haqidagi eng qisqa biografik ma’lumot shundan iborat. Lekin bu qisqa quruq satrlar ortida taniqli davlat arbobi, tabiat fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur astronom, yulduzlar jadvali (“Ulug‘bek Ziji”) muallifi sifatida nomi dunyoga mashhur Samarqand rasadxonasi quruvchisi bo‘lgan kishining katta va murakkab hayoti turibdi. Tabiiyki, so‘z 124 Ulug‘bek shaxsi haqida borar ekan, bizning fikrimiz avvalambor uning zamondoshlari, fandagi safdoshlarining u haqida yozgan kitoblariga qaratiladi. “Ulug‘bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko‘rsatadi”[2.46-b]. Darhaqiqat, Mirzo Ulug‘bek qisqa umr ko‘rganiga qaramay, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, uning umri biz uchun har tomonlama o‘rnak bo‘la oladi. Mirzo Ulug‘bek o‘z davrining qomusiy olimi, astronomiya, geografiya, matematika, musiqa fanlari bilimdoni, shu bilan birga davlat rivojiga katta hissa qo‘shgan hukmdor hamdir. Shu vaqtga qadar dunyo juda ko‘plab hukmdorlarni ko‘rdi. Ularning ichida adolatlilari, mehr-muruvvatlilari, dono-faylasuf hamda jangchilari bor edi. Ammo Mirzo Ulug‘bek mana shu barcha xislatlarni o‘zida mujassam etgan va shu bilan birga bu hukmdorlarda bo‘lmagan “olim hukmdor” degan nomga sazovor ulug‘ shaxsdir. Umrining yarmidan ziyodi murakkab va tahlikali “taxt” hamda “ilm” orasida o‘tdi. Bobosi Amir Temur, otasi esa Shohrux Mirzo, onasi turkiy qabila zodagonlaridan Gavharshodbegim bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek yoshligidan jang maydonlari hamda siyosat ichida katta bo‘ldi. Unga Mirzo Muhammad Taragʻay ismi berildi. Ulugʻbek asli ism emas, balki “Buyuk hukmdor (bek)” maʼnosini beruvchi taxallus edi. Ulug‘bekning ustozi shoir va olim Orif Ozariy bo‘lgan. Hindiston yurishi davrida bobosi Amir Temurni Samarqanddan Qobulgacha kuzatib borgan. Temur 1404-yilda Xitoyga qarshi yurishidan oldin Sayram, Avliyoota va sharqiy hududlarni boshqarish huquqini nabirasi Mirzo Ulugʻbekka berdi. Temur vafotidan keyin Shohrux mamlakat poytaxtini Hirotga koʻchirdi. 16 yoshli Ulugʻbek Samarqandning hokimi boʻldi. 1411-yilda u butun Movaraunnahrning hokimi deb eʼlon qilindi. 1447-yilga kelib otasi Shohruxning vafotidan xabar topgan Ulugʻbek Balxga joʻnadi. Bu yerda u oʻzining marhum akasi Boysungʻurning oʻgʻli Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati hukmronligini daʼvo qilganini eshitdi. Ulugʻbek Alouddavlaga qarshi yurish qildi va Murgʻobdagi jangda u bilan uchrashdi. Biroq Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo akasiga yordamga keldi va ular birgalikda Ulugʻbekni magʻlub etishdi. Ulugʻbek Balxga chekindi va u yerda uning hokimi, toʻngʻich oʻgʻli Abdullatif Mirzo isyon koʻtarganini bildi. Abdullatif Amudaryo boʻyida otasining qoʻshinini kutib olish uchun qoʻshin toʻpladi. Biroq Ulugʻbek shahardagi notinchlik xabarini eshitib, hech qanday jang boʻlmasdan turib Samarqandga chekinishga majbur boʻladi. Abdullatif tez orada Samarqandga yetib boradi va Ulugʻbek oʻgʻliga beixtiyor taslim boʻladi. Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat berdi. Biroq, manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449-yilda qatl qildirdi. Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan Buxoro va Samarqandd
Доказательный фрагмент
«В этой статье освещаются некоторые важные аспекты жизни и общественно-политической деятельности Мирзы Улугбека.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье освещаются некоторые важные аспекты жизни и общественно-политической деятельности Мирзы Улугбека. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mirzo Ulugh Beg, Samarkand, astronomer, scientist, ruler, observatories, olim, Samarqand, 1018 ta yulduz, hukmdor, madrasa, “Ulug‘bek Ziji”., astronom, Mirzo Ulug‘bek, rasadxona, “Ziji sultoniy”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026