К содержанию
РецензированоUZ2026

PULPIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI

Egamberdiyev Muhammadali · Boysafarov Hayotbek (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, assistent,)

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 32 - 51 · 2026

Аннотация

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Xususan pulpit tish kasalligi boʻlib, kasalligining oʻtkir va surunkali turlari, ularning kelib chiqish sabablari(etiologiyasi), patogenezi, ularni qiyosiy va differensial tashxislash va davo choralari qoʻllaniladi. Pulpitni davolash va diagnostik usullarni yangilanib borishi - bu klinik endodontistlarning uzoq muddatli izlanishlari va ilmiy ishlarining samarasidir. Pulpitni rivojlanishida zararli omillarni ta’siri xususan ularni taʼsir kuchining miqdori va vaqti katta ahamiyatni kasb etishi tabiiydir. Undan tashqari organizmni umumiy va mahalliy immun ximoya mexanizmlarni kuchi ham ahamiyatlidir. Kalit so`zlar: pulpit, sepsis, retsidiv pulpit, fokal pulpit, giperplastik pulpit. Mavzuning dolzarbligi: Ko'rib chiqilgan barcha manbalar ichida oʻtkir pulpit 34,58%ni va surunkali apikal periodontit 34,89%ga mos ravishda eng ko'p tarqalgan pulpa va periapikal toʻqima patologiyalari ekanligi isbotlangan. Ayollar jinsiga kiruvchilarda esa 65,36%ni tashkil etadi. Ko'rib chiqilgan maʼlumotlar va manbalarga aniqligi, ishonchliligiga ko'ra, eng ko'p endodontik davolanishni talab etuvchilarning yoshi 60 va undan kattalarda 36,99%ni tashkil etadi. Eng koʻp holatlar yoshlar va kattalarda kuzatiladi. Eng ko'p endodontik davo qoʻllangan tishlar ichida yuqori birinchi molyar tishlar boʻlib, umumiy miqdorning 24,15%ni va pastki jagʻ tishlarida 36,71%ni, eng ko'p tarqalgan etiologik omil sifatida esa tish karieslari boʻlib umumiy miqdorning 84,07%ni tashkil etishi isbotlangan. Kirish: Pulpit, tish pulpasining yallig'lanishi bilan bog'liq boʻlgan, aholi oʻrtasida keng tarqalgan tish kasalliklaridan biridir. Uning asosiy etimologik faktorlarga hozirgi kunda maʼlum boʻlib bularga quyidagilar kiradi: tish karieslari, travmalar, dentinda yuzaga kelgan yorilishlar, himoyalanmagan va apikal sohadagi oʻzgarishlar va dentin kanalchalari orqali tish pulpasiga mikroorganizmlarning kirib borishi bilan tasniflanadi. Pulpit asosan, karies bilan bog'liq mikroorganizmlarning dentinning eng ostki qismiga va pulpa ichiga kirib borishi bilan qo'zg'atiladigan immunitet reaktsiyasi sifatida tavsiflanadi[1]. Yallig'lanish sabablari quyidagicha boʻlishi mumkin: Rivojlanib shakllanib borayotgan tish karieslari, Bruksizm sababli tishlarning patologik yemirilishi tufayli tishlarning parchalanishi va pulpit shakllanishi, Tishning travmatik shikastlanishlari, Davolovchi shifokorning savodsizligi tufayli paydo boʻlishi, Bakteriyalar va infektsiyalarning tishning chuqur qatlamlariga kirib borishi, Agressiv, kimyoviy birikmalar va preparatlarning ta'siri tufayli toksik shikastlanishi, Sinusit, periodontal kasallik, qo'shni tishning periodontiti, sepsis va boshqa oʻtkir infeksion kasalliklar boʻlishi mumkin[2,3]. Tishlarni bruksizmi tufayli oʻtkir pulpit kuchli, o'z-o'zidan shakllanuvchi og'riq, issiq va sovuq haroratga sezgirlik va tungi og'riq reaktsiyasi bilan tavsiflanadi va bemorlar og'riq tufayli uxlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Simptomatik pulpit maxalliy harorat bilan bog'liq 33 kuchli og'riqlar va o'z-o'zidan paydo boʻluvchi tishlarning oʻtkir og'rig'iga olib kelishi mumkin va bemorlarning stomatologik davolanishga murojaat qilishlarining asosiy sabablaridan biridir. O'tkir pulpit bilan og'rigan bemorlarning jami 74,5 foizi o'z-o'zidan shakllanuvchi, paydo bo'ladigan kuchli og'riqni va qo'zg'aluvchi, doimiy bezovta qiluvchi og'riqni boshdan kechiradi[4]. Shu sababli, o'tkir pulpit og'rig'ining sabablari va potentsial mexanizmlarini chuqur tushunish - o'tkir pulpit og'rig'ini bartaraf etish strategiyalarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega, ammo bu sabablar va mexanizmlar hali to'liq tushuntirilmagan. Pulpit - og'iz bo'shlig'ida patologiyasi mavjud bo'lgan bemorlarning 20-25 foizida uchraydigan keng tarqalgan tish kasalligi hisoblanadi[5]. Kasallik ham yirik chsynov tishlarida ham asosiy kesuvchi tishlarda ham boʻlishi mumkin. Bolalarning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kariesdan pulpitga o'tish juda tez sodir bo'ladi. Hozirgi kunda pulpitning bir nechta turlari mavjud: Fokal retsudiv pulpit - bu o'tkir, yengil xoldagi yallig'lanishli pulpa reaktsiyasining bir turi bo'lib, u odatda tishning karies kovagi sababli tishning strukturasi buzilishi yoki izolyatsion matriks oqsillari bo'lmaganda yoki shikastlanganda keyin ham sodir bo'ladi[7], ammo mikroskopik kesmalarda buni tushunish qiyin boʻladi. O'tkir pulpitlarga: O'tkir pulpitning yallig'lanish reaktsiyasi fokal retsidiv pulpitning rivojlanishi sifatida paydo bo'lishi mumkin yoki allaqachon shakllangan, patologiya qoʻzgʻatayotgan surunkali pulpitning o'tkir kuchayishini ko'rsatishi mumkin[6]. Pulpa shikastlanishining og'irligi oddiy o'tkir yallig'lanishdan tomir kengayishi, ekssudatsiya va neytrofil kimyotaksisi bilan ajralib turadi. O'tkir pulpitning dastlabki bosqichlarida tish elektr stimulyatsiyasiga giperreaktiv bo'lishi mumkin, am

Доказательный фрагмент

«Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pulpit, retsidiv pulpit, sepsis, fokal pulpit, giperplastik pulpit.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники