К содержанию
РецензированоRU2026

GINKGO BILOBA O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Jalilova Mohlaroy A’zamjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis examines the botanical description, distribution, and significance of Ginkgo biloba. The study analyzes its ecological role, medicinal properties, and practical applications. Ginkgo biloba is an important plant for human health and the environment. Аннотация: В данной работе изучаются ботаническое описание, распространение и значение растения Ginkgo biloba. Исследование анализирует его экологическую роль, лечебные свойства и хозяйственное применение. Ginkgo biloba — важное растение для здоровья человека и окружающей среды. Keywords: Ginkgo biloba, medicinal plant, ecological importance, medical extract, ancient tree Ключевые слова: Ginkgo biloba, лекарственное растение, экологическая значимость, медицинский экстракт, древнее дерево. Ginkgo biloba — dunyodagi eng qadimiy daraxtlardan biri bo‘lib, taxminan 270 million yil oldin paydo bo‘lgan. Bu o‘simlik dinozavrlar davridan omon qolgan yagona ochiq urug‘li tur hisoblanadi. Ginkgo biloba biologik xilma-xillik nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u Ginkgoaceae oilasining yagona vakili sifatida bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ushbu o‘simlikning noyob yaproq tuzilishi, ekologik chidamliligi va shifobaxsh xususiyatlari uni ilmiy tadqiqotlar va amaliyot uchun muhim obyektga aylantirgan. Hozirda ginkgo tibbiyot, farmakologiya, ekologiya va manzarali bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladi. Xususan, uning barglaridan olingan ekstraktlar xotira va asab tizimi faoliyatini yaxshilash, qon aylanishini normallashtirish hamda antioksidant xususiyatlari bilan mashhur. Ginkgo biloba — ochiq urug‘li o‘simliklar (Gymnospermae) sinfiga mansub bo‘lib, Ginkgoaceae oilasining yagona vakili hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi: Bu daraxt balandligi 20- 35 metrga yetishi mumkin, ba’zan 50-60 metr balandlikka ham yetadi. Daraxtning yoshi va o‘sish sur’ati juda sekin, ammo uzoq umr ko‘ruvchi xususiyatga ega. Ginkgo biloba o‘simliklari 1000 yil va undan ko‘proq vaqt davomida yashashi mumkin. Barglari: Yaproqlari o‘zgacha shaklga ega bo‘lib, ikki yarmdan tashkil topgan yelpig‘ichga o‘xshash va yozda xiralashmaydi. Yaproqlarining bunday tuzilishi o‘simlikni boshqa daraxtlardan farqlantiradi. Ildiz tizimi: Yaxshi rivojlangan asosiy ildiz tizimiga ega bo‘lib, tuproqni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Tarqalishi: Ginkgo biloba tabiiy sharoitda faqatgina Xitoy, Yaponiya va Koreya hududlarida uchraydi. Shu bilan birga, tarixan ginkgo o‘simligi o‘tmishda boshqa hududlarda ham keng tarqalgan bo‘lib, bugungi kunda uning tarqalishi cheklangan. Ginkgo biloba o‘simligining tabiiy yashash joylari toralashib, hozirgi kunda u asosan odamlar tomonidan madaniy tarzda ekiladi va qishloq xo‘jaligida yetishtiriladi. Ahamiyati: Tibbiyotda qo‘llanilishi: Ginkgo biloba barglaridan olingan ekstraktlar tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ular asosan qon aylanishini yaxshilash, xotirani mustahkamlash va antioksidant xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ekologik ahamiyati: Ginkgo daraxtlari uzoq umr ko‘rishi va tez o‘sishi bilan o‘z atrofidagi ekosistemi uchun muhim rol o‘ynaydi. Manzarali o‘simlik sifatida: Ginkgo biloba o‘zining noyob barg shakli va kuzda oltinrang tus olishi sababli bog‘ va xiyobonlarda 74 manzarali o‘simlik sifatida qadrlanadi. Iqlimga chidamliligi: U sovuqqa va ifloslangan havoga chidamliligi tufayli shahar ko‘chalarida ham ekiladi. Xulosa: Ginkgo biloba — dunyodagi eng qadimiy va noyob daraxtlardan biri bo‘lib, o‘zining botanik xususiyatlari, ekologik ahamiyati va dorivor xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ushbu o‘simlik uzoq yillar davomida insoniyat tomonidan tibbiyot, farmakologiya va ekologiya sohalarida qo‘llanib kelinmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki: Botanik xususiyatlari jihatidan, Ginkgo biloba yelpig‘ichsimon barglari, uzun umr ko‘rishi va iqlim sharoitlariga yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. Ekologik ahamiyati tufayli, u shahar sharoitida ifloslangan havoni tozalash, tuproq eroziyasining oldini olish va yashil hududlarni ko‘paytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tibbiy jihatdan, uning ekstraktlari qon aylanishini yaxshilash, asab tizimini qo‘llab-quvvatlash va antioksidant xususiyatlari bilan mashhur bo‘lib, xotira va ruhiy salomatlikni yaxshilashda qo‘llaniladi. Shu sababli, Ginkgo biloba nafaqat tabiatning noyob in’omi, balki inson salomatligi va ekologik barqarorlik uchun muhim o‘simlikdir. Kelajakda bu o‘simlikning yanada chuqur tadqiq qilinishi va barqaror yetishtirilishi uning foydasidan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Xaydarova N.X., O‘ktamjonova F.Z. (2023). Ginkgo biloba o‘simligining morfologiyasi, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo‘llanilishi. O‘zbekiston Fanlararo Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 15-son, 20.01.2023. 2. Yusupova Z.A., Turg‘unov X.T., Sayramov F.B. (2023). Ginkgo biloba o‘simligining morfologiyasi, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo‘llanilishi. O‘zbekiston Fanlararo Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 15-son, 20.01.2023. 3. Xaydarova N.X.,

Доказательный фрагмент

«This thesis examines the botanical description, distribution, and significance of Ginkgo biloba.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis examines the botanical description, distribution, and significance of Ginkgo biloba. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ginkgo biloba, medicinal plant, ecological importance, medical extract, медицинский экстракт, древнее дерево., лекарственное растение, экологическая значимость
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники