Информатика и инженерные технологииMIKRООRGАNIZMLАRDАN GEN MUHАNDISLIGI YОRDАMIDА, SOMATOTROPIN (RSTG) ОLISH TEXNОLОGIYАSI +42026
O’ZBEKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS TURKUMI BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VAKILLARI VA AHAMIYATI
Jalilova Gulzira A’zamjon qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis studies the description and significance of juniper species found in the mountains of Uzbekistan. The research analyzes their ecological role and economic benefits. Juniper plays a crucial role in preserving the ecosystem. Аннотация: В данной тезисе изучается описание и значение видов можжевельника, распространенных в горах Узбекистана. В исследовании анализируется их экологическая роль и хозяйственная ценность. Можжевельник играет важную роль в сохранении экосистемы. Keywords: Juniperus, juniper species, ecological importance, juniper forests, conservation Ключевые слова: Juniperus, виды можжевельника, экологическая значимость, можжевеловые леса, охрана. O‘zbekistonning tog‘li hududlari o‘ziga xos flora va fauna boyligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda ko‘plab o‘simlik turlari uchraydi, ulardan biri – ignabargli doim yashil daraxt va butalar turkumiga mansub archa (Juniperus) hisoblanadi. Archa O‘rta Osiyo ekotizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tuproq eroziyasining oldini olish, havoni tozalash, hamda o‘ziga xos landshaft hosil qilish kabi ekologik funksiyalarni bajaradi. rcha (Juniperus) — sarvdoshlar (Cupressaceae) oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi bo'lib, dunyo bo'ylab 70 ga yaqin turi mavjud. Ular bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi ignabargli o'simliklardir. Erkak qubbalari sarg'ish rangda bo'lib, 3–6 ta changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urg'ochi qubbalari yashil rangda, qarama-qarshi yoki oldinma- keyin joylashgan urug'chibarg va urug'kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq shaklda (diametri 5–20 mm) bo'lib, ichida 1–10 dona urug' mavjud. Archa mart-may oylarida gullaydi, mevasi qo'ng'ir rangda bo'lib, ikkinchi yili (sentabr-noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to'kiladi. O'zbekiston tog'larida quyidagi archa turlari keng tarqalgan: Juniperus semiglobosa (sovur archa) Juniperus turkestanica (o'rik archa) Juniperus sabina (qora archa) Juniperus seravschanica (Zarafshon archasi) Bu turlar maxsus archazorlarni tashkil etib, O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston tog'larida keng tarqalgan. Archaning xo'jalikdagi ahamiyati katta: Yog'ochi: me'morchilikda, o'ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Xushmanzara o'simlik: ba'zi turlari dekorativ maqsadlarda foydalaniladi. Qubbalaridan olinadigan moddalar: turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Tibbiyotda qo'llanilishi: qubbasining damlamasi siydik haydovchi, balg'am ko'chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. O'rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo'llaniladi. Archa daraxtlari tuproqni mustahkamlash, eroziyani oldini olish va ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol o'ynaydi. Archaning ekologik ahamiyati: Archa turlari nafaqat estetik va xo‘jalik jihatdan, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham katta ahamiyatga ega: Tuproq eroziyasining oldini oladi – archa ildizlari tuproqni mustahkamlab, 76 uning yuvilib ketishini kamaytiradi. Havoni tozalaydi – archa efir moylari havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Biotsenozni qo‘llab- quvvatlaydi – ko‘plab hayvonlar va hasharotlar uchun yashash muhitini yaratadi. Iqlimga ta’siri – namlikni saqlash, shamollar ta’sirini kamaytirish va haroratni barqarorlashtirishda yordam beradi. Shuningdek, ular ko'plab hayvonlar uchun boshpana va oziq manbai hisoblanadi. Xulosa: O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus turkumiga mansub archa turlari ekologik va xo‘jalik ahamiyati jihatidan muhim o‘simliklar hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, archa turlari o‘zining biologik xususiyatlari bilan tog‘ ekotizimida muhim rol o‘ynaydi. Ular tuproq eroziyasining oldini olish, havoni tozalash, mikroiqlimni barqarorlashtirish hamda ko‘plab hayvonlar uchun boshpana va oziq manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda keng tarqalgan Juniperus semiglobosa, Juniperus turkestanica, Juniperus sabina va Juniperus seravschanica kabi turlar tabiat muhofazasi uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, archaning yog‘ochi, efir moylari va boshqa biologik faol moddalaridan farmatsevtika, parfyumeriya va qurilish sohalarida foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Razakova G.H., Tojiboyev M.U. "O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus L. turkumi botanik tavsifi, vakillari va ahamiyati". Universal xalqaro ilmiy jurnal, Jild 1, №9 (2024), 33- 36. 2. "Archa (Juniperus turkestanica) ning O‘zbekiston tog‘larida tarqalishi va ekologik ahamiyati". INASHR, 2023. 3. "O‘zbekiston florasi: Hisobot 2024". O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti, 2024. 4. "Manzarali o‘simliklar" o‘quv qo‘llanmasi. Namangan Davlat Universiteti, 2025. 77
Доказательный фрагмент
«This thesis studies the description and significance of juniper species found in the mountains of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis studies the description and significance of juniper species found in the mountains of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Juniperus, juniper species, ecological importance, juniper forests, охрана., можжевеловые леса, виды можжевельника, экологическая значимость
Смежные источники
Теоретические аспекты становления педагогических наукShahnoza Musashaykhova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026