Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
EMANDOSHLAR OILASI: ASOSIY TURLARI, TARQALISHI VA TABIATDAGI AHAMIYATI
Umaraliyeva Qoriyaxon
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article provides detailed information about the beech family (Fagaceae). It covers the main species included in this family, their distribution, ecological and economic importance. Kalit so‘zlar: Emandoshlar oilasi, Fagaceae, eman, o‘simliklar sistematikasi, o‘rmon ekotizimi, ekologik ahamiyat, yog‘och sanoati, dorivor o‘simliklar. Ключевые слова: Fagaceae, дуб, систематика растений, лесная экосистема, экологическое значение, лесная промышленность, лекарственные растения. Keywords: Fagaceae, oak, plant systematics, forest ecosystem, ecological significance, timber industry, medicinal plants. Eman turkumi – Quercus bu turkum qoraqayindoshlar oilasining asosiy turkumlaridan biri bo‘lib, 600 ga yaqin turi bor. Barcha turlari yirik daraxt, shox-shabbasi yoyiq, ba’zilari butasimon. Ayrim turlarining po‘stlog‘ida po‘kak qavatlar hosil bo‘ladi. Barglari oddiy, spiral shaklda joylashadi, ba’zi turlarida qish bo‘yi yashil holda saqlanadi, boshqalarida esa tez to‘kilib ketadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli daraxt. Barg to‘kadigan turlari barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Changchi gullari osilib turadigan kuchala hosil qiladi. Urug‘chi gullari bandsiz yoki bandli bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Guli shamol vositasida changlanadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oq, birinchi yoki ikkinchi yili yеtiladi. Ildizi o‘q ildiz. Emanning yog‘ochi qattiq, og‘ir bo‘lib, ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar bo‘lib, ulardan teri oshlash sanoatida foydalaniladi. Ba’zi turlarining po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Yong‘og‘idan oziq-ovqat sanoatida soxta kofe tayyorlanadi. Eman turkumiga 600 ga yaqin tur birlashib, ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil va tropik iqlimli mintaqalarida, jumladan, Yevropada, Shimoliy Afrikada, Kichik Osiyoning markazida hamda sharqiy janubida, Amerikaning Shimoliy va Markaziy qismida tarqalgan. Uning Yozgi yoki oddiy eman (Quercus robur L.- Q. pedunculata Ehrh.), Yirik changdonli eman (Quercus macranthera Fisch.et Mey.), Kashtan bargli eman (Quercus castaneifolia C.A.M.), Po‘kakli eman (Quercus suber L.), Yirik mevali eman (Quercus macrocarpa Michx.), Qizil eman (Quercus borealis maxima Sarg.) kabi 20 dan ortiq turlari mavjud va o‘rmon xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Qo‘ng‘ir eman (Quercus robur L. yoki Q. pedunculata Ehrh.) bo‘yi 35- 40 m, diametri 1-1,5 m ga yеtadigan daraxt. 2000 yilgacha, odatda esa 300-400 yil yashaydi. Tanasi to‘g‘ri o‘sadi, shox-shabbasi qalin. Ochiq yеrda o‘sganda shoxlari yon tomonga o‘sib, keng shox-shabba hosil qiladi. Po‘sti to‘q kul rangda bo‘ladi. Po‘stlog‘i oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi Barglari oddiy, spiral shaklda joylashgan, kuzda to‘kilib ketadi. Barg 81 plastinkasi teskari tuxumsimon, patsimon bo‘lakli, bo‘laklari yumaloq uchi to‘mtoq. Barglarining tubida «quloqchalar» bor. Tomirlari patsimon. Emanning barcha turlari bir uyli, ayrim jinsli o‘simliklardir. Otalik gullari kuchalaga. Onaligi 1 - 3 tadan bo‘lib, yosh novdalarda to‘plangan, mevasi - gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha. Tarkibida 7-20% oshlovchi moddalar mavjud. Po‘stloq qaynatmasi antiseptik vosita sifatida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida ishlatiladi. Istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko‘chalarda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Ular 8-10 yoshida hosilga kirib, har yili gullaydi. Changchi gulli kuchalalar yosh novdalaming tubida rivojlanadi. Toʻpguli kuchala yoki boshcha. Aprel oyida gullab (15—60 yoshidan gullay boshlaydi), sentabrda urugʻi pishadi. Mevasi yong’oqcha (choʻchqayongʻoq). Eman yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt. 400—1000 yilgacha yashaydi Urug‘chi gullari 2-5 tadan bo‘lib, yuqori bargchalarning qo‘ltig‘ida joylashadi. Eman barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Shamol vositasida changlanadi. Yong‘oqlari uzun bandli. Ular har xil shaklda va yirik-mayda bo‘lishi mumkin. Eman turkumiga mansub o‘simliklarning xo‘jalikdagi ahamiyati juda katta.Ulardan qimmatbaho yog‘och mahsulotlari olinadi. Po‘stlog‘i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Eman manzarali o‘simlik sifatida ko‘plab ekiladi. O‘zbekistonda uning 7 ta turi ekiladi. Istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko‘chalarda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Emandoshlar o'rmon ekotizimlarining muhim komponenti bo'lib, tuproq eroziyasini oldini olishda va uglerod siklida ishtirok etadi. Xulosa Emandoshlar oilasi (Fagaceae) tabiatning beqiyos mo‘jizalaridan biri bo‘lib, nafaqat ekologik muvozanatni saqlashda, balki inson hayotida ham katta ahamiyat kasb etadi. Ularning mustahkam yog‘ochi qurilish va mebelsozlikda, mevasi oziq-ovqat sifatida, barg va po‘stlog‘i esa xalq tabobatida keng qo‘llaniladi.Tabiatga mehr bilan qarash va emandoshlar oilasining qadrini bilish – bu nafaqat ilmiy yondashuv, balki insoniyatning kelajagini asrash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. DJUMAYEV X.K. Botanika (O‘simliklar sistematikasi) Toshkent – 2023 2. A.Mat
Доказательный фрагмент
«This article provides detailed information about the beech family (Fagaceae).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides detailed information about the beech family (Fagaceae). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fagaceae, oak, plant systematics, forest ecosystem, ecological significance, o‘rmon ekotizimi, yog‘och sanoati, Emandoshlar oilasi, ekologik ahamiyat, eman, o‘simliklar sistematikasi, dorivor o‘simliklar.
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026