Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ULUG‘BEK HAMDAM ROMANLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdurashidova Ma’mura (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Ulug‘bek Hamdamning romannavislik mahoratiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yozuvchi ijodiga umumiy nazar tashlanadi va muallif romanlari xususida ilmiy-nazariy fikrlar o‘rganiladi. Shuningdek, Ulug‘bek Hamdamning o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi uning asarlari orqali ochib beriladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek adabiyoti, yozuvchi mahorati, romannavislik, roman, uslub. O‘zbek adabiyotida romannavislik an’analarining rivojlanishida Ulug‘bek Hamdamning o‘rni beqiyosdir. Uning romanlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng yorqin namunalari hisoblanadi. Ulug‘bek Hamdam o‘z ijodida milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va zamonaviy muammolarni yoritish orqali o‘ziga xos uslub yaratgan. Uning asarlarida inson taqdiri, ma’naviy qiyinchiliklar va jamiyatdagi murakkabliklar badiiy yondashuv orqali aks ettirilgan. Ulug‘bek Hamdam “Yolg‘izlik”, “Uzoqdagi Dilnura” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari, “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar”, “Yo‘l”, “Ota”, “Yaxshiyam, sen bor”, “To‘rtko‘cha” singari asarlari bilan keng kitobxonlar, adabiyotshunos olimlar eʼtiborini jalb qilayotgan adibdir. Yozuvchining romanchilikdagi ilk tajribasi – “Muvozanat” romanida milliy tarixning muayyan davri kesimida xalqimiz hayotida yuz bergan burilish pallalari, taqdir yo‘li murakkab zamonda kechgan odamlar ruhiyatidagi evrilishlar mustaqillik davrining qaynoq kayfiyati bilan uyg‘unlashib, epik ko‘lamdorlik va badiiy-publitsistik yo‘sinda epik tasvir etildi. Muallif nomi L.Bo‘rixon, I.Sulton, А.Yo‘ldosh singari o‘z zamondoshlari bilan bir safda sanalib, ayrim nasriy asarlari, xususan, “Muvozanat”ning sahna varianti ham yuzaga keldi. Аdib romanlari monografik tadqiqotlar doirasida ilmiy-nazariy tahlilga jalb etila boshladi. Ulug‘bek Hamdamning romanlari murakkab syujet va chuqur falsafiy qatlamlar bilan ajralib turadi. U o‘z asarlarida inson ruhiyati, jamiyatdagi o‘zgarishlar va tarixiy haqiqatlarni teran tahlil qiladi. Uning romanlari modernizm va postmodernizm unsurlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, o‘zbek adabiyotiga yangi badiiy qirralarni olib kirgan. Yozuvchining romanlarida nafaqat badiiy uslub, balki psixologik tahlil va tafakkurning chuqur qirralari ham muhim o‘rin egallaydi. “Muvozanat” mohiyatiga ko‘ra realistik roman. To‘g‘ri, unda modernizmga xos kayfiyat ham elas-elas seziladi. Chunki voqelikni badiiy idrok etish turli metodlarning qorishuvi tabiiy hol. Ammo “Muvozanat”ning o‘zakmohiyatida rumiyona fikr mantiqiyligi, qodiriyona romaniy tafakkur hissi, oybekona mushohada teranligi ko‘zga tashlanadi. Ammo yozuvchi bularning barchasini xususiy-idividual uslubga singdirib yuboradi. Ulug‘bek Hamdam ijodida hayot voqeligini inson ichki dunyosi bilin uyg‘un ifodalashning metaforik usuli ilk qissasi “Yolg‘izlik”dayoq ko‘zga tashlangan edi. O‘ttiz yoshli qirchillama o‘zbek ziyolisi ramziga aylangan “Yolg‘izlik” qissasi qahramoni ruhiy-ma’naviy, ijtimoiy- maishiy muammolar qarshisida yolg‘iz va o‘z yolg‘izligiga chora izlayotgan odam obrazining metaforik umumlashmasi edi. Qissa qahramoni o‘z botiniy muammosiga ichki “men”idan chora izlar ekan, olam va odam haqidagi ulkan falsafiy mavzularda mushohada yuritadi. 48 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Ulug‘bek Hamdam mana shunday tadrijiy ravishda epik ijodning yirik janri romanda olam va odamni imetaforik umumlashtirishdek o‘ta murakkab jarayonni muvaffaqiyat bilan bosib o‘tdi. Odamni borliqning bir butun kompleks metaforik tizimi markazida badiiy psixologik tasvirlash yo‘lidagi ko‘p yillik tajribalarini “Isyon va itoat” romanida yuqori darajaga ko‘tardi. Adabiyotshunos I.Yoqubov e’tiroficha, “Roman olamning o‘ziga xos siqiq manzarasini mujassamlashtira boshladi. Ko‘p planli mazmun, sertarmoq syujet, kompozitsion rang- baranglik, jahon epik tajribasiga xos tasviriy vosita va usullarni qo‘llash, shakliy ixchamlikka intilishni o‘zlashtira bordi”1. Yozuvchining “Sabo va Samandar” romani yuzasidan turli munosabatlar bildirildi. Jumladan, Q.Husanboyeva romanni “buyuk ishq qissasi”, tadqiqotchi N.Qilichev “liro-psixologik roman”, Q.Yo‘ldoshev “romanda milliy eposlardagiga o‘xshab nasriy bayonning she’riy ifoda bilan uyg‘unlashib kelishi milliy roman sintaksisiga kiritilgan jiddiy o‘zgarish, asarga esselashgan tafakkur xos”2, – deya ta’riflagan. Adibning “Isyon va itoat” romani muayyan ma’noda “Muvozanat” romanining mantiqiy davomidir. Chunki bu romanda ham, xuddi “Muvozanat”dagi kabi insonning yaratilishi, olam ichra jo‘natilgan yaralmish (inson) qismati, o‘zni va Yaratganni anglash jarayonlari yoritiladi. Faqat “Muvozanat”da ijtimoiypsixologik tahlil yetakchilik qilgan bo‘lsa, “Isyon va itoat”da ulkan umumbashariy voqelikni metaforik umumlashtirish, poetik modellashtirish usuli ustuvor. Ulug‘bek Hamdam romanlarida obrazlar tizimi va uslub xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yozuvchining romanlarida qahramonlarning ichki kechinmalari, ularning ruhiy holati batafsil yoritiladi. Uning asarlarida xalqona tasvirlar, badiiy tahlil va ramziy ifodalar keng
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Ulug‘bek Hamdamning romannavislik mahoratiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yozuvchi ijodiga umumiy nazar tashlanadi va muallif romanlari xususida ilmiy-nazariy fikrlar o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Ulug‘bek Hamdamning romannavislik mahoratiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yozuvchi ijodiga umumiy nazar tashlanadi va muallif romanlari xususida ilmiy-nazariy fikrlar o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zbek adabiyoti, uslub., yozuvchi mahorati, roman, romannavislik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026