Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA POLSHANING IQTISODIY AHVOLI
Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article provides information about the situation in European countries at the end of the 19th and beginning of the 20th centuries, the rise of Poland and its neighboring countries and their impact on the social situation in Poland. Keywords: “Polish Society”, “National Committee”, “Hour-Time” newspaper, “Printing House Mutual Aid Society”, “Organic Labor” organization, “Old Conservatives”, “worker”. ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ПОЛЬШИ В КОНЦЕ 19-ГО И НАЧАЛЕ 20-ГО ВЕКОВ Аннотация. В статье представлена информация о ситуации в европейских странах в конце XIX и начале XX веков, подъеме Польши и соседних с ней стран, а также об их влиянии на социальную ситуацию в Польше. Ключевые слова: «Польское общество», «Национальный комитет», газета «Соат-Вакт», «Общество взаимопомощи типографий», организация «Органический труд», «Старые консерваторы», «рабочий». XIX asr oxirida butun Polsha hududida siyosiy va milliy zulm kuchayib ketdi. 1863-yilgi qo‘zg‘olon bostirilganidan so‘ng chorizm Polsha qirolligini tamomila ruslashtirish siyosatini yuritdi. 60-yillarning oxirida Davlat kengashi va Ma’muriy kengash tugatildi. 70-yillarda general-gubernatolik tashkil qilinib Chor Rossiyasining hukumati tomonidan tayinlanadigan General-gubernator tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. 70-yillardan o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida, 80-yillardan boshlang‘ich maktablarda polyak tilida dars berish taqiqlab 1056 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 qo‘yildi1. Germaniya g‘arbiy polyak yerlarida nemislashtirish siyosatini olib bordi. Pomere va Siliziyagdagi hamma maktablarda faqat nemis tilida dars berish joriy qilindi. 1886-yilda Germaniya hukumati tomonidan tuzilgan kolonizatsiya komissiyasi g‘arbiy polyak yerlarida nemis yer egaligiga asoslangan jamiyat tuzishni rejalashtirgan edi2 . 1888-yilda Poznan yer banki vujudga keldi. Polshaning iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy xususiyat 70-80 yillarda xo‘jalik hayotining hamma sohalariga kapitalizmning tobora ko‘proq kirib borayotganligi edi. 70-yillarda agrar reforma natijasida dehqopnlarning tabaqalarga bo‘linishi va yer suvning qishloq burjuaziyasi qo‘lida to‘planish jarayoni oldingiga nisabatan intensi tus oldi3. XX asr boshlarida yersiz dehqonlar soni 1 million 200 mingdan oshib ketdi. XIX asrning 80-yillar boshlarida jami dehqon xo‘jaliklarining 40 foizini kam yerli xo‘jaliklar tashkil etgan bo‘lsa XIX asr oxirida bu ko‘rsatkich 73 foizga yetdi. Jami haydaladigan yer maydonlarining 39,7 foizi kam yerli yerli xo‘jaliklar qo‘lida edi4. Kam yerli dehqonlarning asosiy turmush manbai yollanma mehnat bo‘lib, ular ish qidirib sanoat markazlariga emas, boshqa mamlakatlar Germaniya, AQSH, Janubiy Amerikasi mamlakatlariga ko‘chib keta boshladilar. 80-90 yillar mobaynida Polshadan 2 millionga yaqin yaqin kishi ko‘chib ketdi. Qishloq xo‘jaligiga kapitalizm chuqur kirib borganligiga qaramay, unda feodalizm sarqitlari saqlanib qolgan edi. 90- yillarning oxirida haydaladigan yerlarning 42 foizi pomeshchiklar qo‘lida to‘plandi5. XIX asrning 80-90 yillarida g‘arbiy Polsha yerlaridagi dehqon va pomeshchik xo‘jaliklari kapitalizm yo‘lidan borib, dehqonlarning eksropriatsiya qilish va yer-suvning yirik mulkdorlar qo‘lida to‘planishi yanada kuchaydi. Butun yer maydonlarining 55-58 foizi yirik zamindorlarning mulki bo‘lib, ularning kata qismini nemis yunkerlari tashkil qilardi. Shu sababdan ijtimoiy ziddiyatlar milliy ziddiyatlar bilan chirmashib ketgan edi. Pomeshchiklar xonavayron bo‘lgan dehqonlarning ahvolidan foydalanib, yollanma mehnatning yarim feudal shartlaridan keng foydalanardi. 90-yillarda boshqa mamlakatlardan G‘arbiy Yevropa yerlariga mavsumiy ishchilar yog‘ilib kelishi natijasida qishloq xo‘jalik ishchilariga to‘lanadigan haq juda pasayib ketdi. Bu holat ayniqsa agrar rayonlar bo‘lgan Poznan yerlari va Pomoridan boshqa mamlakatlarga dehqonlarning ommaviy ko‘chishini kuchaytirib yubordi6. G‘arbiy Polsha yerlarida XIX asr oxirida qishloq xo‘jaligida kapitalizm jadallik bilan taraqqiy eta boshladi. Buning asosiy bu hududlarda agrar islohotlar amalga oshirilganligida edi. 1Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 64 2 Рубинштейн Е. И. Политика германсково империализма в западных польских землях в конце XIX начале XX века- М: 1983г стр. 78 3 Миллер И. С., Хренова И. А. История Польши Т-2 М: 1985г стр. 92 4 Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки.- М: 1989г стр. 278 5Остриков П. И., Вандель П. П. Сборник документов по истории нового времени стран Европы и Америки.- М: 1989г стр. 278 6 Хренов И.А. Лодзинское воcстание.- М: 1958г стр. 81 1057 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Bu davrda bozor munosabatlari shakllanib, intensiv tovar-kapitalistik xo‘jaliklar vujudga kela boshladi. Poznan va Pomori agrar viloyatlarida qishloq xo‘jaligi past darajada bo‘lib, bu viloyatlarda qishloq xo‘jalik xom ashyosiniqayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari: tegirmonchilik, qand sanoati v
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the situation in European countries at the end of the 19th and beginning of the 20th centuries, the rise of Poland and its neighboring countries and their impact on the social s…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the situation in European countries at the end of the 19th and beginning of the 20th centuries, the rise of Poland and its neighboring countries and their impact on the social s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Polish Society”, “National Committee”, “Hour-Time” newspaper, “Organik mehnat” tashkiloti, “Polyaklar jamiyati”, “rabotnik”., “Bosmaxonalarning o‘zaro yordam jamiyati”, “Soat-Vaqt” ro‘znomasi, “Milliy qo’mita”, “Eski konservatorlar”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024