К содержанию
РецензированоUZ2026

NAVRO’Z-QADIMIY AN’ANALAR VA MILLIY MEROS UYG’UNLIGI

Rasulova Mohichehra Maston qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The spring season is considered a time full of various holidays and ceremonies, and the ancient philosophical views of the Uzbeks regarding nature are clearly manifested in the ceremonies of these times, therefore such traditions and ceremonies have always attracted the attention of researchers. The following article describes the emergence of the spring holiday "Navruz" and the traditions and values associated with it based on historical and ethnographic data. Keywords: Navruz, Zoroastrianism, Navsard, sumalak, halim, khalisa, ilik uzildi, muchal, qazan toldi, "kizil gul" sayli, hashar. НАВРУЗ – ГАРМОНИЯ ДРЕВНИХ ТРАДИЦИЙ И НАЦИОНАЛЬНОГО НАСЛЕДИЯ Аннотация. Весенний сезон считается временем, насыщенным различными праздниками и обрядами, а обряды этих периодов ярко отражают древние философские воззрения узбеков относительно природы, поэтому подобные обычаи и обряды всегда привлекали внимание исследователей. В статье на основе исторических и этнографических данных описывается возникновение весеннего праздника «Навруз», а также связанные с ним традиции и ценности. Ключевые слова: Навруз, зороастризм, Навсард, сумаляк, халим, халиса, костный мозг был разрезан, мучал, горшок был полон, песня «красный цветок», хашар. 1044 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 An’anaviy bayramlar qadimdan odamlar hayotida katta o’ringa ega bo’lgan va barchaga o’gacha qiziqish uyg’otib kelgan. An’anaviy bayramlar bugungi kunda ham o’ta dolzarbligini saqlab qolgan, unda xalqning bosib o’tgan yo’li, o’tmishi,kelajakka bo’lgan umidi, ajdodlardan qolgan qadriyatlari o’z aksini topgan bo’lib, insoniyat madaniyatining boshlang’ich shakli desak adashmagn bo’lamiz. Ular qadimda kishilarning Ona tabiatga bo’lgan munosabatlarini aks ettirib, ularning diniy va mifologik e’tiqodlarini ifodalagan bo’lsa, hozirgi davrda ijtimoiy- siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ulkan ma’naviy ko’zgudir. Ularni tadqiq va tahlil etish davomida o’zbek xalqining an’anaviy bayramlari bilan bog’liq ma’lumotlar turli davrlarda yashagan olimlarning asar va tadqiqotlarida bayon etilganligiga amin bo’lamiz. Sharq xalqlarining mushtarak ijodi – Navro’z uzoq moziydan bugunga qadar yetib kelgan muqaddas qadriyatlardan biri, baynalminal bayramdir. Bashariyat tarixida Navro’zdan qadimiyroq bayramni topish qiyin. Hozirda ham katta tantanalar bilan nishonlanuvchi ulug’ bayram – Navro’z sharq xalqlari orasida makon va zamon haqidagi dastlabki tasavvurlar paydo bo’lgan zamonlardan boshlab shakllangan. O’sha davr qarashlariga ko’ra, yil qish va yozdan iborat bo’lib, uzoq davom etgan sovuq va ochlikdan so’ng issiq kunlarning boshlanishi o’zgacha kayfiyatda, katta tantanalar bilan kutib olingan hamda bayram qilingan. Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro’z, Mehrjon bayramlarida ona zaminga, dehqonchilik, chorvachilik va vatanga bo’lgan muhabbat ruhi, ayniqsa, ulkan qudrat bilan yaqqol ko’rinadi1. Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab rivoyatlar va afsonalar mavjud. Jumladan, zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, ezgulik ilohi Ahuramazda bahor- yozda, yomonlik ilohi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’alaba qozongan muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Boshqa qadimiy afsonaga qaraganda, Odam Ato va Momo Havo uchrashgan kun “Navro’z bayrami” deb tan olingan emish.2 O’rta asr yozma manbalarida sharq xalqlarining tarixi, madaniyati, turmush tarzi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari, marosimlari o’zida aks ettirilgan. Jumladan buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli tarixiy-etnografik asari alohida e’tiborga sazovordir. Ushbu asarda islomgacha bo’lgan davrdagi xorazmliklar, so’g’diylar, eronliklarning hayitlari - bayramlar tog’risidagi o’ta muhim ma’lumotlar bayon etilgan. Ayniqsa, allomaning Navro’z, Mehrjon, “Uzum bayrami” yil taqvimi bilan bog’liq bayram va marosimlari to’g’risidagi ma’lumotlari hozirgi zamon uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur bayramlarning barchasida tabiatda yuz beradigan turli-tuman o’zgarishlar aks etgan. 1 Ashirov A. Avestodan qolgan marosimlar. T. 2011.12-bet 2 Ashirov A. Avestodan qolgan marosimlar. T. 2011.12-bet 1045 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Sharq mamlakatlari hayotida muhim o’rin tutgan hamda tadqiqotchilar tomonidan turli tarixiy davrlarda keng ko’lamda o’rganilgan va turlicha talqin qilingan Navro’z bayramida o’zbeklarning asrlar davomida shakllanib kelgan falsafiy, tarixiy va milliy qarashlari namoyon bo’ladi3. Hozirda ham katta tantanalar bilan nishonlanuvchi ulug’ bayram – Navro’z sharq xalqlari orasida makon va zamon haqidagi dastlabki tasavvurlar paydo bo’lgan zamonlardan boshlab shakllangan. Shu o’rinda Navro’z bayrami haqidagi o’rta asrlar yozma manbalariga yuzlanadigan bo’lsak, bu bayramning ildizi uzoq o’tmishga borib taqalishi va navro’z bayramining paydo bo’lishi to’g’risida turli afsona va rivoyatlarni bilib olamiz. Yuqor

Доказательный фрагмент

«The spring season is considered a time full of various holidays and ceremonies, and the ancient philosophical views of the Uzbeks regarding nature are clearly manifested in the ceremonies of these times, therefore suc…»

Образец извлечения

Демо-превью

The spring season is considered a time full of various holidays and ceremonies, and the ancient philosophical views of the Uzbeks regarding nature are clearly manifested in the ceremonies of these times, therefore suc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Navruz, Zoroastrianism, Navsard, sumalak, halim, khalisa, ilik uzildi, muchal, zardushtiylik, “qizil gul” sayli, Navro’z, hashar., qozon to’ldi, halisa
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники