К содержанию
РецензированоUZ2025

KINO – PROPAGANDA

KINO – PROPAGANDA · Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li · Abdulla Avloniy (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.)

Современная наука и исследования · 12-16 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining tarbiyaviy axloqini yaxshilash, ularni XXI asrning tahlikali xavflaridan xabardor etish hamda qaytarish uchun, san’atning kino turidan foydalanish zarur ekanligi haqida fikrlar yuritilgan. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, kino ijodkorlari hamda ta’lim muassasalarining mutasaddilariga tegishli takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: kino, film, kino san’ati, tarbiya, video o‘yinlar, propaganda. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Abdulla Avloniy O‘zbekistonda maktab o‘quvchilariga ta’lim bilan bir qatorda, tarbiya ham berib kelinadi. Ammo, yoshlar hozirgi kunda maktabdan tarbiya olishmoqdami? Aslini olganda tarbiyani kim berishi lozim: maktab, ota-ona, kitob, jamiyatda sodir bo‘layotgan tashqi ta’sirlar yoki muhit? Hozirgi kunda qiziqqon, shoshqaloq yoshlarga tarbiyani kim berishi muhim emas, qanday berishi o‘ta dolzarbdir. 1. Kitob orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2020- yildagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarordan ko‘rinadiki, ayni vaqtda yoshlarga kitob orqali tarbiya berishmoqchi. “Tarbiya” darsligi odob-axloq, Vatanga muhabbat mavzularida o‘quvchi yoshlarga saboq berish va ularning tarbiyasini yanada yaxshilash uchun fan sifatida o‘tib kelinmoqda. Ammo, to‘laqonli maqsadga erishilganicha yo‘q. 2. Telefon orqali XXI asrda yetti yoshli bolaning qo‘lida ham “nurli telefon”. Aniqlanishicha, 12-16 yoshli bolalar ushbu aloqa vositasidan kuniga maksimal 8 soatdan 12 soatgacha foydalanishmoqda ekan. Bola bir sutkalik kunning yarmini, yoxud uchdan birini shu vosita orqali o‘tkazadi. Bu hatto maktab darslari, ota-ona bilan muloqotdan-da ko‘proqdir. Shunday ekan, bola ushbu vositadan qay maqsadda, qanday foydalansa, shu uning tarbiyasiga ham ta’sir o‘tkazmay qo‘ymaydi. Pediatriya jurnalida chop etilgan izlanish natijalariga ko‘ra, video o‘yinlarga mukkasidan ketgan yosh bolalarda bu odatga aylanib, ruhiy xastalikka yetaklashi mumkin. 287 Mart, 2025-Yil “Shu aniqlandiki, o‘zini video o‘yinlaridan uza olmaydigan bolalarda depressiya va bezovtalanish kuchayadi” – deydi nufuzli Klivlend Klinikasi doktori Maykl Manos1. 3. Tashqi omillar ta’siri Bolaning shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda kattadir. Shu boisdan hech kim yomon inson bo‘lib tug‘ilmaydi. Uning shakllanishidagi muhit uni yo ezgu amallarga undovchi shaxs qilib tarbiyalaydi, yo yovuzlikni o‘ziga kasb qilib oladigan kishi bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Jo‘ja yashashi, rivojlanishi uchun, o‘zini o‘rab turgan qobiqdan xalos bo‘lishi uchun tuxumni yorib chiqadi. Bu bir muhitdan boshqa bir muhitga o‘tish jarayonidir. Agar polapon ushbu muhitni yengmasa, ana shu tuxum ichida nobud bo‘lishi turgan gap. 12-16 yoshli bolalarda tashqi ta’sirlardan tez hissiyotga berilish va ana shu hissiyot bilan ko‘p vaqt birga bo‘lish kuzatiladi. Masalan, ota-onaning bola oldidagi tortishuvlari, unga juda qattiq ta’sir o‘tkazadi hamda u ushbu holatdan ancha muddat davomida chiqib keta olmaydi. Bu holat takror davom etar ekan, ushbu (salbiy) muhit ta’sirida bolaning tarbiyasi ham shakllana boshlaydi. Yoki bo‘lmasam, ota-onaning tushlikdan so‘ng, kitob javonidan bir kitobni olib, u kitobni o‘qimagan taqdirda, farzandi oldida, kitobni ochib qarab turishining o‘zi ham, bola tarbiyasining (ijobiy) tashqi ta’sir orqali shakllanishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Yuqorida sanab o‘tganlarimiz tarbiya berishning vositalari bo‘lsa, quyidagilar uning yo‘nalishlaridir. 1. Eshitish orqali “Zo‘rga yuradigan bolacha qizib turgan pechkaga boryabdi. Pechkani ushlayman deb. Ona esa buni ko‘rib turibdi. - Borma kuyasan. - Hoy kuyasan. - Bola esa borishda davom etmoqda… - Borma kuyasan. - Bola eshitib turishiga qaramay davom etdi va pechkani ushladi. - Ana, kuydi… - Ona esa qayrilib qaramagan tarzda, 1 https://www.amerikaovozi.com 288 Mart, 2025-Yil - Qo‘ling yopishib qoldimi? Hech narsa emas. Hozir opang kelsa aytaman, qo‘lingni bu yoqqa yulib oladi. Yaxshi bo‘ladi”. Hojiboy Tojiboyevning ushbu hajviyasida chuqur falsafa yotadi. Kosa ostidagi nim kosa shuki ona bolani qaytardi, bola uni eshitdi, lekin bolaning qiziqishi bu ishni qilishga sabab bo‘ldi. Yakundagi holatdan so‘ng bola hech qachon bu ishni takrorlamaslikka o‘ziga va’da bergan bo‘lsa ajab emas. Chunki u nafaqat bu holatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi, shu bilan birga ishtirokchisiga ham aylandi. Bunda eshitish orqali olinmagan tarbiyaning natijasi ko‘rinadi. 2. Ko‘rish orqali Bolaga velosipedni mashinalar qatnov yo‘lida haydama, shoshib tez haydama deb bod-bod uqtirsangiz ham u o‘z bilganida qoladi. Chunki velosiped bilan bo‘ladigan bu xatti-harakatlar unga qaysidir ma’noda zavq bag‘ishlashi mumkin. Ota-ona farzandiga bu xatti-harakatlar mudhish holatlarga (avtohalokat) olib kelishi mumkin ekanligini aytib tushuntira olmasligi ham tabiiy hol. Lekin bola o‘z ko‘zl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining tarbiyaviy axloqini yaxshilash, ularni XXI asrning tahlikali xavflaridan xabardor etish hamda qaytarish uchun, san’atning kino turidan foydalanish zarur ekanligi haqida fikrlar y…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining tarbiyaviy axloqini yaxshilash, ularni XXI asrning tahlikali xavflaridan xabardor etish hamda qaytarish uchun, san’atning kino turidan foydalanish zarur ekanligi haqida fikrlar y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, propaganda., film, video o‘yinlar, kino, kino san’ati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники