Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALLERGIK KONYUNKTIVIT: SABABLARI, BELGILARI, TURLARI VA DAVOLASH USULLARI
DAVOLASH USULLARI · Karimova Yulduz · МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Allergic conjunctivitis is a disease characterized by inflammation of the mucous membrane of the eye due to allergens, which is manifested by symptoms such as redness, itching, 880 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 tearing, and swelling. The disease can occur in seasonal or year-round forms. Its main causes are pollen, house dust, animal dander, cosmetics, and contact lenses. Treatment methods include eliminating allergens, using antihistamines and anti-inflammatory drugs, and measures to relieve symptoms at home. In case of severe allergic reactions, special medications are prescribed under the supervision of a doctor. To prevent allergic conjunctivitis, it is important to protect yourself from allergens and follow preventive measures. Keywords: conjunctivitis, allergen, swelling, antihistamine, redness, rejuvenation, pollen, house dust, cosmetics. Allergik konyunktivit - bu ko'zning shilliq qavati (konyunktiva)ning allergenlar ta'sirida yallig'lanishi bilan tavsiflanadigan kasallikdir. Bu holat ko'zlarning qizarishi, qichishishi va yoshlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo'ladi. Etiologiyasi.Qo’zg’atuvchilar quyidagilar bo’lishi mumkin: Gulchang (polen): Mavsumiy allergik konyunktivit ko'pincha bahor va yoz oylarida o'simliklarning gulchangi tufayli yuzaga keladi. Uy changi: Yil davomida davom etadigan allergiyaga sabab bo'lishi mumkin. Hayvonlar juni va teri zarrachalari: Mushuk, it va boshqa uy hayvonlari allergik reaksiyalarni qo'zg'atishi mumkin. Kosmetik vositalar va parfyumeriya mahsulotlari: Ba'zi odamlar uchun tirnash xususiyatiga ega bo'lishi mumkin. Kontakt linzalar: Ba'zida ko'z shilliq qavatida allergik reaksiyaga sabab bo'lishi mumkin. Dorilar: Ayniqsa, ko'z tomchilari yoki antibiotiklar allergiya chaqirishi mumkin. Klinikasi. Allergik konyunktivit quyidagi belgilarga ega: Ko'z qichishi va achishishi: bu eng keng tarqalgan belgilardan biridir. Ko'z qizarishi: asosan periferik mayda qon tomirlarining kengayishi tufayli yuzaga keladi. Ko'zdan shaffof yoki oz miqdorda ajralma ajralishi: ko'z yoshlari hosil bo'lishi ortadi. Ko'z yosh oqishi: ko'zlarning doimiy yoshlanishi kuzatiladi. Qovoqlarning shishishi: ko'z qovoqlarining shishishi va qizarishi mumkin, og’ir hollarda periorbital shish kuzatilishi mumkin. Ko'rishning biroz xiralashishi: kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Klassifikatsiya Allergik konyunktivitning bir nechta turlari mavjud: Mavsumiy allergik konyunktivit: Ko'pincha bahor va yoz oylarida gulchang allergiyasiga bog'liq holda kuzatiladi. 881 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Yil davomida davom etuvchi allergik konyunktivit: Uy changi, hayvonlar juni va boshqa doimiy allergenlar ta'sirida yuzaga keladi. Gigant papillyar konyunktivit: Odatda kontakt linzalarga yoki ko'z jarrohlik amaliyotlaridan keyin yuzaga keladigan allergik reaksiyadir. Yuqori tarzal konyuktivada yengil papillyar gipertrofiyani ko’rish mumkin. Atopik konyunktivit: Boshqa allergik kasalliklar, masalan, atopik dermatit bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunda qovoqlar terisi qizargan, qalinlashgan va yorilgan bo’ladi, hamda og’ir hollarda chandiqlashuvchi konyuktivit rivojlanishi mumkin. Davolash usullari. 1. Allergendan xalos bo’lish Allergik kon'yunktivitning oldini olish va davolashda eng muhim chora — allergen bilan aloqani cheklash. Masalan: Gulchang mavsumida derazalarni yopiq holda saqlash va gulchanglarning uyga kirishini oldini olish uchun. Uyda chang to'planishining oldini olish va uy changi va chang kanalariga qarshi choralar ko'rish. Hayvonlar juni allergiyasi bo'lsa, ularni uyga kiritmaslik va uy hayvonlari bilan aloqani cheklash. Kontakt linzalarni tez-tez almashtirish yoki ularni vaqtincha ishlatmaslik 2.Dori vositalari Antigistamin ko'z tomchilari: Allergik reaksiyani kamaytiradi. Vazokonstriktor tomchilar: Ko'z qizarishini kamaytirishga yordam beradi, lekin uzoq muddat ishlatish tavsiya etilmaydi. Semiz hujayralar stabilizatorlari: Allergik reaksiyani oldini olish uchun ishlatiladi. Kortikosteroid tomchilar: Kuchli allergik reaksiyalarda shifokor nazorati ostida ishlatiladi. Uy sharoitida davolash: Sovuq kompress: Ko'z qichishini kamaytirishga yordam beradi. Ko'zlarni iliq suv bilan yuvish: Allergenlarni yuvib tashlashga yordam beradi. Sof, steril mato yoki salfetkalar bilan ko'zlarni artish: Bakterial infeksiya qo'shilmasligi uchun muhim.
Доказательный фрагмент
«Allergic conjunctivitis is a disease characterized by inflammation of the mucous membrane of the eye due to allergens, which is manifested by symptoms such as redness, itching, 880 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3…»
Образец извлечения
Демо-превьюAllergic conjunctivitis is a disease characterized by inflammation of the mucous membrane of the eye due to allergens, which is manifested by symptoms such as redness, itching, 880 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- conjunctivitis, allergen, swelling, antihistamine, redness, rejuvenation, pollen, kosmetik vositalar., shish, qizarish, uy changi, yoshlanish, gul changi, antigistamin, konyuktivit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025