К содержанию
РецензированоUZ2026

ILLUSTRATSIYALAR ORQALI BOLALARNI KITOBGA QIZIQTIRISH USULLARI VA ULARNING BOLA PSIXOLIGIYASIGA TA’SIRI

Jurayeva Gulmira Zafar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Through illustrations, this article examined the ways in which children are interested in reading books and their impact on child psychology. Illustrations were analyzed about the possibility of children forming creative thinking and imagination, being able to develop attention and attention. Keywords: animations and interactive elements, dynamic images, cognitive development, emotional development, visual appeal. СПОСОБЫ ВЫЗЫВАНИЯ ИНТЕРЕСА ДЕТЕЙ К КНИГАМ С ПОМОЩЬЮ ИЛЛЮСТРАЦИЙ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ПСИХОЛОГИЮ ДЕТЕЙ Аннотация. В статье рассматриваются методы поощрения детей к чтению книг с помощью иллюстраций и их влияние на детскую психологию. Иллюстрации анализировались на предмет их способности формировать творческое мышление и воображение детей, а также развивать внимание и сосредоточенность. Ключевые слова: анимация и интерактивные элементы, динамические изображения, когнитивное развитие, эмоциональное развитие, визуальная привлекательность. Illustratsiyalar orqali bolalarni kitobga qiziqtirish usullari va ularning bola psixologiyasiga ta’siri bu bolalar adabiyotida muhim bir masala hisoblanadi. Illustratsiyalar nafaqat kitobning vizual jozibasini oshiradi, balki bolalar psixologiyasiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalarni kitobga qiziqtirish uchun illustratsiyalarni qanday ishlatish va ularning psixologik ta'sirlarini ko‘rib chiqamiz. 876 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Illustratsiyalar orqali bolalarni kitobga qiziqtirish usullari quyidagilardan iborat: Bolalarga vizual joziba yaratish ya’ni bolalar yoshiga qarab o‘zlarining diqqatlarini vizual narsalarga qaratadilar. Rang-barang va yorqin tasvirlar kitobni o‘qish jarayonida bolalarga qiziqarli tuyiladi va e’tiborini torta oladi. Illyustratsiyalar orqali bolalar kitobining vizual ko‘rinishi ularning kitobga qiziqishini uyg‘otadi. Yana bir usullaran biri shakllar va ranglar tasviri orqali bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarni diqqatini torta olish uchun yirik shakllar, quvnoq ranglar va soddalashtirilgan tasvirlar juda yaxshi samara beradi. Bu bolalar uchun tasvirlarni tushunishni osonlashtiradi va kitobni ko‘proq o‘qishga undaydi. Tasvirlar orqali hikoya qilish usuli bolaga hikoyaning muhim jihatlarini tushuntirishda muhim hisoblanadi. Ya’ni qahramonlar, voqealar va muhitni tasvirlash orqali bolalar kitobning mazmunini yanada yaxshiroq tushunadilar. Bu esa bolalar uchun qiziqarli va ta’limiy jihatdan foydali ekani ham isbotlangan. O‘zgaruvchan rasm elementlari orqali bolalarga har bir sahifaning mazmuni va qay tarzda rivojlanishini tushunishga yordam beradi. Bu esa bolalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolishda qo‘l keladi. Elektron kitoblar yoki raqamli formatdagi kitoblarda animatsiyalar va interaktiv elementlarni qo‘shish bolalarni kitobga yanada qiziqtiradi. Masalan, kichik tugmalarni bosish, harakatlanuvchi rasmlar yoki o‘yin elementlari bolalarga o‘qishni qiziqarli va jozibador qiladi. Kitoblarda hayajonli va dinamik tasvirlarni qo‘llanilishi, masalan, o‘zgaruvchan rasm sahifalari yoki sahifalar orasida ko‘chib yuradigan tasvirlar bolalarni o‘qishga ko‘proq jalb qiladi. Bolalar o‘zlarini qahramonlar bilan bog‘lashni yaxshi ko‘radilar. Ularning yuz ifodalari, xatti-harakatlari va his-tuyg‘ularini tasvirlash orqali bolalar qahramonlarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilishadi. Kichik yoshdagi bolalar uchun juda murakkab yoki ortiqcha tafsilotlarga ega tasvirlar tushunishni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun, oddiy va aniq tasvirlar bolalar uchun juda mos keladi. Bu esa ularga kitobdagi voqealarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Illustratsiyalarning bola psixologiyasiga ta’siri quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Illustratsiyalar bolalarda kognitiv rivojlanishga ham yordam beradi. Bolalar ko‘pincha tasvirlarni matn bilan birga ko‘rishni osonroq tushunadilar. Rasm yoki chizma matnni yoritib, voqeani aniqroq tushunishga yordam beradi. Illutratsiyalar bolalarga o‘z fikrlarini izohlash va o‘ziga xos tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir yosh bosqichi bolalar uchun turli xil tasvirlar va rasmlarni talab qiladi. Masalan, kichik bolalar (1-3 yosh) uchun katta va sodda shakllar ishlatiladi, biroz kattaroq yoshdagi bolalar (4-6 yosh) uchun esa murakkabroq tasvirlar va jonli sahnalar qo‘llaniladi. 877 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Illustratsiyalar bolaning kognitiv rivojlanishiga yordam berishi bilan birga emotsional rivojlanishga ham ko‘maklashadi. Masalan, Bolalar o‘zlarini kitobdagi qahramonlar bilan bog‘lash orqali boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishga va ular bilan empatiya qilishga o‘rganadilar. Masalan, baxtiyor, qayg‘uli yoki qo‘rqqan qahramonlarni ko‘rish bolalarni o‘z his- tuyg‘ularini aniqlash va boshqalarning hislarini tushunishda shuningdek o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashda ham yordam beradi. Illustratsiyalarning yana bir muhim jihatlardan biri bolalarni ijodiy fikrlashni va tasavvurlarini rivojlantiradi. Rasm yoki tasvirlar bolalar uchun yangi dunyo va g‘oyalarni yarata

Доказательный фрагмент

«Through illustrations, this article examined the ways in which children are interested in reading books and their impact on child psychology.»

Образец извлечения

Демо-превью

Through illustrations, this article examined the ways in which children are interested in reading books and their impact on child psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
animations and interactive elements, dynamic images, cognitive development, animatsiyalar va interaktiv elementlar, emotsional rivojlanish, dinamik tasvirlar, vizual jozibadorlik., kognitiv rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники