К содержанию
РецензированоEN2026

TUG`RUQDAN SO`NG CHILLA DAVRI FIZIOLOGIYASI

Rajabova Dildora · ФИЗИОЛОГИЯ ПОСЛЕРОДОВОГО ПЕРИОДА

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The female body undergoes many structural and physiological changes during the nine months of pregnancy. As soon as the pregnancy process ends, the postpartum period begins. This period is very important for both the woman and the baby and requires attention. During the 40-day postpartum period, both organisms adapt to the changes. Keywords: childbirth, uterus, postpartum, bleeding, baby, pregnancy. Tug`ruqdan keyingi davr - bu bola tug‘ilgandan keyingi, tana a’zolarining boshlang‘ich holatiga qaytishi va sut ajralishining boshlanishi davridir. Chilla davri 6-8 hafta davom etadi. Tuqqan ayol chilla davrining dastlabki kunlarida parvarishga muxtoj bo‘ladi, shu sababli u tug`ruqxonada shifokor va akusherka nazoratida bo‘lishi lozim.Chilla davrining dastlabki soatlarida ayolni sinchiklab kuzatib turish kerak. Chunki bu davrda bachadon muskullari bo‘shashib, uning qisqarish xususiyati susayadi (gipotoniya) va qon ketib qolishi mumkin. Shunga ko‘ra, ayolni kuzatayotgan shifokor bachadonning qisqarishi va jinsiy a’zolaridan kelayotgan qon miqdorini, ayolning tomir urishi va qon bosiminitekshirib turishi lozim. Chilla davrida jinsiy a’zolarining asliga kelishi (involyutsiyasi) qanday o‘tishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. 854 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Bachadon muskullari chilla davrida normal qisqarsa, muskullar qisqa muddatda qattiqlashib, bachadon devorining qalinligi 1,5-2,5 sm bo‘lib qoladi. Bachadondagi qon tomirlar muskullar qisqarishi natijasida siqilib, deformatsiyaga uchraydi. Chilla davrining dastlabki uch kunida bachadondan bir oz qon kelib turadi (lochia rubra). Keladigan qonda tug`ruq ajralmalari bo‘ladi. Ajraladigan loxiyalarda bachadondagi yarali yuza (platsenta o‘rni), detsidual qavat parchalari ham uchraydi. Platsenta joylashgan yuzadagi qon tomirlarda mayda tromblar ko‘rinadi. Bachadon bo‘yni oldi va bachadon bo‘yni muskullari bo‘shashganidan, servikal kanaliga osonlikcha barmoqni kiritish mumkin. Qin devorlari ham kengaygan, burmalari tekislangan bo‘ladi. Tashqi jinsiy yoriq ochilib turadi. Bachadon muskullaridagi ortikcha to‘kimalari tez orada yo‘qoladi.Agar chilla davrining boshida bachadon og‘irligi 1000-1200 gramm bo‘lsa, birinchi hafta oxirida - 500-600 gr, ikkinchi haftada - 350 r, uchinchi haftada - 200 g, 6-7 haftadan keyin 50-70 gramm bo‘lib qoladi. Muskul hujayralari, qon tomirlardagi nerv tuzilmasi va qo‘shimcha to‘qimalar asta-sekin yo‘qoladi yoki biriktiruvchi to‘qimaga aylanadi. Bachadonning asli xoliga qaytishi neyro-gumoral sistemaning ta’siriga bog‘lik. Tuqqan ayol har kuni muntazam kuzatib boriladi, bachadon uzunligi santimetr tasmasi bilan qov suyagining yuqori chetidan bachadon tubigicha o‘lchanadi, u odatda bir kunda 1-1,5 sm ra qisqarishi kerak. Chilla davrida bachadon bo‘ynining qisqarish xususiyatini yo‘qotmaydi, natijada u asta- sekin kichiklasha boradi. Bachadonning qisqarishi chaqaloqni emizayotgan vaqtda ayniqsa kuchli bo‘ladi. Qiskarishning susayishi bachadon subinvolyutsiyasi deb ataladi. Chilla davrining dastlabki kunlarida detsidual parda parchalari, qon laxtalari proteolizga uchraydi. Bachadondagi yarali yuzalardan yara suyuqligi ajraladi va loxiya deb ataladi, u 2-3- kunlari qon ko‘rinishida (lochia rubra), 4-6 kunlari qon-serozli(lochia rubra-serosa) va 7-9- kunlari serozli (lochia seroza). Loxiyaning ko‘rinishiga qarab bachadondagi yara yuzasining kamayayotgani va silindrsimon epiteliy bilan qoplanayotganini aniqlash mumkin. Bachadon devorining yo‘ldosh yopishmagan qismlari chilla davrining 11-14-kuni, yo‘ldosh yopishgan qismi 3 xaftaning oxirida epiteliy bilan qoplanadi. Chilla davrining 7-9-kunlarida qin, bachadon bo‘yni va chotdagi yaralar bitadi. Tug‘ruqdan 1 sutka o‘tgach, bachadon bo‘yniga 3-4 barmoqni kiritsa bo‘ladi, bachadon bo‘yni bo‘shashadi, 3-4-kunlar oxiriga kelib o‘z shakliga kiradi,ammo vaqtincha yetarlicha ochiq bo‘ladi. Uning ichki teshigi faqat chilla davrining 10-12-kunida, tashki teshigi esa ancha kechroq bekiladi. Agar bachadon bo‘yni yirtilgan bo‘lsa, bo‘ynining tashqi teshigi ochiq qolib, butun umrga surunkali yallig‘lanish uchun qulay sharoitga aylangan joy bo‘lib qoladi. 12-14 kunlarning oxirida bachadon tubi kichik chanoqning terminal chizig‘idan yuqorida bo‘lmaydi. Bu paytga kelib, chanoq tubining muskullari o‘zining qisqarish xususiyatini tiklab oladi. 855 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Chilla davrida ayolning qon bosimi, tomir urishi, haroratini kuzatish katta ahamiyatga ega. Ba’zi ayollarda tug‘ruqning birinchi soatlarida harorat bir oz ko‘tarilishi mumkin. Bu tug`ruq vaqtida muskullarning zo‘riqishiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilishi loxiyaning ajralmayotgani yoki kam ajralishi natijasida bachadonda yig‘ilib qolishdan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bachadonni qisqartiruvchi dorilarni yuborish, qin orqali ko‘rilganda bachadon bo‘yni kanali berk bo‘lsa yoki siqilib qolgan bo‘lsa, uni asboblar bilan kengaytirish zarur bo‘ladi. Shunda bachadon ichi ajralma qoldiqlari o

Доказательный фрагмент

«The female body undergoes many structural and physiological changes during the nine months of pregnancy.»

Образец извлечения

Демо-превью

The female body undergoes many structural and physiological changes during the nine months of pregnancy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
childbirth, uterus, postpartum, bleeding, baby, pregnancy, tug`ruq, chilla, homiladorlik., qon ketish, chaqaloq, bachadon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники