Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA "4K" MODELI
Mahmudova Sabina Amriddin qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The "4K" model is a new innovative approach that helps the student's outlook and thinking grow. Education provided through new textbooks created on the basis of this approach not only develops the child in all aspects, but also gives the necessary skills to adapt to modern society and become a part of it. This model, unlike traditional education based on memorization, focuses on developing students' creative thinking, problem-solving abilities, and communication skills. Keywords: "4K" model, collaboration, communicative, creative thinking, critical thinking, PISA International Assessment Program, PIRLS International Assessment Program. Aннотация. Модель «4К» — это новый инновационный подход, который помогает расширить кругозор и мышление учащихся. Образование с помощью новых учебников, созданных на основе такого подхода, не только развивает ребенка во всех аспектах, но и дает необходимые навыки для адаптации в современном обществе и становления его частью. Эта модель направлена на развитие творческого мышления учащихся, навыков решения проблем и коммуникативных навыков, в отличие от традиционного обучения, основанного на запоминании. Ключевые слова: Модель «4К», сотрудничество, коммуникативность, творческое мышление, критическое мышление, Международная программа оценки PISA, Международная программа оценки PIRLS. 271 Mart, 2025-Yil Kirish. So'nggi yillarda yurtimizda ta'limga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, Xalq ta'limi tizmini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o'qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilandi. Bunga muvofiq, maktab darsliklarini yangilash bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.[1] Bu esa aynan Boshlang'ich sinflardan boshlandi. Boshlang'ich ta'lim— shaxs shakllanishining eng muhim davri. Chunki bu davrda bola ong ostida olamni anglab, tasavvur va bilimlarga poydevor tiklay boshlaydi. Shu sababdan ilg'or xorijiy davlatlar tajribalari asosida 1-4- sinf darsliklari yangidan "4K" modeli asosida tayyorlandi. Bu orqali o' quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo'lgan hayotiy ko'nikmalarni ham o'rganadi. Xo'sh, o'zi "4K" modeli nima? 4K o'z nomi bilan 4ta tamoyil: kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash va kritik fikrlashni o'z ichiga oladi. Kollaboratsiya o'quvchilarning maqsadga erishish uchun boshqalar bilan jamoada ishlash qobiliyatini anglatib, o'quvchilarda hamkorlik qilish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashadi. Kommunikativlik — fikr va mulohazalarni tinglovchiga aniq ifodalagan holda holda axborot almashish qobiliyati. Ushbu tamoyil suhbatdoshni tinglash, tushunish va o'zaro ma'lumot almashishda til vositalaridan unumli foydalanishga yordam beradi. Kreativ fikrlash orqali o'quvchilar yangi yondashuvlarni qo'llashni, innovatsion yechimlar ishlab chiqishni va noodatiy qarashlarni o'rganishadi. Kritik fikrlash o'quvchilarning tahlil qilish, solishtirish, sharhlash, baholash, qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Edward de Bono kreativ fikrlash va muqobil yondashuvlar bo‘yicha dunyoga mashhur olim. U “Lateral Thinking” (Muqobil fikrlash) va “Six Thinking Hats” (Oltita fikrlash shlyapasi) metodlarini ishlab chiqdi. Odamlar ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va an’anaviy yo‘lda fikrlaydi, lekin kreativ yechimlar uchun lateral (yondosh) fikrlash kerak. “Oltita fikrlash shlyapasi” metodi orqali muammolar turli nuqtai nazardan tahlil qilinishi mumkin. Tanqidiy fikrlash bilan bogʻliq eng qadimgi yozuvlar Platon tomonidan yozilgan Suqrot taʼlimotini taqdim etgan dialoglardir. Ular Platonning birinchi dialoglari bo‘lib, Suqrot bir yoki bir nechta suhbatdoshlari bilan axloqiy masalalar, masalan,Suqrotning qamoqdan qochishi to‘g‘ri bo‘ladimi, degan mavzuda gaplashadi. Suqrot „dalil izlash, hukm va taxminlarni sinchiklab tekshirish, asosiy tushunchalarni tahlil qilish, nafaqat aytilgan, balki amalga oshirilayotgan ishning mohiyatiga ham kirib borish“ muhimligini belgilab berdi. 272 Mart, 2025-Yil Uning soʻroq qilish usuli hozirda „Suqrotcha soʻroq“ deb nomlanadi va tanqidiy fikrlashni oʻrgatishning mashhur strategiyasi hisoblanadi. Noam Chomsky lingvist, falsafachi va siyosiy mutaxassis sifatida kommunikatsiya va tanqidiy fikrlash bo‘yicha katta hissa qo‘shgan. Lev Vygotsky ta’lim va kognitiv rivojlanish jarayonida kollaboratsiyaning (hamkorlikning) muhimligini alohida ta’kidlagan. Uning nazariyalarida inson tafakkuri va bilim olish jarayoni ijtimoiy muhit va hamkorlik orqali rivojlanishi tushuntiriladi. Vygotsky fikriga ko‘ra, insonning rivojlanishi va o‘rganish jarayoni yakka holda emas, balki jamiyatdagi boshqalar bilan hamkorlikda shakllanadi. Unga ko‘ra: O‘quvchilar murakkab bilimlarni o‘zlashtirish uchun bilimli insonlar (o‘qituvchi, ota-ona yoki bilimdon do‘stlar) bilan hamkorlik qilishi kerak. Lev Vygotsky (1896–1934) – u bolalar nutqini rivojlantirishda ijtimoiy muhit va interaktiv muloqotning o‘rni haqida tadqiqot qilgan. Uning "Sotsiokultural nazariya"si kommunikativ
Доказательный фрагмент
«The "4K" model is a new innovative approach that helps the student's outlook and thinking grow.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe "4K" model is a new innovative approach that helps the student's outlook and thinking grow. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "4K" model, collaboration, communicative, creative thinking, critical thinking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026