Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLAR O‘ZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERTSEPTSIYASI
TA’LIMMUASSASALARIDASOG‘LOMVAIMKONIYATI CHEKLANGAN · YOSHLARO‘ZARO MULOQOTININGIJTIMOIYPERTSEPTSIYASI · Bosimbekova Nafosat
Научный информационный бюллетень · 6 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning ahamiyati va bu jarayonda shakllanadigan o‘zaro munosabatlar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Pertsepsiya-yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi va baholashi – jamiyatdagi tenglik, bag‘rikenglik va empatiya kabi ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Inklyuziv ta’lim, sog‘lom yoshlar, imkoniyati cheklangan, yoshlar, o‘zaro, muloqot, pertsepsiya, ijtimoiy integratsiya, empatiya, bag’rikenglik, ijtimoiy moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv muhit, o’qituvchi ro‘li, ijtimoiy hamkorlik. Zamonaviy ta’lim tizimi har bir bolaning teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, inklyuziv ta’lim sohasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar birgalikda ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ammo ularning o‘zaro muloqoti faqat fiziki muhit emas, balkiijtimoiy muhit bilanham chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy pertseptsiya – bu insonlarning bir-biri haqidagi tasavvurlari, ular bilan bog‘liq stereotiplar va munosabatlar tizimi bo‘lib, ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Sog‘lom yoshlarning imkoniyati cheklangan tengdoshlari haqida qanday fikrda ekanligi, ular bilan qanday muloqot qilishlari va bu jarayonda qanday qiyinchiliklarga duch kelishlari muhim masala hisoblanadi. Pertsepsiya — bu odamlarning boshqa shaxslar bilan muloqoti davomida ularni qanday qabul qilishi va tushunishi bilan bog‘liq jarayon. Taʼlim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning bir-birini qabul qilishi, hurmat qilishi va tengdoshlik tamoyillariga rioya qilishi jamiyatdagi kelgusidagi munosabatlarni shakllantiradi. Pertseptsiyaning psixologik tahlili deganda biz muloqotda paydo boʼladigan hissiyotlar va ularning talqin qilinishi, yaʼni pertseptsiyasi muhimdir. Masalan: Sog‘lom yoshlar tomonidan- ular ko‘pincha imkoniyati cheklangan tengdoshlarini himoya qilish istagini his qiladilar, ammo noto‘g‘ri tushunilgan hollarda rahmdillik noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan esa, ular o‘zlarini kamsitilgan his qilishi yoki jamiyatda teng mavqega ega ekanliklarini his qilishimumkin. Inklyuziv ta’lim tizimi imkoniyati cheklangan yoshlarni jamiyatga qo‘shish va ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlariga yordam berishga qaratilgan. Shu bois, ta’lim muassasalarida 313 sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro munosabatlarini shakllantirish jarayoni o‘tamuhimhisoblanadi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Ijtimoiy pertseptsiya nuqtayi nazaridan olib qaralganda, sog‘lom yoshlarning imkoniyati cheklangan tengdoshlari haqidagi tasavvurlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zilar ularni oddiy tengdosh sifatida qabul qilsa, boshqalar ularga yordam berish lozim deb hisoblaydi, ayrim hollarda esa ularni o‘zgalardan ajratilgan guruh sifatida qabul qilish kuzatiladi. Ushbu tasavvurlar esa ko‘p jihatdan oila, jamiyat, ta’lim muassasasidagi pedagogik yondashuv va ommaviyaxborot vositalari orqali shakllanadi. Muloqotjarayonida quyidagi muammolarmavjud bo‘lishi mumkin: Stereotiplar va noto‘g‘ri tushunchalar – Imkoniyati cheklangan yoshlarni kamroq qobiliyatli deb hisoblash yoki ularga nisbatan haddan tashqari himoyaviy yondashish ularning jamiyatga moslashuvigasalbiy ta’sirko‘rsatadi. Muloqotda qiyinchiliklar – Ba’zi hollarda imkoniyati cheklangan yoshlar bilan muloqot qilishdasog‘lom yoshlarikkilanib qolishadi yoki qanday yondashish kerakligini bilmaydilar. Ta’lim muassasalarida inklyuziv muhitning yetarlicha rivojlanmagani – Pedagoglarning yetarlicha tayyorgarlikka ega emasligi yoki ta’lim muassasalarida inklyuziv muloqotni rag‘batlantirishga yetarlicha e’tibor berilmasligi bu jarayonga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bilan birga, to‘g‘ri tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotniyanada yaxshilashga yordam beradi. Bu jarayonda: Inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish – Ta’lim muassasalarida barcha o‘quvchilar teng huquqliekanligi vahamkorlik muhimligi targ‘ib qilinishilozim. Pedagoglarning roli – O‘qituvchilar sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab-quvvatlashi, ularga o‘zaro hurmat asosida muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishi kerak. Ijtimoiy loyihalarvaqo‘shma tadbirlar –Madaniy va sport tadbirlarini birgalikda tashkil etish, jamoaviy ishlarni rivojlantirish muloqot jarayonini yengillashtiradi. Muloqotning ijtimoiy jihatlarini yaxshilash orqali sog‘lom yoshlar imkoniyati cheklangan do‘stlari bilan samarali muloqot qilishni o‘rganadilar, bu esa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inklyuziv ta’lim, sog‘lom yoshlar, imkoniyati cheklangan, yoshlar, o‘zaro, o’qituvchi ro‘li, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy hamkorlik., empatiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv muhit, muloqot, pertsepsiya, ijtimoiy integratsiya, bag’rikenglik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025