К содержанию
РецензированоUZ2025

MIRMUHSINNING “QULAMAS QOYA” HIKOYASIDA HAYOTGA MUHABBAT MAVZUSI

HakimovaMaftuna Raxmatqizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Maqola o‘zbek adabiyotida serqirra ijodi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan, hayotning rang-barang ko‘rinishlarini, past-balandini, xursandchilik va qayg‘u-dardlarini o‘z hikoyalarida mohirona tasvirlagan taniqli adib Mirmuhsinning “Qulamas qoya” hikoyasi tahlil qilingan. Hikoyadagi Jo‘rabek aka timsoli tasviri asosida hayotning turli sinov, qiyinchiliklari badiiy talqin etilganligi yuzasidan qarashlar bayon etilgan. Kalitso‘zlar: hikoya, badiiy obraz,xarakter, badiiy talqin, nevara, bahor, umr,nasriy asar. Kirish. Mirmuhsin – inson hayotini turli tomonlama kuzatgan, talqin etgan sinchkov va serqirra yozuvchi. Uning asarlari hayotiyligi, tilining soddaligi, obrazliligi va tasvir boyligi bilan kitobxon qalbidan joy oladi. Hind yozuvchisi Rabindranat Tagor aytganidek: “Haqiqiy ijodkor uchun eng buyuk mukofot – uning asarlari yuraklarga yetib borishidir”1. Mirmuhsin ham kitobxonlar qalbidan joy olgan, ularning qalbiga ta’sir ko‘rsatadigan ijod namunalarini yaratgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Adibning hikoyalarida hayot sinovlarida toblangan kishilar, ularning o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari ochib berilgan. Ijodkorning “Qulamas qoya” hikoyasida aks ettirilgan voqealar va qahramon taqdiri orqali hayotning sinov maydoni, har bir insonninghayoti o‘ziga xos biribrat maktabi ekanligini anglash mumkin. Asosiy qism. Ma’lumki, Mirmuhsin ijodida tarixiy mavzu muhim o‘rin tutadi. Balki shu boisdandir adibning “Qulamas qoya” hikoyasi qahramoni Jo‘rabek aka ham tarix fani o‘qituvchisidir. Asarda u oilaning kattasi, na’munali ota, mehribon bobo qiyofasida gavdalantiriladi. Hikoya qilinishicha, Jo‘rabek aka og‘ir dard(rak)ga chalinib xastalanib qoladi. Oila a’zolari: xotini, farzandlari bu dardini uning o‘zidam yashirishadi. Lekin Jo‘rabek aka umrining so‘nggi damlarini yashayotganini yaxshi bilardi, ammo buni yaqinlariga sezdirmasdi. Bir oilaning kattasi sifatida yaqinlarining qayg‘uga botishini, uni deb xavotir olishlarini xohlamasdi. U urush yillarini eslaydi. O‘shanda qanchalik qiyinchiliklar, sinovlardan omon o‘tgani xotirasida jonlanadi: “…o‘ttizinchi yillari Shaxrixonda quloqlar otdi – o‘q biqinidan kirib, chiqib ketdi. Lekin dushman uni o‘ldirolmadi. Jo‘rabek ko‘zlagan maqsadiga yetdi – azamat dehqonlar bilan birga kolxoz tuzishdi. ...Berdiyev shahrini ozod etishda, yonginasida portlagan bomba uni tuproqqa qorishtirdi – kiftini, bir oyog‘ini majruh qildi. Fashistlar uni o‘ldira olmadi. Ular tank bilan quvishdi, samolyotdan otishdi, dabdala qilishdi, lekin Jo‘rabek o‘lmadi. Uni ro‘ynatan deyishardi, ya’ni o‘ldirib bo‘lmaydigan inson. Uning tani zirhga aylangan edi...”2. Xalqda bir 1RabindranatTagor.Hikmatlar./Internetsayti:https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/rabindranat-tagor- 357 hikmatlar.html?utm_ 2МирмуҳсинҚуламасқоя./МирмуҳсинҲикоялар.Қиссалар.–Т:Адабиётвасанъатнашриёти,1972.–Б.8. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. maqol bor: “Qirq yil qiron kelsa ham ajali yetgan o‘ladi”. Xuddi shunday Jo‘rabek aka ham bir necha marta o‘q yeganligiga qaramay, olloh shu kunlargacha u kishining jonlarini omon saqlagani asli bir mo‘jiza edi. Muqaddas Qur’oni Karim kitobida ham bu haqda bir oyat keltiriladi: "Hech bir jon Allohning iznisiz o‘la olmaydi. (O‘lim) belgilangan taqdir asosidadir"3. Qolaversa, Vatan oldidagi burch, mas’uliyat hissi ham uni og‘ir sinovlarga dosh berishiga sabab bo‘lgandir. Jo‘rabek aka xarakteridagi eng ibratli fazilat shuki, u xastalikka hech ham taslim bo‘lmaydi, betob ekanman deb yotib ham olmaydi, balki qolgan ozgina umrini mehnatda o‘tkazadi. “...Ertasiga Jo‘rabek sekin o‘rnidan turib, hovliga chiqdi. Otpuskadagi katta o‘g‘liga belkurak berib, yer kavlatdi. Kuzda ildizini ko‘mib qo‘ygan olichalarini ko‘chaga – yo‘lka chetiga ektirdi. Hovliga ham bir necha tup olma ko‘chati ektirdi. O‘zi ildiz havo olib qolmasin, degandek qilib, tuproqlarni bosib, shibbaladi”4. Kasallika taslim bo‘lgan inson vujudini kasallik ham shunchalik tez qamrab olishi mumkin. Chunki insonning o‘zi ruhan shu holatga o‘zini tayyorlab boradi. Iroda qanchalik sust bo‘lsa, umid hisi yo‘qolib boraveradi. Jo‘rabek akada umid bor edi. U bu ko‘chatlarini umid bilan ekishini aytadi. U bobo sifatida biladiki, erta bu ko‘chatlarining mevasidan farzandlari, nabiralari bahramand bo‘ladi. “... Ha men ancha yillardan buyon ko‘chat ekaman, xonamga kitob yig‘aman. Ba’zilardek oltin bezaklar, xrustal idishlar yig‘madim...”5 U shuning uchun ham mehnati bilan bog‘ yaratdi: oilasining dasturxonini but qildi, mol-dunyo yig‘madi: ilmi bilan farzandlariga, o‘quvchilariga bilim berdi. “Ertasiga bir guruh studentlar Jo‘rabekni ko‘rgani kelishdi: ularning aytishicha, o‘rniga kirayotgan dotsent Olmosboyev bir vaqtlar o‘zi ham professor qo‘lida o‘qiganini faxr bilan aytibdi. Bu gap Jo‘rabekni xursand qildi. Yoshlar xayrlashib chiqib

Доказательный фрагмент

«Maqola o‘zbek adabiyotida serqirra ijodi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan, hayotning rang-barang ko‘rinishlarini, past-balandini, xursandchilik va qayg‘u-dardlarini o‘z hikoyalarida mohirona tasvirlagan taniqli ad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola o‘zbek adabiyotida serqirra ijodi bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan, hayotning rang-barang ko‘rinishlarini, past-balandini, xursandchilik va qayg‘u-dardlarini o‘z hikoyalarida mohirona tasvirlagan taniqli ad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy talqin, nevara, badiiy obraz, xarakter, umr, nasriy asar., hikoya, bahor
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники