К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLAR O‘ZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERTSEPTSIYASI

TA’LIMMUASSASALARIDASOG‘LOMVAIMKONIYATI CHEKLANGAN · YOSHLARO‘ZARO MULOQOTININGIJTIMOIYPERTSEPTSIYASI · Mamirova Ozodaxon Ilhom qizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro muloqoti jarayonida ijtimoiy pertseptsiyaning ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy pertseptsiyaning asosiy tamoyillari, ya’ni insonlar bir-birini qanday qabul qilishi, tushunishi va baholashi, inklyuziv ta’lim muhiti doirasida qanday namoyon bo‘lishi o‘rganiladi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlarning ijtimoiy integratsiyasiga to‘sqinlik qiluvchi omillarhamda ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri pedagogik yondashuv va ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalari yordamida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish mumkin. Kalit so'zlar: Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy pertseptsiyasi, imkoniyati cheklangan yoshlar, ijtimoiy integratsiya, kommunikativmuhit, stereotiplar, inklyuzivmadaniyat. Zamonaviy jamiyatda inklyuziv ta’lim tamoyillarini keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Imkoniyati cheklangan yoshlarni umumiy ta’lim tizimiga integratsiya qilish jarayonida ularning sog‘lom tengdoshlari bilan o‘zaro muloqoti, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga qo‘shilish darajasi katta rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonning samaradorligi ko‘p jihatdan ijtimoiy pertseptsiyaga, ya’ni insonlarning bir-birini qanday qabul qilishi, tushunishi va baholashiga bog‘liq.Ijtimoiy pertseptsiyaning to‘g‘ri shakllanishi ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqot sifatini oshirish,o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Biroq, bu jarayonda ayrim to‘siqlar – stereotiplar, noto‘g‘ri qarashlar va psixologik muammolar mavjud. Shu sababli, inklyuziv ta’lim sharoitida samarali muloqotni shakllantirish va ijtimoiy pertseptsiyani ijobiy tomonga yo‘naltirish bo‘yicha maxsus metodikalarvapedagogik yondashuvlar ishlab chiqilishilozim. Ijtimoiy pertsepsiya insonlarning bir-birini idrok etish, tushunish va baholash jarayonini anglatadi. Inklyuziv ta’lim sharoitida bu jarayon ayniqsa muhim bo‘lib, sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqot darajasi va sifati ko‘p jihatdan shu jarayonga bog‘liq. Ijtimoiy pertsepsiya orqali inklyuziv muhitdagi bolalar o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi, do‘stlik vahamkorlik rishtalarini rivojlantiradi Sog‘lom yoshlar va imkoniyati cheklangan tengdoshlarining o‘zaro muloqotiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:Stereotip va noto‘g‘ri qarashlar – Jamiyatda imkoniyati cheklangan yoshlar haqida noto‘g‘ri tasavvurlar shakllangan bo‘lishi mumkin. Bu ularga nisbatan past baho berishga yoki ularni jamiyatdan ajratib qo‘yishga olib keladi.Psixologik to‘siqlar – Ikkala tomonning ham o‘zaro muloqotda ishonchsizligi va tajribasizligi 284 tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.Pedagogik yondashuvlar va inklyuziv metodika – Ta’lim muassasalarida maxsus metodikalar ishlab chiqilgan bo‘lsa, inklyuziv muloqot ancha samarali kechadi. Sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ijobiy muloqotni shakllantirish uchun quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin:Ta’lim muassasalarida inklyuziv Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. madaniyatni shakllantirish – O‘qituvchilar va pedagoglar tomonidan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish, har bir bolaga hurmat va mehr bilan munosabatda bo‘lish muhimdir.Psixologik trening va seminarlar – Imkoniyati cheklangan yoshlar bilan muloqot qilishni o‘rgatish maqsadida sog‘lom o‘quvchilar uchun psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazish lozim.Jamoaviy tadbirlar va loyiha ishlari – O‘quvchilarni turli loyihalar va jamoaviy tadbirlarga jalb etish orqali ularning bir-biriga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin.Ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlik – Ota-onalar bilan ishlash va jamiyatni inklyuziv ta’lim bo‘yicha xabardor qilish, ijtimoiyqabul darajasini oshirishga yordam beradi. Ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot inklyuziv jamiyat qurishning muhim omillaridan biridir. Ijtimoiy pertsepsiyaning ijobiy shakllanishi nafaqat imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga moslashuvini yaxshilaydi, balki sog‘lom o‘quvchilar orasida ham bag‘rikenglik, empatiya va hamjihatlik hissini rivojlantiradi.Inklyuziv ta’lim tizimida ijtimoiy pertsepsiyani rivojlantirish uchun ta’lim muassasalari, ota-onalar, pedagoglar va jamiyat birgalikda harakat qilishi lozim. Sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish orqali jamiyatda inklyuziv madaniyat shakllanadi va har bir bola o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foydalanilganadabiyotlar: 1. Yo‘ldoshev Q., Komilov M. (2021). Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari. Toshkent:“Iqtisod-Moliya”nashriyoti. 2. Qosimova M. (2020). Zamonaviy pedago

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro muloqoti jarayonida ijtimoiy pertseptsiyaning ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro muloqoti jarayonida ijtimoiy pertseptsiyaning ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy pertseptsiyasi, imkoniyati cheklangan yoshlar, ijtimoiy, stereotiplar, ijtimoiy integratsiya, inklyuziv madaniyat., kommunikativ muhit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники