К содержанию
РецензированоUZ2025

TAʼLIM MUASSASALARIDA SOGʻLOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLAR OʻZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERSEPSIYASI

TAʼLIMMUASSASALARIDASOGʻLOMVAIMKONIYATI CHEKLANGAN · YOSHLAROʻZARO MULOQOTINING IJTIMOIYPERSEPSIYASI · Xayitbayeva Sevinch Anvar qizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Maqolada taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqotining ijtimoiy persepsiyasi tahlil qilinadi. Ijtimoiy persepsiya - bolalarning bir-birini qanday qabul qilishi va tushunishi; jamiyatda tenglik, imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilash, ularni sogʻlom hayotga qaytarish va empatiya kabi ijtimoiyomillarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: sogʻlom yoshlar, imkoniyati cheklangan yoshlar, inklyuziv taʼlim, oʻzaro muloqot, persepsiya , shaxslararo munosabatlar , empatiya, psixologik omil , taʼlim muassasasining muhitiga bogʻliqomil,ijtimoiy stereotiplar. Hozirgi kunda taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim shakli rivojlanib bormoqda. Inklyuziv taʼlimning maqsadi sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikda taʼlim olishi, oʻzaro muloqoti va jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishdan iborat. Muloqotning ijtimoiy persepsiyasi esa inklyuziv taʼlimning samaradorligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, oʻzaro muloqotning muhim ahamiyatlaridan biri - sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning bir-birlariga boʻlgan munosabatini rivojlantirish , imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirish yoki ularning hayotini yaxshilash kabi xususiyatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bu esa yoshlarning mehr-oqibatli boʻlishini , jamoa boʻlib ishlashini oʻrgatadi. Imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga imkonyaratadi. Inson ongli mavjudot boʻlgani uchun ham olamni , voqea-hodisalarni bilishni, tafakkur qilishni istaydi. Shu narsa imkoniyati cheklangan bolalarda ham bor. Bu aslida ehtiyojdir. Bunday ehtiyojlarni esa asosan muloqot qondiradi. Tadqiqotlar natijasidan maʼlum boʻlishicha, nuqsonli bolalarda nutq oʻrgatilmaguncha ularda boshqalar bilan munosabat oʻrnatish ham, olamni oʻrganishda ham soʻzlardan foydalana olmaydilar. Shuningdek, empatiya tushunchasi ham mavjud boʻlib, bu sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi muloqot jarayonidagi muhim vosita sanaladi . Empatiya, ya'ni boshqalar his-tuyg'ularini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati, inson ijtimoiy munosabatlarida asosiy o‘rin tutadi. Empatiya, shaxslararo muloqot va murakkab ijtimoiy vaziyatlarni boshqarishda samarali vosita bo‘lib, psixologiya, pedagogika, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalarda katta ahamiyatga ega.Imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatda ham boshqalar bilan chiqishib ketishi ancha murakkab boʻladi. Maqola jamiyatda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiylashuvini , tengdoshlari bilan muloqotini shakllantirishni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim tamoyillari muhim oʻrin tutadi. Bu tamoyillar imkoniyati 172 cheklangan yoshlarning teng huquqli taʼlim olishini va sogʻlom tengdoshlari bilan oʻzaro muloqot qilishini taʼminlaydi. Shuningdek, bolalarning oʻzaro muloqotidagi hissiy va ijtimoiy tushunchalar - persepsiyalar inklyuziv jarayon samaradorligining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Persepsiya - bu yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi va baholashi, tushunishi bilan bogʻliq jarayon. Taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning bir-birini qabul qilishi , hurmat qilishi va tengdoshlik tamoyillariga rioya qilishi jamiyatdagi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy psixologiya boʻyicha oʻtkaziladigan treninglar va mashgʻulotlar persepsiyani ijtimoiy tomonga oʻzgartishga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda, persepsiya bu atrofdagi odamlar va voqealarni shaxsiy his-tuygʻular va tajriba orqali qabul qilish hamda baholash jarayonidir. Taʼlim muassasalarida bu jarayon yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi, hurmat qilishivaoʻzaro muloqotnitashkil etishusullarini belgilaydi. Sogʻlom yoshlar nuqtayi nazaridan: imkoniyati cheklangan tengdoshlarini himoya qilish va ularga yordam berish hissi. Baʼzan esa notoʻgʻri tushunilgan hurmat yaʼni ularni teng huquqli emas, balki ojizdebqabul qilish. Imkoniyati cheklangan bolalar nuqtayi nazaridan: kamsitilish yoki ajratib qoʻyish hissi. Baʼzan oʻz kamchiliklari tufayli muloqotga kirishishdan qiyinchilikka duchkelish. . Persepsiyagataʼsirqiluvchi omillar: 1. Psixologik omillar: Sogʻlom oʻquvchilarning empatiya darajasi , imkoniyati cheklangan bolalarning oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchi. 2. Taʼlim muassasasining muhitiga bogʻliq omillar: inklyuziv muhitning mavjudligi , oʻqituvchilarning inklyuzivtaʼlimga yondashuvi vamuloqotniragʻbatlantirish usullari 3. Ijtimoiy stereotiplar: imkoniyati cheklangan shaxslarni zaif yoki yordamga muhtoj deb qabul qilish.Tavsiyalar: Sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalar oʻrtasidagi muloqotni samarali tashkil qilish uchun inklyuziv muhitni yaratish, yaʼni taʼlim muassasalarida barcha yoshlar uchun

Доказательный фрагмент

«Maqolada taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqotining ijtimoiy persepsiyasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqotining ijtimoiy persepsiyasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik omil, inklyuziv taʼlim, persepsiya, empatiya, ijtimoiy stereotiplar., shaxslararo munosabatlar, taʼlim muassasasining muhitiga bogʻliq omil, imkoniyati cheklangan yoshlar, sogʻlom yoshlar, oʻzaro muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники