К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINI INTERFAOL USULLARDA TASHKIL ETISH

TASHKIL ETISH · Ernazarova Laylo Abdusaitovna · Aliyeva MehribonOlimjonovna (O‘z-Fin pedadogika instituti assistenti)

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil etish, interfaol metodlarning turlari, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, dars jarayonida ulardan foydalanish, zamonaviy ta’limda ulardan foydalanishning ahamiyati, interfaol metodlarni o‘quvchilarning yoshi va aqliy salohiyatidan kelib chiqqan holda tanlash kabi mavzulardaso‘z yuritiladi Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiya, ona tili darslari, boshlang‘ich ta’lim, o‘quvjarayoni, ta’lim samaradorligi, didaktik o‘yinlar. Interfaol so‘zi ingiliz tilidagi “interactive” so‘zidan olingan bo‘lsa-da, uning ildizi lotin tiliga borib taqaladi, u lotincha “inter “(o‘zaro) “act”( harakt qilish) ”o‘zaro ta’sir”, “muloqot”, “faol hamkorlik”degan ma’nolarni anglatadi. Metod so‘zi esa yunoncha “methodos” (usul, yo‘l) so‘zidan olingan bo‘lib, “bilish”, “tadqiqot yo‘li” degan ma’nolarni anglatadi. “Metod” tushunchasi falsafiy va didaktik ma’nolarga ega hisoblanadi. Mantiqan “metod” – tabiat va jamiyat hodisalarni kuzatish va ilmiy tomondan yondashish bo‘lsa, didaktik ma’noda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, va malakalr bilan qurollantirishdemakdir. Interfaol metodlar –bu o‘quvjarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘zaro faol muloqotda bo‘ladigan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish usuli. Bu metodlarda o‘quvchilar bilimni tayyor holda emas, balki mustaqil izlanish, fikrlash va muloqot orqali o‘zlashtiradilar. Boshlang‘ich ta’lim tizimi bolalarning keyingi ta’lim bosqichlaridagi muvaffaqiyatlarini belgilaydigan poydevor hisoblanadi. Ona tili darslari esa o‘quvchilarning muloqot qilish qobiliyatini shakllantiradi, tafakkurini rivojlantiradi va ularning adabiy-estetik dunyoqarashini kengaytiradi. An’anaviy dars usullari, ya’ni o‘qituvchining asosiy axborot manbayi bo‘lishi va o‘quvchilarning passiv tinglovchi sifatida qatnashishi, bugungi kunda yetarli darajada samarali emasligi qayd etilgan. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar yordamida 195 tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga, ularni amaliyotda qo‘llashga va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlaydi, ularni o‘zaro hamkorlik qilishga undaydi va o‘z fikrlarini aniq ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ushbu maqolada interfaol Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. metodlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va ta’lim samaradorligiga ta’siri atroflicha tadqiqqilingan. Interfaol metodlarning nazariy asosini quyidagicha ifodalash mumkin. Interfaol metodlar ta’lim jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida faol muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Ushbu metodlar konstruktivizm nazariyasiga tayanadi. Konstruktivizmga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni tayyor holatdaemas, balki o‘zlari faol ishtirok etish orqali shakllantiradilar. Interfaol metodlarning quyidagi asosiy tamoyillari mavjud: 1.O‘quvchining faolligi –ta’lim jarayonida o‘quvchilar mustaqilishtirok etishlari shart. 2.Hamkorlik va muhokama – bilimlarni guruhlarda muhokama qilish orqali chuqur o‘zlashtirishga erishiladi. 3.Mustaqil izlanish va xulosa chiqarish – o‘quvchilar o‘zlari bilimlarni tadqiq etish va o‘z xulosalarini chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Amaliyotga yo‘naltirish – bilimlar real hayotiyvaziyatlarda qo‘llanilishikerak. Interfaol metodlarning boshlang‘ich sinflardagi samaradorligi. Interfaol metodlarni ona tili darslarida qo‘llash o‘quvchilarning quyidagi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi: 1. M uloqot va nutq madaniyati – o‘quvchilar o‘z fikrlarini ravon va mantiqiy ifoda qilishga o‘rganadilar. 2. M ustaqil fikrlash va kreativlik – o‘quvchilar turli masalalarni o‘z fikrlari bilan tahlil qilish va muhokamaqilishimkoniyatiga ega bo‘ladilar. 3. A xborotni tahlil qilish va tanqidiy yondashuv – o‘quvchilar yangi bilimlarni baholash va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. 4. H amkorlikda ishlash va jamoaviy fikrlash – guruhlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlashnio‘rganadilar. 5. I nterfaol usullarni kengaytirib yoritish. Interfaol metodlarining juda ko’p turlari mavjud “Aqliy hujum”, “ Venn diagrammasi”, “4K metodi”, “STEAM texnologiyasi”,“Blitsso’rovnoma”kabi. 4K metodi – zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning keng qamrovli ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuv bo‘lib, quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga asoslanadi: Kollaboratsiya:O‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash 196 ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi. Kommunikativlik:O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan i

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil etish, interfaol metodlarning turlari, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, dars jarayonida ulardan foydalanish, zamonaviy ta’…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini interfaol usullarda tashkil etish, interfaol metodlarning turlari, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, dars jarayonida ulardan foydalanish, zamonaviy ta’… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didaktik o‘yinlar., o‘quv jarayoni, ona tili darslari, interfaol metodlar, boshlang‘ich ta’lim, ta’lim samaradorligi, zamonaviy pedagogik texnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники