К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO ERGONIMLARINING O‘ZIGA XOS FUNKSIYALARI

Rustamov Akbar (Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha Buxoro viloyati hokimi maslahatchisi.)

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

This article provides information about the specific functional aspects of the ergonyms of the city of Bukhara, in particular, their nominative-differentiating, informative, advertising- promotional,commemorative, and aestheticfunctions. Keywords:Bukhara ergonyms, nominative-differentiating function, informative function, advertising-promotional function, commemorative function, aesthetic function. Аннотация:В статье дается информация о функциональных особенностях эргонимов, встречающихся на территории города Бухары, в частности, об их номинативно- дифференцирующей, информативной, рекламно-пропагандистской, коммеморативной и эстетическойфункциях. Ключевые слова:бухарские эргонимы, номинативно-дифференцирующая функция, информационная функция, рекламно-пропагандистская функция, коммеморативная функция,эстетическая функция. 2022-yilda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bilan reklama sohasida til bilan bog‘liq munosabatlar to‘liq tartibga keltirildi hamda bu holat amaliyotga to‘liq tatbiq etildi (har holda Buxoro viloyatida barcha reklamalar tilida davlat tili ustuvorligigaerishildi). Ammo shu bilan birgalikda aholisi etnik qatlami murakkab, sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgani tufayli bir necha tilda so‘zlashuvchilarga servis xizmati ko‘rsatadigan Buxoro shahri ergonimlarida davlat tili ustuvorligiga erishishda bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Shu jihatdan aynan murakkab xarakterga ega bo‘lgan Buxoro shahri ergonimlarini ilmiy tadqiqetish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ergonimiya o‘zbek tilshunosligi uchun yangi soha. Rus tilshunosligida bu borada juda ko‘p tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramay milliy tilshunosligimizda ergonimiya faqatgina M. Saparniyazova tomonidan alohida monografik planda o‘rganildi, xolos. Unga qadar esa ergonimiya elementlariga onomastika va reklamaga oid tadqiqotlardagina e’tibor qaratib kelindi. 87 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Ergonimlar shunchaki korxona-muassasa, tashkilot nomi emas. Har bir shahar ergonimlari o‘sha hudud lingvistik landshaftining ajralmas qismi sifatida uning turmush darajasi, madaniyati bo‘yichama’lumot beruvchi beqiyos manba hisoblanadi. Ergononimiya XXI asr onomastikasining doimiy o‘zgarib borayotgan va rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi, so‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘plab tijorat korxonalarining paydo bo‘lishiga olib keldi, ularning har biri o‘ziga xosnomni talab qiladi. Nomlash nihoyatda murakkab hodisa bo‘lib, u lingvistik va ekstralingvistik omillar hamda ularning tilga ta’sirini o‘zida aks ettiradi, ifodalaydi. Shuningdek, bu jarayon insonning atrof olamhaqidagi bilimlarini doimiyravishda kuzatibboradi [3:274]. Ergonimlar tilda aloqa va ta’sir vazifasini hal qilish bilan birga qator qo‘shimcha funksiyalarni ham bajaradi. OlimaM.Saparniyazova asosiy funksiyalar sifatidaquyidagilarni taqdim etadi: 1)nominativ-farqlovchi; 2)axborotlilik; 3)reklama-targ‘ibot; 4)xotirlash; 5)estetik; 6)shaxsiy mulknimuhofaza qilish [4]. Nominativ-farqlovchi yoki nomlash funksiyasi bubarcha o‘ziga xosnomlarning asosi, asosiy til funksiyasidir. Kishilarning har bir biznes tuzilmasi o‘z nomini talab qiladi, shunda boshqalar ushbu muassasani tanib olishlari, tan olishlari (aniqlashlari) va uni boshqa bir qator birlashmalardan farqlashlari mumkin bo‘ladi. Masalan, Buxoro shahridagi mehmonxonalarning ko‘pligi ushbu muassasalarning turli nomlarbilan atalishiga zaminyaratadi: Orom, Orzu-hostel, Muhtasham, NurafshonPlaza.Shunday qilib, ergonimlarning bu funksiyasiniidentifikatsiyalash-differensiatsiyalash funksiyasi sifatidatavsiflash mumkin. Axborot funksiyasi. Ma’lumki, har bir nom ma’lumot ifodalash xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Shunday qilib, ergonimlar tashkilotning joylashgan joyini ko‘rsatib, odamni yo‘naltirishi mumkin: Ark mehmonxonasi – Ark qo‘rg‘oni ro‘parasida, Sharq bozori – Buxoroning sharqiy qismida joylashgan. Biroq ko‘pincha, ergonimlar boshqa turdagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi: 1) obyektning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida hisobot (tovar yoki xizmatlar turlari haqida): Bolalar dunyosi, Chiroqlar olami, Stroy-servis MChJ. Sotish obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilishi mumkin: Tom yopish va izolyatsiyalash, deraza va eshiklar, gilamlar, qadoqlash; metafora bilan: Diydor kafesi, Orom mehmonxonasi; metonimik: Lazzat oshxonasi, Zam-zam ichimlik suvi; assotsiativ ravishda: Amir Temur kurash to‘garagi, Kleopatra go‘zallik saloni, Karleoneerkaklar kiyimlari do‘koniva boshqalar; 2) tashrif buyuruvchini bilvosita tavsiflovchi ma’lum bir mijozga e’tibor qaratish

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the specific functional aspects of the ergonyms of the city of Bukhara, in particular, their nominative-differentiating, informative, advertising- promotional,commemorative, and…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the specific functional aspects of the ergonyms of the city of Bukhara, in particular, their nominative-differentiating, informative, advertising- promotional,commemorative, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara ergonyms, nominative-differentiating function, informative function, reklama-targ‘ibot funksiyasi, nominativ-farqlovchi funksiya, Buxoro ergonimlari, axborotlilik funksiyasi, xotirlash funksiyasi, estetik funksiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники