Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADIDLARNING AYOLLAR TA’LIMIDAGI ROLI
N. Ahmedjanova · Bahodirova Sevinch (Ilmiyrahbar Samarqand davlat chet tillari institutio'qituvchisi) · JADIDLARNING AYOLLARTA’LIMIDAGI ROLI (Samarqand Davlat Chet tillariinstituti)
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Jadidlar. Biz faxrlanishimizni bot-bot aytadigan,ammo tarixiga to’liq qiziqmaydigan ajdodlarimiz. Biz maktab va adabiyotlarda ular haqida o‘qiganmiz-ku deyarmiz, lekin har birimiz ham darsda javob berish uchun ko‘r-korona ular haqidagi ma’lumotlarni yodlaganmiz holos. To‘g‘ri maqolam jadidlar to‘g‘risida, lekin men ham yillar bilan boshingizni qotirmoqchi emasman. Men jadidlarning ayollar ta’limidagi roli haqida izlandim va shularni o‘qiguvchilarga yetkazibbersam xursand bo‘lgan bo‘lardik. Kalitso‘zlar: Jadidlar, pyesa, jamiyat, xotin-qizlar, maqola, bilim,milliy ozodlik. Jadidlarimiz nafaqat xalqni milliy ozodligi uchun, balki ularning ilmli bo’lishi uchun ham intilganlar. Ayniqsa ayollarning jamiyatdan uzilgan holda uyda o‘tirishlari va ularning bilim olishidagi to‘sqinliklarhamishaularni qayg‘uga solib kelgan. Jadidlarning harakatlari o‘tgan asrning 20- yillaridan boshlangan bo‘lib,ular xalqni ilmli , ma’rifatli bo’lishga chorlaganlar.O‘z hisoblaridan maktablar ochib ta’lim bera boshlaganlar . Bunda asosan ayollarning ta’lim olishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Maktablarda ,avvalo, ular savod chiqarishgan, Qur’on o‘qitilgan va Navoiy kabi ulug’ shoirlarimizning asarlari bilan ham tanishtirilgan. Yana shunisi e’tiborga loyiqki, jadidlarimiz nafaqat o‘zlarining tashviqot ishlarida, balki asarlarida ham ayollarning ilmli bo‘lishi jamiyat uchun naqadar muhimligi va dolzarbligini ham ta’kidlashgan. Masalan, G‘ulom Zafariyning “Tilak’’ pyesasida asar qahramoni Murodjon tomonidan aytilgan quyidagi gaplarga e’tibor qaratsak: “ Nega bizda qizlar bilim yurtlari uchun cholishg‘uchilar yo‘q, nima uchun maorif bo‘limlari qarab turadilar?’’ Pyesadagi ayni shu jumlalar go‘yoki o‘sha davr jamiyatining yaqqol ko‘zgusi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asarning boshqa o‘rinlarida ham adibning ayollar ham jamiyatning boshqa a’zolari kabi ilm olishini naqadar xohlayotgani va kelajakka umid sezilib turadi . Buni pyesadagi yana shu kabi(“… To‘g‘ri, bu qorong‘uliklar ketur, o‘rniga bilim kuni tug‘adur , qizlar uchun ham bilim uylari ochilur,elning bolalari o‘qimishli onalar quchog‘ida yaxshi tarbiya ila yetishur,dunyoda yashamoq uchun bir-biriga muhabbat , hurmat va yaxshilik kerak ekanligini tushunurlar, ul chog‘da kishilar orasidabirlik va qardoshlik o‘sarda, hech bir tortishishlar, talashishlar bo‘lmas’’) jumlalar orqali ilg‘ab olish qiyin emas. Bundan tashqari Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy asarlarida ham xotin-qizlarning ilmolishizarurligi yaqqol sezilibturadi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon’’ romanida Ra’no ilmli, oqila qiz sifatida tasvirlanadi. U to‘la savodli Qur’onni yod bilgan va Navoiy asarlarining ham barchasini o‘rganib 91 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X chiqqan va u 17 yoshda. Yoki “O’tgan kunlar’’dagi Kumushni olaylik u ham o‘z zamonasining ziyoli ayollaridan edi. Yozuvchi o‘z asarlarida ayollarni ilmli ko‘rsatish barobarida xalqni ham shunga chorlagan. Abdulla Avloniy esa ayollar uchun alohida maktab ochgan va xotin-qizlarning savodli bo‘lishlarini ta’minlagan. Ismoil Gaspirali esa o‘zining 1882-yildagi “Ayollarni o‘qitish kerakmi’’ degan maqolasida baralla:”Nima uchun qizlarga ilm o‘rgatish mumkin emas? Shariat buni man qiladimi? Yo‘q, man qilmaydi .Imkoniyati bor har bir ota-ona , og‘il yoki qiz bo‘lsin, o‘z bolalariga tarbiya etmoqqa, o‘qitmoqqaburchlidir’’,-deya o‘z so‘zini ayta olgan. Jadidlarimiz shu xalq, shu Vatan uchun o‘zlarini fido qilishgan . Balki, ularning xotin-qizlar ta’lim olishi uchun jon-jahddan qilgan harakatlari bo‘lmaganda hali ham savodsiz, jamiyatda o‘ringa ega bo‘lmagan, shunchaki bola tug‘ish va uy-ro’zg’or ishlaridan boshqasiga yaramaydigan bir buyum sifatida ko‘rilib yurgan bo‘larmidik… To‘g‘ri hozirgi kunda ham ayollarni bir buyumdek ko‘radiganlar yo‘q emas oramizda,ammo bilimli va o‘zini hurmat qilgan hech birinson ayollarga ojizasifatida qaramaydi. Har bir ayol shu jamiyatning a’zosi va uning bir bo‘lagi. Hammamizning bilim olishga haqqimiz bor! Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati: 1.Karimov B. ‘‘Jadidlar.G‘ulomZafariy” 2.Usmonov O. ‘‘Jadidlar.Abdulla Qodiriy”. 92
Доказательный фрагмент
«Jadidlar. Biz faxrlanishimizni bot-bot aytadigan,ammo tarixiga to’liq qiziqmaydigan ajdodlarimiz. Biz maktab va adabiyotlarda ular haqida o‘qiganmiz-ku deyarmiz, lekin har birimiz ham darsda javob berish uchun ko‘r-ko…»
Образец извлечения
Демо-превьюJadidlar. Biz faxrlanishimizni bot-bot aytadigan,ammo tarixiga to’liq qiziqmaydigan ajdodlarimiz. Biz maktab va adabiyotlarda ular haqida o‘qiganmiz-ku deyarmiz, lekin har birimiz ham darsda javob berish uchun ko‘r-ko… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidlar, maqola, bilim, pyesa, milliy ozodlik., jamiyat, xotin-qizlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025