К содержанию
РецензированоRU2025

MUMTOZ ADABIYOTDA NAIZRA VA TATABBU’

Jurayev Bahodirxon Jahongirxono‘g‘li · MUMTOZ ADABIYOTDANAIZRA VATATABBU’ · NAIZRAAND TATABBUINCLASSICAL LITERATURE · НАИЗРАИ ТАТАББУЬВ КЛАССИЧЕСКОЙЛИТЕРАТУРЕ

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В этой статье кратко рассказывается об особенностях создания произведения вслед за широко распространенными в нашей классической литературе предшественниками, в частности, назира, татаббу. В такой последовательности также уделяется вниманиеаспектам,накоторые следует обратитьвнимание. Ключевые слова: классическая литература, предшественники, назира, татаббу, строфа, строфа,лирика,традиционализм. O‘zbek mumtoz adabiyotida salaflardan keying avlod uchun o‘tib kelayotgan an’analar mavjud bo‘lib, ijodkorlar bu an’analarni o‘ziga xos tarzda davom ettiradi va yangicha qarashlar bilan boyitib keldilar. Mumtoz she’riyatimizda ko‘p asrlardan beri rivojlanib kelayotgan o‘zidan oldin yaratilgan lyrik asarlarga o‘xshatib asarlar yozish an’anasi lirik janrlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz quyida shularning ayrimlari, xususan, naziralar va tatabbu’lar haqida qisqacha so‘z yuritmoqchimiz. “Nazira – (arabcha o‘xshash narsa) o‘tgan yoki zamondosh shoirlar asarlariga o‘xshatma, javob tariqasida yaratilgan asar. Shoir nazira yaratar ekan, biror asarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydi, unga ijodiy yondashadi, asar mazmunini rivojlantiradi, g‘oyaviy motivlari, obrazlarini boyitadi, badiiy qimmatini oshiradi. Shu bilan u asarga o‘z davri, tarixiy sharoiti va adabiy muhiti ruhini kiritadi”[1.165]. O‘zbek mumtoz she’riyatining mashhur vakillari – Alisher Navoiy, Husayniy – Husayn Boyqaro, Mashrab, Furqat kabilarning bu sohada mohirona qalam tebratganlari ma’lum. Alisher Navoiyning fors tilida yozilgan “Devoni Foniy” asari naziralar to‘plamidir. Alisher Navoiy mazkur asari bilan o‘zbek adabiyotida fors-tojik tilida yaratilgan nazirachilikning asoschisi sifatida tarixda qoldi. Nazira sifatida asar yaratish ayniqsa adabiy muhitlarda anchayin keng www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 tarqalgan. Adabiy muhitlarning asoschilari yoki ko‘zga ko‘ringa vakillariga ergashib nazirlar yozish Hirot, Qo‘qon, Xiva Buxoro adabiy muhitida anchayin keng tarqalgan. Misol uchun Hirot adabiy muhitida yaratilgan ko‘plab asarlar Alisher Navoiy, Qo‘qon adabiy muhitida Umarxon va Nodiralarga, Xiva adabiy muhitida esa Feruz asarlariga ko‘plab nazirlar yozilganligi ham fikrimizniquvvatlantiradi. Qo‘qon adabiy muhitek mumtoz adabiyotida tatabbu’ atamasi ham keng qo‘llaniladi. Mazkur atama naziraga yaqin tursa-da, undan farq qiladi. Tatabbu’ – (arabcha ergashmoq) ijodkorning biron bir shoirga ehtiromi belgisi sifatida yoki bellashish, musobaqalashish maqsadida uning biron asariga yozilgan javobi. Javob o‘sha asar mavzusi, vazni, qofiya tizimi doirasida yozilishi shart bo‘lgan. Tatabbu’lar she’riyatning istalgan janri yo shakli – farddan tortib dostongacha yozilishi mumkin. Adabiyotimizdatatabbu’larg‘azal vadoston shakllarida bitilgan [1.253]. Qo‘qon adabiy muhitida nazirachilik boshqa adabiy muhitlarga nisbatan anchayin keng rivojlandi. Hamza Hakimzoda Niyoziy 1927-yilda yozilgan she’ri “O‘zbek xotini tilidan” mumtoz adabiyotimizning zbardas vakili Mashrabning “Dastingdan” radifli muxammasiga nazira tarzida yozilgan. Hamza Mashrab she’rining vazni, qofiyasi va radifini saqlagan holda yozgan mazkurshe’ri musaddas tarzidayaratadi. Mashrab esamuxammas tarzidabayon qiladi. Mashrab muxammasida aytishicha, uni ko‘zining oqidek mehribon, ruhi ravoni, dilining quvvati bo‘lgan yoridan ayirdilar. Oshiq chamanda bulbul kabi oshiyonsiz, hatto vayronalardan ham makon topa olmaydi. Yaqinidan, azizidan judo bo‘lib, boshida suyanchig‘i yo‘q oshiq hech kimni o‘zining holatiga tushishini xohlamaydi. Bu yorug‘ olam ham ko‘ziga tordek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo u yaratgandan umid uzmaydi. Hayotga ishonch-umid bilan boqadi, himmat yo‘liga yetishlikni orzuqiladi: Iloho, menga yetkurgaymukin xurshidi matlabni, Saodat vaqtida boshimg‘achuniqboli kavkabni, Iloho, sen yetur himmatyo‘lig‘axastaMashrabni, Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim oboddastingdin, Ki men har qayg‘aborsam, dodetarman, doddastingdin [2.185]. Hamza Hakimzoda Niyoziy musaddasida esa zamona zaylidan noligan, ozodlikka chiqishni orzu qilgan ayolning dardu hasratlari ifodaqilingan. Yosh umri jovidonlarbo‘ldichun barbod, dastingdan, Asirqoldiq jahonda, bexabar ustod,dastingdan [3.193]. deya tuzimdan aziyat chekkanayollarning ijtimoiy masalalarni bayon qiladi. Mashrab muxammasida Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim oboddastingdin, Ki men har qayg‘aborsam, dodetarman, doddastingdin www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 bayti takrorlanadi. Hamzanazirasida esa Hama ozodbo‘ldi,bo‘lmadik ozoddastingdan, Bugun Baynalmilalga dodetarmiz, dodetarman, doddastingdan tarzidatakrorlanadi. Mashrab muxammasida ayol – yor an’anaviy ko‘rinishda, oshiqqa mehr ko‘rsatmaydigan ma’shuqa sifatida gavdalanadi (Mashrab muxammasida tasavvufiy iarashlar aks etgan). Hamza musaddasida esa ma’rifatga, ilmga

Доказательный фрагмент

«В этой статье кратко рассказывается об особенностях создания произведения вслед за широко распространенными в нашей классической литературе предшественниками, в частности, назира, татаббу.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье кратко рассказывается об особенностях создания произведения вслед за широко распространенными в нашей классической литературе предшественниками, в частности, назира, татаббу. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
classical literature, predecessors, nazira, tatabbu’, beit, misra, lyric, traditionalism, mumtoz adabiyot, lirika, salaflar, bayt, an’anaviylik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники