К содержанию
РецензированоUZ2025

ABULG’OZI BAHODIRXON TARIXIY ASARLARINING O’RGANILISHI VA TADQIQ QILINISHI

Erkinboyev FozilbekZakirjon o’g’li · ABULG’OZI BAHODIRXON TARIXIYASARLARINING O’RGANILISHI VA

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

; Mazkur maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy merosi, uning tadqiq qilinishi va ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, uning asarlari qanday manbalarga asoslanganligi, ularning mazmuni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar; “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”, Firdavs-ul-iqbol, Ya.Gʻ.Gʻulomov, Q.Munirov «Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari», Dr.D.G.Messerschmid, N.P.Rumyansev, Qozon universiteti. O‘zbek tarixshunosligi va madaniy merosida Abulg‘ozi Bahodirxonning tutgan o‘rni beqiyosdir. U nafaqat Xiva xoniligi hukmdori sifatida davlat boshqaruvini olib borgan, balki mohir tarixnavis sifatida ham ulkan ilmiy meros qoldirgan. Uning asarlari Markaziy Osiyo xalqlari, ayniqsa turkiy qabilalarning kelib chiqishi, davlat tuzilishi, etnik tarkibi va siyosiy tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U tomonidan yozilgan “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlari turkiy xalqlarning etnogenezi, siyosiy tarixi va madaniyatini o‘rganishda muhim manbahisoblanadi. Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy asarlari o‘z davrida ham, keyinchalik ham Sharq va G‘arb olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. XVIII–XIX asrlarda uning asarlari rus, frantsuz, nemis va ingliz, turk tillariga tarjima qilinib, jahon tarixshunosligida katta qiziqish uyg‘otgan. Bugungi kunda ham uning ilmiy merosi O‘zbekiston va boshqa turkiy davlatlarda keng o‘rganilmoqda, turli tadqiqotlarva dissertatsiyalaryozilmoqda. Abulgʻozi Bahodirxonning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlariga ular xususida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan Munis va Ogahiyning «Firdavs-ul-iqbol» asarida S.P.Tolstov «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» nomli kitobida, Ya.Gʻ.Gʻulomov «Xorazmning sugʻorilish tarixi», Bayoniy esa «Shajarayi Xorazmshohiy» kitobida nihoyatda iliq va ijobiy fikrlar bildirganlar. Shuningdek, P.P.Ivanov va A.K.Borovkovlar «XVI-XIX asrlar turkman tarixining manbalari haqida mulohazalar» nomli asarida, B.V.Lunin «Oʻrta Osiyo tarixidan ocherklar» risolasida, M.I.Yoʻldoshev «Xiva xonligida yer egaligi va davlat tuzilishi» asarida, B.V.Bartold «Madaniy hayot tarixi», Q.Munirov «Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari», B.A.Ahmedov «Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati»1 kabi asarlarida ham Abulgʻozi Bahodirxonning ijodiga yuqori baxo berganlar. Shuningdek bu asarlar bo’yicha bir qancha tanqiqotlar olib borilgan shu bilan birgalikda Abulg’ozi Bahodirxon asarlari keyingi yaratilajak asarlar ilmiy ishlaruchun dastur-ul amal bo’ldidesak noto’g’ri bo’lmas. Gʻarbiy Yevropada esa asar nemis, ingliz, fransuz tillarida, hatto Amerikada ham tarjima qilinib nashr ettirildi. Yevropa dunyosi bu asar bilan oʻtgan asrning ikkinchi choragida tanishdi. Poltav yaqinidagi gʻalabadan soʻng Sibirga joʻnatilgan shved ofiserlari Tobolskda 1X.Hudoynazarov“Shajarayiturk”vauningo’rganilishiTOSHKENT“o’qituvchi”1993. 7-bet. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Abulgʻozixonning qoʻlyozmasi va uning mundarijasi bilan tanishgach bu asar tarjimasi ustida ishlay boshladilar. Bu ilmiy tadqiqotning asosiy tashabbuskori Filipp Ioann Tabbert Shtralenberg edi. Rus tilini yaxshi bilgan buxorolik oxund Abulgʻozixon asarining tarjimasini rus yozuvchisiga bayon qilgan. Oʻz navbatida shved Shenstrem rus tilidagi tarjimadan foydalanib asarni nemis tiliga tarjima qilishga muvaffaq boʻladi. Bu tarjima 1780-yilda –Abulgasi Bahadur Chan'S Geschlecht buchder Mungalishen Chanen, auseiner turkischen Handschrift udersetzt von Dr.D.G.Messerschmid, 17801 Messershmidt tahrin ostida chop etilgan. Asar nemis tiliga tarjima qilinishidan oldin fransuz tilida 1726-yil Bryusselda nashr qilingan2. Bu nashrga Bendik tomonidan izoh qilingan. Ushbu fransuz tilidagi tarjima oʻz navbatida asarning ingliz tilidagi tarjimasi (1780) uchun ham asos boʻlib xizmat qildi. Rus olimi Trediakovskiy asarni fransuz tilidan rus tiliga «Родословная история о татарах, переведенная на французкий язык с рукописныя татарской книги, сочинения Абулғачи-Баядур-Хана… а с французского на РоссийскойвАкадемии наук» (1770) nomi bilan ikkitomdanashr qildiriladi. Rus olimi G.Sablukovning qayd etishicha, asarning barcha tarjimalarini ham aniq va to’la ishonchli deb boʻlmaydi. Chunki ularning hech biri biror bir tarixiy voqealikni yoki muammoni aniq yoritib bera olmaydi. Abulgʻozixon asarining siyosiy tili bilish ham olimlarga biroz qiyinchilik tug’durdi. Shunga qaramasdan asarlar tarjimasida mazmun to’laqonli yortilmasa ham qoniqarli ochilgan va biz ilim dunyosi xulosa olishimiz uchun yetarlidir. Asar matnidagi iboralarning aniqroq tushuntirilishi hamda tarixiy bilimlarning manbalar va faktlar shunindek ilmiy aniqliklar asosida toʻldinlish maqsadidan kansler graf N.P.Rumyansev Abulgʻozixon asarining nashri uchun mablagʻajratdi vaasar Qozonuniversiteti tipografiyasida chop etildi. Vengriya fanlar akademiyasining to’laqonli aʼzosi, mashhur

Доказательный фрагмент

«; Mazkur maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy merosi, uning tadqiq qilinishi va ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

; Mazkur maqolada Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy merosi, uning tadqiq qilinishi va ilmiy jamoatchilik tomonidan baholanishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
N.P.Rumyansev, Firdavs-ul-iqbol, Q.Munirov «Munis, Qozon universiteti., “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”, Ya.Gʻ.Gʻulomov, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari», Dr.D.G.Messerschmid
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники