Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORAZM SHEVALARINING OʻRGANILISHIGA DOIR
Olimboyeva Komila Umarbek qizi
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek xalq shevalarining oʻrganilishi xususida, jumladan, xorazm shevalarining jahon va oʻzbek olimlari tomonidan oʻrganilishi hamda bugungi kunda tadqiqini kutayotgan masalalar tahlilga tortilgan. KALIT SOʻZLAR: oʻzbek shevalari, xorazm shevalari, oʻzbek dialektologiyasi, adabiy tiltarixi, tarqalish areali, lugʻaviy qatlam, shevalar tasnifi. KIRISH. О‘zbek xalq shevalarini о‘rganish sohasida rus tilshunosligida Y.D.Polivanov, A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin, V.V.Reshetov va boshqa olimlarning xizmatlari benihoya katta ahamiyatga ega1. О‘zbek dialektologiyasida о‘zbek xalq shevalarini о‘rganish masalasi XX asr boshlaridan boshlangan. Bu yо‘nalishda G‘.O.Yunusov, Sh.Shoabdurahmonov, S.Ibrohimov, B.Jо‘rayev, A.Aliyev, A.Shermatov, B.Egamov, H.G‘ulomov, X.Doniyorov, M.Mirzayev, I.Shamsiddinov, Q.Muhammadjonov, A.Jо‘rayev, Y.Ibragimov, N.Murodovalarning2 ishlari diqqatga molikdir. Bu olimlar о‘z tadqiqotlarida о‘zbek shevalarini fonetik, morfologik, leksik hamda qiyosiy tahlil etishning ilmiy asoslarini yaratib berdilar. 1 Поливанов Е.Д. Узбекская диалектология и узбекский литературный язык. – Ташкент: Узгосиздат, 1933.– 45 с.; Боровков А.К. Ўзбек шева-лаҳжаларини текширишга доир савол- жавоблар. – Тошкент, 1944. – 11 б.; Юдахин К.К. Некоторые особенности Карабулакского говора/Ўзбек диалектологиясидан материаллар, Т 1. – Тошкент: ЎзФА нашриёти, 1957. – Б.31-57; Решетов В.В.Кураминские говоры Ташкентской области (фонетическая, морфологическая система): Автореф.дисс...д-рафилол.наук.–Ташкент:1951. –20с. 2 Юнусов Ғ.О. Ўзбек шеваларининг таснифида бир тажриба. – Тошкент: Ўздавнашр, 1935. – 64 б.; ШоабдураҳмоновШ.Ўзбекадабийтиливаўзбекхалқшевалари.–Тошкент:ЎзФАнашриёти,1962.–372б.; Иброҳимов С. Ўзбек тилининг Андижон шеваси. – Тошкент: Фан, 1967. –260 б.; Жўраев Б. Юқори Қашқадарё шевалари. – Тошкент: Фан, 1969.–168 б.; Алиев А. Ўзбек диалектологиясидан материаллар (Наманган шевалари). – Тошкент: Фан, 1974. – 218 б.; Шерматов А. Қуйи Қашқадарё ўзбек шевалари. – Тошкент:Фан,1972.–168б.;УзбекскиенародныеговорыКашкадарьинскойобласти.–Ташкент:Фан,1978. – 144 с.; Эгамов Б. Самарқанд области Ғаллаорол шеваси. – Самарқанд, 1970. – 136 б.; Ғуломов Ҳ. Чил сўзининг қўлланилиши ва маънолари // Ўзбек шевалари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1966. – Б.293-313. Дониёров Х. Қипчоқ диалектларининг лексикаси. ‒ Тошкент: Фан, 1979. – 160 б.; Мирзаев М. Ўзбек тилининг Бухоро группа шевалари. – Тошкент: Фан, 1969.–156 б.; Диалектал сўзлар (Бухоро диалекти материаллари бўйича) / Ўзбек шевалари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1966. – Б.314-325; Шамсиддинов И. Каракульский говор узбекского языка. Автореф.дисс...канд.филол. наук. – Ташкент, 1965. – 23 с.; Қоракўл шеваси лексикасидан / Ўзбек шевалари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1966. – Б.430-439; Муҳаммаджонов Қ. ЖанубийҚозоғистондагиўзбекшевалари.–Тошкент:Фан,1983.–168б.;ДжураевА.Теоретическиеосновы ареального исследования узбекоязычного массива. – Ташкент: Фан, 1991. – 220 с.; Ибрагимов Ю. Исследования узбекских говоров Приаралья. – Нукус: Билим, 1992. – 148 с.; Лексика узбекских говоров Приаралья . – Нукус: Билим, 1996. – 156 с.; Жанубий Оролбўйи ўзбек шевалари тадқиқи: Филол.фан.д- ри...дисс. – Тошкент, 2000.–370 б.; Муродова Н. Ўзбек тили Навоий вилояти шеваларининг лингво-ареал талқини:Филол.фан.д-ри...дисс.–Тошкент,2006.–236б. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 MUHOKAMA. О‘zbek xalq shevalari orasida oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turuvchi xorazm shevalari lisoniy xususiyatlari bо‘yicha о‘zbek shevashunosligida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Xorazm shevalari bilan bog‘liq dastlabki yirik tadqiqotlardan biri esa Y.D.Polivanov qalamiga mansubdir3. Shuningdek, Xorazm shevalarini maxsus oʻrgangan Xorazm shevalarining yetuk tadqiqotchisi Fattoh Abdullayev ilmiy ishlari4 о‘zbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, shuningdek, badiiy nutq masalalariga bag‘ishlangan. F.Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini bergan. Uning “Xorazmshevalari” kitobioʻzbek dialektologiyasining muhim tadqiqotlaridan hisoblanadi. Ushbu kitob tarkibidaxorazm shevalarining lugʻati ham berilgan. Yanan A.Ishayev xorazm shevalarini mukammal tadqiqini amalga oshirgan. Uoʻz tadqiqotlarida, asosan, Qoraqalpog‘istondagi о‘zbek shevalari о‘rganilgan bо‘lishiga qaramay, shevalarning tarqalish areali hamisha ma’muriy bо‘linishlarga muvofiq bо‘lmasligi e’tiborga olinsa, undagi materiallar, xususan, Qoraqalpog‘iston hududidan tо‘plangan faktlar Xorazm shevalari tadqiqi uchun ham obyekt bо‘la oladi. Olimning “Qoraqalpog‘istondagi о‘zbek shevalari” monografiyasi5, unda berilgan lug‘at bugungi kunda ayni shu sheva vakillari nutqida ham kam ishlatiladigan, deyarli iste’moldan chiqib ketgan ayrim sо‘zlarni о‘zida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. Xorazm shevalari tadqiqiga qoʻl urgan olimla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek xalq shevalarining oʻrganilishi xususida, jumladan, xorazm shevalarining jahon va oʻzbek olimlari tomonidan oʻrganilishi hamda bugungi kunda tadqiqini kutayotgan masalalar tahlilga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek xalq shevalarining oʻrganilishi xususida, jumladan, xorazm shevalarining jahon va oʻzbek olimlari tomonidan oʻrganilishi hamda bugungi kunda tadqiqini kutayotgan masalalar tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiy til tarixi, shevalar tasnifi., tarqalish areali, xorazm shevalari, lugʻaviy qatlam, oʻzbek shevalari, oʻzbek dialektologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026