Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA ONA TILI FANINI O`QITISHDA QO`LLANADIGAN METODLAR
QO`LLANADIGAN METODLAR · Shoyimova Farangiz Mustafo qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tili fanini o`qitishda samarali foyda beradigan metodlar haqida ma`lumotlar kiritilgan. Bu metodlardan to`g`ri foydalanib darsni tashkil qilish darsni samaradorligini oshiradi. Ona tili fanini o`qitishda foydalaniladigan metodlar fanni qiziqarli va esda qolarli tashkil qilishda yordam beradi. Kalit so`zlar: Ona tili, dars, metod, o`quvchi, kitob, o`qituvchi, texnologiya. Metod yunoncha ‘’metodos’’ so`zidan olingan bo`lib bilish, yo`l degan ma`nolarni bildiradi. Har bir fanda ustozlarimiz tomonidan turli metodlar qo`llanadi va bu metodlar darsni qiziqarli, samarali tashkil qilish uchun kerak. Boshlang`ich sinflarda ona tili fanini o`qitish o`quvchilarda kelgusi hayotlari davomida kerak bo`ladi. Boshlang`ich sinfda ular imlo qoidalarini, gramatikani va o`zbek tilining asosiy qoidalarini o`rganishadi va bu keying davr uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bu qoidalar o`quvchining nutqiy va imloviy savodxonligini mustahkamlaydi. Ona tili fanlarida to`g`ri metod tanlash o`quvchilar imloviy savodxonligini va ona tilini o`zlashtirishlari uchun kata foyda beradi. Metodlarni mavzularga moslashtirib tanlash yaxshi samara beradi. Ona tili fanidan darsni tashkil qilish. Bu holatda ba`zi o`qituvchilar darslarini oddiy tarzda ya`ni o`tilgan mavzuni savol-javob qilib mavzuni tushuntirishadi va mavzu bo`yicha uyga vazifalar berishadi. Bu holatda dars o`tish qaysidir darajada yaxshi lekin boshlang`ich sinf o`qituvchisi boshlang`ich sinf o`quvchilariga darsni shunday tashkil qilishi kerakki o`quvchilar darsga qiziqishlari va bu darsni yana kutishlari va yana ham yaxshiroq tayyorlanishlari kerak. Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilari hali o`yinqaroq ayniqsa 1-sinflar chunki o`lar bog`chalardan maktabga o`tishadi ya`ni o`yin faoliyatidan o`qish faoliyatiga o`tishadi. Bu jarayonda o`quvchilarni darsga qiziqtirish uchun yangicha turli xil metodlardan foydalanish lozim. Metodlar asosan mavzuga oid va har bir sinf uchun osondan murakkabga o`tib borishi kerak bunda o`quvchilarning yoshini hisobga olish kerak. Shundagina foydalanayotgan metodlarimiz yana ham yaxshiroq foyda beradi. Darsimizda foydalanishimiz kerak bo`lgan metodlar mavzuyimizga oid savollardan turli ketma ketliklar o`ziga tortuvchi topshiriqlardan iborat bo`lishi kerak. 215 Mart, 2025-Yil Ona tili kitoblarda ham rasm beriladi va unga gap tuzishimiz kerakligi aytiladi. Keling buni takomillashtiramiz yani biroz o`zgartirish kiritamiz biron narsa tasvirlangan rasm chiqarib olamiz misol uchun tabiatning yoki biror hayvonning rasmi va bu rasmni o`quvchimizga berib uni tasvirlashini aytamiz o`quvchimiz bu rasmni tasvirlab beradi keyin bugun o`tgan mavzuyimiz misol uchun fe`l mavzusi bo`lsin endi o`quvchi rasmdan foydalanib yana bir marta uni endilikda fe`l qatnashgan gaplar bilan tasvirlaydi va bola bu holatda mavzuni yana ham yaxshiroq esda saqlab qoladi. Bu holatda o`quvchilar birinchi navbatda bunga qiziqishadi ikkinchidan mavzu mustahkamlanadi va uchinchidan o`quvchilarimizning nutqi yaxshilanib boradi. Mozaika metodi bu metoddan takrorlash, mustahkamlash darslarida foydalanishimiz mumkin. Bu metoddan qanday foydalanamiz? Darslarimiz tugaganida yoki bitta bobni tugatganimizdan keyin bu metodni qullasak bo`ladi. Bitta listga qoidani yoki matnni yozib olamiz va uni qirqib chiqamiz va so`ngra o`quvchilarga tarqatamiz o`quvchilar qirqilgan listlarni tartiblab chiqishadi. Tartiblab chiqilgan listlarni tekshirib chiqamiz. Bu jadvaldan foydalanib doira ichiga asosiy so`zni yozamiz va o`quvchilarga bu so`zga oid terminlar va so`zlarni yozib chiqamiz. Misol uchun doiraga fe`l deb yozamiz va qolgan tomonlarga fe`lga oid bo`lgan so`zlarni yozib chiqamiz. 1-tomonga fe`lning so`roqlari 2-tomonga o`timli va o`timsiz fe`llar, 3-tomonga fe`l nisbatlari va 4-tomonga fe`l zamonlarini yozamiz. O`qituvchi faqat fe’l so`zini doira ichiga yozib qolgan bo’laklarni o`quvchilar to’ldirishini aytishi lozim. Shundan so’ng o’quvchilar doiradagi so`zga aloqador bo`lgan so`zlarni yozib chiqishlari kerak bo’ladi. Yozib bo`lishganlaridan so’ng o`qituvchi yozilgan javoblarni tekshirib chiqiladi. Bu metod orqali o`quvchilarning mavzuni qanday o`zlashtiganliklarini bilib olish mumkin va bu metod mavzuni takrorlab olish uchun ham qulay. 216 Mart, 2025-Yil Metodlardan foydalanish darsni jonlantiradi uni qiziqarli qiladi eng asosiysi mavzuga oid to`g`ri metodlardan foydalanishdir. Metodlardan foydalanganda ularning yoshlarini ham hisobga olish zarur. Hozirgi kunga kelib zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zamon talabiga aylanib bormoqda. Zamonaviy texnologiylardan foydalanib darslarni tashkil qilish anchagina darsni tashkil qilish uchun samara beradi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tili fanini o`qitishda samarali foyda beradigan metodlar haqida ma`lumotlar kiritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tili fanini o`qitishda samarali foyda beradigan metodlar haqida ma`lumotlar kiritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o`qituvchi, Ona tili, metod, kitob, texnologiya., o`quvchi, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026