Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BIRINCHI QALDIRG‘OCH ” SPEKTAKLIDA REJISSYOR VA AKTYORLARNING INNOVATSION YONDАSHUVLARI
INNOVATSION YONDАSHUVLARI · Qahhorov Muhammadali Xolbo‘ta o‘g‘li · “THE FIRST SWALLOW” (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi.)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article highlights some important aspects of the drama “The First Swallow”, which tells about the life of the talented Uzbek actress Masuma Qoriyeva, staged in honor of the 110th anniversary of the Uzbek National Academic Drama Theater. At the same time, the innovative approaches of the director and the actors who played the main roles in directing and acting are discussed. Keywords: Art, theater, play, director, actor, actress, Masuma Qoriyeva, “The First Swallow”, 110 years. НОВАТОРСКИЕ ПОДХОДЫ РЕЖИССЕРА И АКТЕРОВ В СПЕКТАКЛЕ «ПЕРВАЯ ЛАСТОЧКА» Аннотация. В данной статье освещаются некоторые важные аспекты драмы «Первая ласточка», повествующей о жизни талантливой узбекской актрисы Масумы Кориевой, поставленной в честь 110-летия Узбекского национального академического драматического театра. При этом обсуждались новаторские подходы к режиссуре и актерской игре главного режиссера спектакля и актеров, сыгравших в нем главные роли. Ключевые слова: Искусство, театр, спектакль, режиссер, актер, актриса, Масума Кориева, «Первая ласточка», 110-летие. 4 72 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U hayotga kelarkan, yolg‘iz edi. Ota-onasi yo‘q va bolalar uyida katta bo‘ldi. Alloh nasib etib unga oqil turmush o‘rtoq, yaxshi farzandlar yoki qisqa qilib aytganda oila berdi. Ammo uning taqdiriga yolg‘izlik yozilgan ekan, hayotdan ketar vaqtda ham hech kimsiz yolg‘iz qoldi. Bu birinchi o‘zbek aktrisasi, “Birinchi qaldirg‘och” – Ma’suma Qoriyeva. 2024-yilning 15-noyabr kuni poytaxtdagi O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib, Isajon Sultonning “Ma’suma” romani motivlari asosida “Birinchi qaldirgʻoch" dramasining premyerasi bo'lib o‘tdi. Spektakl o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning yorqin xotirasiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub bo‘lgan “Ma’suma” romani 2022-yilda chop etildi. Asarda birinchi o‘zbek aktrisasining jasoratli odimlari, sevgi baxtiga oshno kunlari, fojiali taqdiri mahorat bilan tasvirlanadi. Hayotga uyg‘oq nazar bilan qaramoq, ilm- ma’rifat sari dadil qadam tashlamoq ajri bu ma’suma ayolni ne-ne sinovlarga ro‘baro‘ qilmadi. Uzoq yillik darbadarliklardan so‘ng o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ygan rejissyor Mannon Uyg‘ur Ma’suma Qoriyevani teatrga jalb qiladi. Ma’suma – qalbi zilolday musaffo, sahnada ruhi ko‘klarga oqqushday parvoz qiluvchi aktrisa. Qatag‘onga duchor bo‘lgan yuzlab ma’rifatparvarlar, juvonmarg bo‘lgan minglab oilalar qatorida xalqqa teatr vositasida ma’rifat ulashish qismatini bo‘yniga olgan va oxir-oqibat, avlod-ajdodi bilan kuli ko‘klarga sovurilganlar qismati kishini seskantiradi. Ma’suma Qoriyeva – ana shunday fidoyi, o‘zbek teatrining ilk qaldirg‘ochlaridan biri. Uning hayoti nafaqat roman, balki spektakl, badiiy film yoki serial uchun ibratli mavzu ekani barcha ijodkorlar tomonidan e’tirof etiladi. “Ma’suma Qoriyeva o‘zining 27 yillik ijodiy faoliyati davrida o‘zbek, rus va jahon klassik dramaturgiyasi asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratdi. U drama va musiqali drama asarlaridagi rollarini mohirona ijro etgan ulkan iste’dod sohibasi edi”1. Haqiqatdan ham Ma’suma Qoriyeva ijod davri mobaynida Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub “Boy ila xizmatchi”, “Holisxon”, “Zaharli hayot”, “Tuhmatchilar jazosi” pyesalarida Jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima kabi dramatik ayollar rolini ijro etgan bo‘lsa, jahon dramaturgiyasidan Fridix Shillerning “Makr va muhabbat” va “Qaroqchilar” pyesalarida Luiza hamda Amaliya rollarini mohirona ijro etdi. Ayniqsa Xurshidning “Layli va Majnun” hamda “Farhod va Shirin” pyesalari orqali sahnaga qo‘yilgan spektakllarda ijro etgan 1 Abduqunduzov. M, Yuldoshev. M. O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ijodkorlari. T.: “Cho‘lpon nomidagi NMIU”, 2020. – 284 b. 4 73 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Layli va Shirin rollari unga katta shuhrat keltirdi. Ko‘rish mumkinki, Ma’suma Qoriyeva ijodi davomida xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan: G‘ulom Zafariyning “Halima” pyesasidagi Halima, Karlo Gotssining “Malikai Turandot” pyesasidagi Adelma, Lope de Veganing “Qoʻzibuloq” pyesasidagi Malika va Uilyam Shekspirning shoh asarlaridan biri “Otello” da esa Emilya rollari shular jumlasidandir. Mana shunday yetuk aktrisa hayotini tasvirlash hamda uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida san’atsevar xalqimizga “Birinchi qaldirg‘och” spektakli namoyish etildi. Spektakl O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining hozirgi kundagi bosh rejissyori Asqar Xolmo‘minov tomonidan sahnalashtirildi. Spektakl ikki kun davomida namoyish etilgan bo‘lsa, shu ikki namoyishda Ma’suma rolini “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Lola Eltoyeva hamda “O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” Dilnoza Kubayevalar mahorat bilan ijro etdi. Shu bilan birga
Доказательный фрагмент
«This article highlights some important aspects of the drama “The First Swallow”, which tells about the life of the talented Uzbek actress Masuma Qoriyeva, staged in honor of the 110th anniversary of the Uzbek National…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights some important aspects of the drama “The First Swallow”, which tells about the life of the talented Uzbek actress Masuma Qoriyeva, staged in honor of the 110th anniversary of the Uzbek National… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Art, theater, play, director, actor, actress, Masuma Qoriyeva, “The First, aktrisa, teatr, rejissyor, 110 yillik., spektakl, Ma’suma Qoriyeva, “Birinchi qaldirg‘och”, San’at, aktyor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026