К содержанию
РецензированоUZ2025

INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDA TILNING O'ZGARISHI

Mengaliyeva Marhabo Mengali qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the linguistic changes occurring in social networks today. It examines the influence of the Internet and social networks on spoken language, the formation of new words, abbreviations, and emojis, as well as the emergence of new linguistic forms. The article discusses the social and cultural aspects of language change in social networks and how these changes spread among young people. The analysis explores how modern communication tools shape language and what changes occur in spoken discourse. Keywords: Internet, social networks, language change, emojis, abbreviations, new words. 3 56 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Internet va ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda jamiyatning eng muhim qismlariga aylangan. Ular nafaqat ma'lumot almashish, balki til va kommunikatsiya madaniyatining shakllanishiga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. So'zlashuv va yozishmalarda yangi so'zlar, qisqartmalar, shuningdek, emojilar kabi vizual ifodalardan foydalanish tez sur'atlar bilan keng tarqalmoqda. Til va inson bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydigan tushunchalardir. Insoniyat tarixida til rivojlanishi doimo jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishi insonlarning o‘z ona tilida muloqot qilish (gapirish va yozish) usullarini tubdan o’zgartirdi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Til jamiyat bilan birga o‘zgaradi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar esa ushbu o‘zgarish jarayonini tezlashtirib, yangi kommunikatsiya shakllarini yaratmoqda. Ushbu mavzuni ilmiy jihatdan tahlil qilish uchun bir qator muhim manbalar va tadqiqot usullari mavjud. Naomi S. Baron – "Always On: Language in an Online and Mobile World" (2008). Kitob internet va mobil texnologiyalar ta’sirida til qanday o‘zgarayotganini o‘rganadi. Muallif virtual muloqot va an’anaviy yozishmalar o‘rtasidagi tafovutlarni tahlil qilib, raqamli kommunikatsiyaning kelajagi haqida fikr yuritadi. Kitob o‘nta bobdan iborat bo‘lib, unda onlayn va mobil aloqa turlarining tarixi bayon qilinadi hamda bu texnologik vositalar kundalik hayotga tobora chuqurroq singib borishi natijasida lingvistik va ijtimoiy me’yorlarning qanday o‘zgarishi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Muhim boblarda ayrim aloqa texnologiyalariga (masalan, tezkor xabar almashish, mobil telefonlar) oid fanlararo tadqiqotlar keltirilgan hamda ular tarixiy nuqtayi nazardan o‘xshash texnologiyalar va aloqa amaliyotlari (masalan, telefonlar, jonli qo‘ng‘iroqlar orqali suhbatlar) bilan solishtiriladi. Markaziy boblarning bir qismida antropologiya, nutq tahlili, sotsiolingvistika, ta’lim va neyrobiologiya bo‘yicha tadqiqotlar umumlashtirilgan bo‘lib, ularda Baron va uning hamkasblari tomonidan o‘tgan o‘n yil davomida AQShning ayrim bakalavr talabalari orasida olib borilgan asl tadqiqot natijalari ham keltirilgan. Ushbu tadqiqotlar onlayn va mobil aloqa shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor namunalari hamda lingvistik xususiyatlarga oid ommaviy qarash yoki savollarni o‘rganishga qaratilgan.[1]. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar nutqiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, kod-mixing va emoji lingvistikasi bo‘yicha tadqiqotlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu kitob internet tilining shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va uning an’anaviy til tizimlariga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil ma’lumot beradi. Muallif til o‘zgarishlarini lingvistik nazariya asosida tahlil qiladi. 3 57 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, izohlar va xabarlarni o‘rganish orqali til o‘zgarishlarini real misollar asosida tahlil qilindi. Tilning o`zgarishiga hissa qo`shayotgan asosiy tashqi omillardan biri internet va ijtimoiy tarmoqlardir, ayniqsa, Facebook, Instagram, Telegram kabi platformalardagi yozishmalar lingvistik jihatdan o`rganildi. Ushbu so'zlar, ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning fikrlarini ifodalash uchun oson va tezkor vositalar bo'lib, tilni yanada soddalashtirdi. Shuningdek, internet tili va emojilar yordamida muloqot qilish bugungi kunda keng ommalashgan. Muhokama. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar inson muloqoti va tiliga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Bu jarayon global miqyosda kechib, tilning turli sohalarda tezkor o‘zgarishiga sabab bo‘lyapti. Avvallari tilni grammatik qoidalar boshqargan bo‘lsa, endilikda qulaylik, tezkorlik va muloqotning ta’sirchanligi asosiy omillarga aylanmoqda. Foydalanuvchilar uzun jumlalar o‘rniga qisqartirilgan shakllarni afzal ko‘rmoqda. Masalan, SMS (Short message service = qisqa xabarlar xizmati), OMG (Oh My God = Voy Xudo), LOL (Laughing Out Loud = yotvolib kulyapman), OK kabi qisqa javoblar uzoq tushuntirishlarning o‘

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the linguistic changes occurring in social networks today.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the linguistic changes occurring in social networks today. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Internet, social networks, language change, emojis, abbreviations, new words, emojilar, yangi so'zlar., qisqartmalar, til o'zgarishi, ijtimoiy tarmoqlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники