К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDCHILARNING MA‘RIFATPARVARLIK HARAKATLARI VA ULARNING XALQ MA‘NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI O’RNI.

Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · Rahimova Nigina Nabi qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish – jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g’oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo’llarini izlaganlar. Ushbu maqolada yuqorida muallif tomonidan qayd etilgan fikrlar xaqida so’z boradi Kalit so’zlar: M.Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Junaidxon, Turon, Qor yog’di mahallasi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g’oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo’llarini izlaganlar. Jadidlarkurashniningaslg’oyasiyagonazamingaegaTurkistondaozodvafarovonjamiyatquri sh edi. Jadidlar asosan ilk bosma xonalani yangi maktablar, darsliklar yaratadi va nashr ettiradi, qiz bolalarni o’qishi uchun sharoit yaratadi va shu orqali Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xivada xur fikrli taraqqiyparvar kishilarning madaniy – marifiy uyushmalari shakllanadi. Jadidlar mafkurasiga ko‘ra islom dini shaxsning ma’naviy kamoloti va jamiyat rivojida muhim o‘rin tutgan. Ular ushbu vazifani hal etmay turib, boshqa muammolarni bartaraf qilishning iloji yo‘qligini anglab yetgan. Ana shu maqsadda 1909-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy, 1910-yilda Abdulla Avloniy, 1915-yilda Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat tomonidan islom tarixiga oid asarlar yaratildi. Ushbu asarlarda ular islomning paydo bo‘lishi va tarqalishining eng muhim bosqichlarini yoritib berishdi, shuningdek, islom aqidalarining noto‘g‘ri talqin qilinishiga qarshi chiqishdi. Turkiston taraqqiyparvarlari tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilgan chora- tadbirlar qatorida islom dini me’yorlarini, Qur’on oyatlari va hadislarni, shariat hukmlarini to‘g‘ri talqin etish, ta’lim tizimini isloh qilish, uni zamon talablariga moslashtirish kabilar bor edi. 398 Fevral, 2025-Yil Milliy taraqqiyparvarlar musulmon ruhoniylarining fanga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan vakillarini qoraladi. Taraqqiyparvarlar islom dini har bir musulmon erkak va ayollarning bilimga ega bo‘lishini ularning zimmasiga burch qilib qo‘yganligini keng targ‘ib qilishadi. Jadidlar ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo‘naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi deb hisoblashdi. Ularning fikriga ko‘ra chin musulmon bo‘lish uchun diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarni bilishlari zarur deb hisoblangan. Buni muqaddas Qur’on oyatlari va hadislar asosida tasdiqladilar. Jadidlarning islomga oid g‘oyalari ularni islomning asosiy ta’limotini o‘zgartirishga intilganlar, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Sababi ular o‘z faoliyatlarida Qur’onni ham, umuman, butun islom ta’limotini ham to‘g‘ri izohlab berganlar. Ularning barchasi islom diniga va musulmon an’analariga sodiq edi. Ular islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga, jamiyat rivojiga va taraqqiyotiga xalal beradigan salbiy ko‘rinishdagi holatlarga qarshi chiqdi. Jadidlar johillikni tugatishga, omma orasida taraqqiyparvar g‘oyalar uyg‘otishga intilishdi. Yodda tuting! Jadidlar islomga putur yetkazadigan an’ana va odatlarga qarshi chiqdilar, jamiyat rivojiga xalal bergan barcha salbiy ko‘rinishlarga norozilik bildirdilar. Taraqqiyparvarlarning Turkiston ijtimoiy- iqtisodiy sohasidagi faoliyati. Jadidlar o‘lkani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ham o‘ziga xos qarashlarga ega edi. Taraqqiyparvarlar o‘z faoliyatlari davomida o‘lka xalqlarining ijtimoiy hayoti, turmush tarzi, kasb-kori, shart-sharoitlaridan xabardor bo‘lishgan. Xalqning ahvoli yildan yilga og‘irlashib borayotganini angladi. Ularning fikricha, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlamay turib, siyosiy va huquqiy erkinlikka erishish mumkin emasdi. Buning uchun birinchi navbatda yerni, yerosti va yerusti boyliklarini, suvni Turkiston xalqlarining umumiy boyligi deb e’lon qilish, barcha sohalarni rivojlantirishga qodir mahalliy kadrlarni tayyorlash, zavod va fabrikalar qurib, mahsulotlarni o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarishni zarur deb bilishdi. Jadidlar ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablag‘lar yig‘ildi. O‘lkada va xorijda savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri, Toshkentning ʻʻQor yog‘diʼʼ m

Доказательный фрагмент

«XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish – jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’ldi.»

Образец извлечения

Демо-превью

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish – jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’ldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qor yog’di mahallasi., Fitrat, Turon, Junaidxon, Abdulla Avloniy, M.Behbudiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники