К содержанию
РецензированоUZ2026

TISH KARIESI: NIMA, NEGA VA QANDAY KURASHISH KERAK?

Egamberdiyev Muhammadali · Munavvarov Samandarxon (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti,)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 32 - 51 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan beri mavjud bo‘lgan ushbu patologik jarayonning zamonaviy stomatologiya yutuqlari bilan qanday bartaraf etilishi ko‘rib chiqiladi. Kariesning etiologik omillari, shu jumladan, bakterial ta’sir, og‘iz gigiyenasi va oziq-ovqat tarkibining roli muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davolash metodlari – remineralizatsiya, plombalash, endodontik davolash va lazer terapiyasining samaradorligi yoritiladi. Tish kariesining oldini olish uchun stomatologik tekshiruvlar, florid qo‘shimchalari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Tish kariesi, stomatologiya, remineralizatsiya, bakterial infektsiya, plombalash, endodontik davolash, lazer terapiyasi, profilaktika, og‘iz gigiyenasi, florid. Kirish: Tish kariesi –bu tishlarning sog‘lig‘iga xavf soluvchi keng tarqalgan muammo. U, asosan, tishning emal qismi zararlanishi va chirishi natijasida yuzaga keladi. Har bir inson tish kariesiga umri davomida bir marta bo‘lsa-da duch keladi -og‘riq, noqulaylik va hattoki tishlarning yo‘qotilishiga olib keluvchi jarayon [2]. Ammo, karies tarixi, turlari, paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari ko‘pchilikka qorong‘u. Bu jarayon qachondan boshlangan? U qanday omillar bilan bog‘liq va qanday turlari, belgilari mavjud? Asosiysi, bu muammoni qay tarzda hal etish mumkin va qaysi davolash usullari samaraliroq? Ushbu maqola shuni ko‘rsatadiki, tish kariesini belgilari va sabablarini aniqlash, uning rivojlanish jarayoni va profilaktika usullarini tahlil qiladi. Bu muammoga qarshi kurashish noqulayliklarni[1], og‘riqlarni bartaraf etishga va tishlarni saqlab qolishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda muqobil davolash prinsiplarini aniq bayon qiladi. Aslida, karies (lotincha: caries –chirish) -tish kasalligi. U tish to‘qimalarini tez va sekin yemiradigan murakkab patologik jarayon [7]. Kariesning paydo bo‘lish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, insonlarning o‘ziga xos evolyutsion, qadimgi davr, o‘rta asr, 19-20 asr va hozirgi zamon jarayonlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi davr: Tish kariesi qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan kasallik. Arxeologik izlanishlar natijasida, qadimgi misrliklar va boshqa sivilizatsiyalarning qoldiqlari orasida karies mavjud bo‘lgan tishlar topilgan. Bu topilmalar tish kariesining insoniyat tarixida uzoq vaqt davomida mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, qadimiy yozuvlarda (masalan, Mesopotamiya va Misrda) tish og‘riqlari va zararlangan tishlar haqida ma’lumotlar mavjud. O‘rta asrlarda bu kasallikni xalq tabobati usullaridan foydalangan holda davolashgan, ammo uning sabablari to‘g’risida bilimlar cheklangan va kariesni “tish shaytonlari” yoki “yomon ruhlar” kabi atamalar bilan bog‘lashgan. 19-asrda stomotologiya rivojlanishi bilan birga kariesning biologik asoslari haqida ham ta’limot paydo bo‘ldi [6,7,8]. Bu davrda kariesni keltirib 117 chiqaruvchi bakteriyalar (Streptococcus mutans) aniqlanib, ularning ahamiyati tushunila boshlagan. 20-asrdagi kariesni oldini olish uchun jadal harakatlar flouridning ahamiyati bilan bog‘liq. Flourid suvga yoki tish pastalariga qo‘shilishi kariesni kamaytirishga yordam berdi. Aynan shu davrda profilaktik chora-tadbirlar va stomatologik ko‘riklar o‘tkazish ham ulkan ahamiyat kasb etdi [3]. Ayni damdagi jarayonlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oziq-ovqat tarkibi va ta’siri bo‘yicha turli tadqiqotlarni, digital stomatologiya, laser texnologiyalari va boshqa innovatsion usullarni rivojlanishini ko‘rishimiz mumkin. Tish kariesga uchraganligini ma’lum belgilar orqali bilish mumkin. Tish emalining rangi yoki tuzilishi o‘zgarishi kasallik mavjud ekanligidan dalolat beradi [8]. Shu bilan birga og‘izdan keladigan nohush hid uning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi va ayniqsa, taom tanavvulqilganda tish og‘rishi, issiq, sovuqning ta’sirini kuchli darajada sezish ham ushbu kasallik rivojlanayotganidan dalolat beradi [6]. Bundan tashqari tishning zararlanish darajasiga qarab dog‘ (tishning sirtki qismida rang o‘zgarishi), yuza (sirt zararlanishi), o‘rta (dentinning yuqori qismi zararlangan), va chuqur karies (dentin to‘liq zararlanib pulpagacha yetgan)ga ajratiladi [5].Shu bilan birgalikda, blek bo‘yicha karies kovagining 6 ta sinfi mavjud: 1- sinfiga ko‘ra karies molyar va primolyar tishlarning fissuralarida, 2-sinfi esa molyar va primolyarlarning kontakt yuzalarida, 3-sinfida kesuvchi va qoziq tishlarning burchakalari buzilmagan holda ularning kontakt yuzasida, 4-sinf karies kovagi kesuvchi va qoziq tishlarning burchaklari buzilgan holda kontakt va kesuv zonalarida, 5-turiga esa barcha tishlarning bo‘yin qismida,6-sinfining tasnifiga ko‘ra esa kesuv tishlarning chaynov do‘mboqlarida (immun zonalarida) joylashgan bo‘ladi [4]. Ayniqsa, hozirgi kunda kariesning intensivligi va tarqalish darajasi turlicha masalan: past intensivlik karies –Shveysariyada, Birma, Mozambikda,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
og‘iz gigiyenasi, profilaktika, endodontik davolash, Tish kariesi, florid., remineralizatsiya, plombalash, stomatologiya, bakterial infektsiya, lazer terapiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники