Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
KOMMUNIKATIV USLUBNI EGALLASH STRATEGIYALARINING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI
Sultanova Dilorom Baxadirovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 4 · 305- 307 · 2026
Аннотация
Ushbu nomli maqolada, pedagoglarning ijtimoiy va ma’naviy faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydigan kommunikativ uslubning egallanishidek muhim jarayonning didaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ma’lumki, kommunikativ usul – bu axborotning to‘g‘ri va samarali uzatilishiga asoslangan professional va ijtimoiy munosabatlardan foydalanish, shu bilan birga, uning tahlil qilish, tashkil etish va amalga oshirishdagi usullar va yo‘llar tizimidir. Ma’lumotlar almashinuvi jarayonini osonlashtirish, samaradorlikni oshirish va bilimlarning transferini ta’minlash uchun o‘rganish, ustuvor vazifa sifatida muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Kommunikativ uslub, didaktik xususiyatlar, pedagogik usullar ma’lumot almashish, ta’lim jarayoni, samarali o‘qitish, kommunikativ tajriba. Kirish qismi: Komunikativ uslubni egallash ta’lim jarayonida alohida o‘rin tutadi. Komunikatsiya - bu insonlar o‘rtasidagi ma’lumot almashish jarayonini anglatadi, bu jarayonda nafaqat axborot uzatiladi, balki o‘zaro munosabatlar ham rivojlanadi. Ta’limda kommunikatsiya orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi aloqalar o‘rnatiladi, bilimlar tarqatiladi va muayyan maqsadlarga erishiladi. Komunikativ uslubni egallashning diqqatga sazovor jihati shundaki, u nafaqat bilim olish jarayonini engillashtiradi, balki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartiradi. Bu uslub, o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy ko‘nikmalarini shakllantirishda, shuningdek, mustaqil fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Komunikativ uslubni egallash strategiyalari ta’lim jarayonida qo‘llanadigan asosiy metodik vositalardan biridir. Ularning samaradorligi, o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, muloqotda o‘z fikrini aniq va tushunarli ifodalashga o‘rgatishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada, kommunikativ uslubni egallashning didaktik xususiyatlari va uning ta’lim jarayonida qanday qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan strategiyalar ham tahlil qilinadi. Asosiy qism: Komunikativ uslubni egallash strategiyalarining didaktik xususiyatlari ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishida alohida ahamiyatga ega. Ushbu strategiyalar o‘qitishning nafaqat axborot uzatish jarayonini, balki ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni mustahkamlashni ham o‘z ichiga oladi. Komunikativ uslubni egallashda bir nechta asosiy metodik yondashuvlar mavjud: Komunikativ uslubni egallashda ikki yo‘nalish – vertikal va gorizontal aloqa – muhim ahamiyat kasb etadi. Vertikal aloqa o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi axborot almashish jarayonini o‘z ichiga oladi, gorizontal aloqa esa o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Har ikki aloqa turi ham ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda yordam beradi. Vertikal aloqa o‘qituvchining bilimlarini uzatishda, gorizontal aloqa esa o‘quvchilar o‘rtasida fikr almashish va fikrlarni birlashtirishga xizmat qiladi. 142 Komunikativ uslubni egallashda interaktiv metodlar, ya'ni o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydigan usullar, asosiy o‘rin tutadi. Bu metodlar yordamida o‘quvchilar o‘zaro muloqotda bo‘lib, savollar berish, fikrlarini ifodalash va o‘zaro bahs-munozaralar orqali ta’lim jarayonini yanada jonlantiradilar. Didaktik yondashuvlar, o‘z navbatida, o‘qituvchining maqsadiga muvofiq ravishda o‘quvchilarning nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Komunikativ uslubning tashkilotchilik qismi, o‘qituvchining o‘quvchilarga ma’lum mavzuda yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar berishi, suhbatlarda faol ishtirok etishini ta’minlashdan iboratdir. Bu qismning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ta’lim olgan materialni muloqot orqali yanada samarali o‘zlashtirishidir. Tashkilotchi kommunikatsiya yordamida o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini to‘g‘ri ifodalashga va muloqotda o‘zaro tushunishni mustahkamlashga o‘rgatiladi. Komunikativ uslubni egallash jarayonida, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga katta e'tibor beriladi. Bu yerda o‘quvchilar o‘z fikrlarini ifodalashda ijtimoiy va madaniy me'yorlarga rioya qilishni o‘rganadilar. O‘quvchilar, shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, suhbatlarda erkin fikr bildirishi, muloqotda muhim savollarni berishi va yaxshi tinglash qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Zamonaviy ta'lim jarayonida kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi samarali ta’limni ta’minlaydi. O‘quvchilar multimedia, internet resurslari va ta'lim platformalari orqali o‘zaro muloqotda bo‘lib, o‘rgatishning samaradorligini oshiradilar. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarga o‘z fikrlarini aniq va tushunarli ifodalashda yordam beradi va o‘qituvchiga ta’lim jarayonini boshqarish imkoniyatini yaratadi. Komunikativ uslubni egallashning didaktik xususiyatlari, o‘qitish jarayonini samarali va qiziqarli qilishda muhim omil hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rtasidagi samarali muloqot, nafaqat ta'lim materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi, balki ijtimoiy ko‘nikmalarni ri
Доказательный фрагмент
«Ushbu nomli maqolada, pedagoglarning ijtimoiy va ma’naviy faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydigan kommunikativ uslubning egallanishidek muhim jarayonning didaktik xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu nomli maqolada, pedagoglarning ijtimoiy va ma’naviy faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydigan kommunikativ uslubning egallanishidek muhim jarayonning didaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikativ tajriba., samarali o‘qitish, Kommunikativ uslub, ta’lim jarayoni, didaktik xususiyatlar, pedagogik usullar ma’lumot almashish
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021