К содержанию
РецензированоUZ2026

80-90 YILLAR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA DINIY-MA’RIFIY TALQIN USLUBINING PAYDO BO‘LISHI (NASRIY SHE’RLAR MISOLIDA)

Hoshimjon Ahmedov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article discusses the issues of religious and educational artistic interpretation that have appeared in Uzbek national poetry since the 1980s. In the case of prose poems, attention is paid to the individual skill of poets. The topic is explored as a tradition of that time and a process of realizing national identity. Keywords: Uzbek poetry of the 1980s-1990s, religious and educational artistic interpretation, aspects of tradition and identity. Kirish. 20 asrning 80 yillaridan boshlab o‘zbek milliy she’riyatida o‘ziga xos yangi davr boshlandi. Ya’ni, tarixiy davr o‘zgara boshlashi bilan milliy o‘zlikni qayta anglash jarayoni boshlandi. Shu jarayonda tarixiy va diniy mavzularga murojaat ko‘paydi. Mustamlaka davrida taqiqda bo‘lgan mavzular ochildi. Maqolada aynan diniy-ma’rifiy badiiy talqin muammolariga e’tibor qaratildi. Tahlil, tadqiq va mulohazalar. Ushbu usuldan muvaffaqiyatli foydalanayotgan adiblardan eng avvalo Ibrohim G‘afurovning mansuralarini ta’kidlash lozim. “Metafizika” nomli mansurada muallif Madinada Muhammad alayxissalomga Allohning mo‘jizasi tushib – Oy ikkiga bo‘linganini majozan boshqa ikki tafsilga muqoyasa qiladi.[1, G‘afurov I. Iltijo. Mansuralar. 13-bet.]. Dostoevskiyning tushida oy uchga bo‘lingan ekan. Va adib bul tush ta’birini bilmoqchi bo‘ladi. Muallif ta’kidlashicha, “miyasi uch pallaga ajralib ketgan edi o‘shanda Dostoevskiyning. Uch buyuk romanga ajralgan edi Dostoevskiy. “Yaratganning mo‘jizasiga shohidlik berib “Anshaqqal al-qamara” degan ul zoti bobarokotning nazdida ham olam go‘yo Makka va Madinaga ajralgan edi. O‘shal zamon Payg‘ambar alayhissalomga Buyuk Kitob nozil bo‘la boshlagan edi. “Nahot daho kitoblar yaratilar chog‘da Oy ikkiga bo‘linar? Kitob xabari kelar?” Bu poetik o‘xshatish, qiyos. Albatta bu o‘rinda Muhammad (s.a.v)ning buyuk mo‘jizasi qiyoslashga asos bo‘lgan. “Gul to‘kilguncha” (Qiz maktublari) mansurasida (“Saodat” jurnali 1993 yil, 8–9 son) 11 muallif bir boqira qizning buloq suviday toza, pok niyat va o‘ylari, kechinmalarini, qalb suvratini chizishda yana shunday pokdamon mo‘min musulmonlarga muhayyo qilinadigan jannat bog‘lari haqidagi Qur’on surasidan iqtibos keltiradi: “Sizga arzu samo kengligiday bog‘ yaratdi” [2. Qur’oni karim. “Hadid” surasi, 21-bet]. Mansurada bokira qizning muloxazalari juda jonli va o‘zbekona milliy xos ohangda berilgan. Gulini to‘kmaydigan olma – sadoqatga timsol. Nafis bir tamsil: “Bilasizmi, to‘kmas ekan gullarini olmalar. Mevasining uchida doim saqlar gulini. Olmada sadoqat bor o‘z guliga. Odamga juda o‘xshaydi olma”. Buyog‘iga endi sadoqatga vafo bilan yoxud jafo bilan javob berish har kimning o‘z ixtiyorida: “Birov darxol to‘kib yuboradi gullarini”: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko‘rmadim?! Ko‘rgizib yuz mexr, ming dardu balosin ko‘rmadim?! [3. A. Navoiy. Topmadim. G‘azallar. 462 bet]. Yana birov “olmaday so‘ngi damgacha saqlar ehtiyotlab gulini”. “Xabiba Niso” mansurasida o‘tganlarni yod etib turishdek mo‘min musulmon odamlar zimmasiga farz qilingan savobi – a’mol zikr qilinadi. Zero, “qabristonni ziyorat qilish – oxiratni eslatadi”.[4, 96 bet]. Darhaqiqat, har bir zot marxumlarni yod etish orqali o‘z ruxiyati, qalbini poklaydi, fanon umr qadrini yana bir bora his qiladi: “kimdir g‘oyatda xasta tovush bilan muborak “Mulk” surasini o‘qirdi. “Farji’-il-basora xal taroyi min. futur. Summa arj’i-il-basara karratayni...”. [5, 422 bet]. Ya’niki, “Ey insonlar, u sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq – yaxshiroq amal qiluvchi ekanligingizni imtixon qilish uchun o‘lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag‘firatlidir”. Ilohiy kalomlar kishini mas’uliyatga, hushyorlikka, hivzu-himoyat, bedorlikka chorlaydi, “qulog‘im ushbu ilohiy sadoni ilg‘arkan, birdan yuragim chidamadi... “ Nechun? Chunki inson Xaqni qancha chuqur va teran anglagan sari bu o‘tkinchi dunyoda o‘tkazgan betaqvo va behojat o‘tgan har lahzasi uchun iztirob chekadi. Muqaddas kalomlarni she’rda istifoda etish iqtidorli shoira Qutlibeka ijodida ham ko‘rinadi. Uning “Meni muhabbatdan axtaring” turkumiga kirgan nasriy she’ri – mansurasida o‘z o‘rni, qalb tug‘yonlarini anglashga urinayotgan Insonning o‘y-fikrlari beriladi.[6. “Saodat” jurnali. 1992. 2 son, 4–5-betlar]. Mansuraning tuzilishi ham o‘ziga xos. Shoira insonlar toifasini uchga ajratadi: “Karamlik, asosan, uch toifa odamlarni yaratadi. Bo‘ysunganlar, ko‘nikkanlar: Bo‘ysunishga, ko‘nikishga chap berganlar: Birinchisiga Himoya, ikkinchisiga Qarshilik sifatida yaralganlar. Uchinchi toifani birov emas, ular o‘zlarini yaratganlar”. Bu toifaga shoira nazm shaydorlarini kiritadi: “uchinchi toifa hayoti shafqatsiz, unga ruhiy charchoqlar qabul qilinmaydi”. Shoira ruhiy iztiroblar aro haqiqat sari yetib keladi: “Qaysi umidga suyanib o‘rnimdan turay, qidirinaman. “Ixdinas sirotal mustaqim... “Tilimga shu kalom keladi, ko‘zimga yosh, ko‘nglimga quyoshli, oyli bir tuyg‘u... Muhabbat bu!” Mumtoz adiblarimizga xos xudosevarlikni kuzatish mumkin. Turkona she’riyatning 12 mag‘zi – ma’nosi ham shu bo‘lgan asli.

Доказательный фрагмент

«This article discusses the issues of religious and educational artistic interpretation that have appeared in Uzbek national poetry since the 1980s.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the issues of religious and educational artistic interpretation that have appeared in Uzbek national poetry since the 1980s. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek poetry of the 1980s-1990s, religious and educational artistic, an’ana va o‘ziga xoslik jihatlari., XX asrning 80-90 yillari o‘zbek she’riyati, diniy-ma’rifiy badiiy talqin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3