К содержанию
РецензированоUZ2021

KREATIV IQTISODIYOT-MOHIYATI VA AHAMIYATI

R.A. To‘ychiyeva

Interpretation and researches · 1 · 709-717 · 2021

Аннотация

The article discusses the essence and significance of the creative economy, identifies the prerequisites, key factors, and foreign experience in the formation of creative industries. Key words: sustainable development, creative economy, creativity, inclusion, innovation, creativity, economic growth. Jahonda glloballashuv jarayonlari, tabiiy resyrslarning qisqarishi, global bozoida raqobatni kuchayishi sharoitida “Kreativ iqtisodiyot”- innovatsion rivojlanishning eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib, mahsulot yaratishning sifat jihatidan yangi original g'oyasiga asoslangan biznes sohasigagi yondashuviga aylandi. 2021 yil BMT tomonidan Xalqaro kreativ iqtisodiyot yili deb e'lon qilindi. “Kreativ iqtisodiyot” – bu barcha tarmoqlarda gʻoyadan daromad olishga asoslangan faoliyat turi hisoblanadi. Uning asosiy yoʻnalishi kreativ industriyadir. “Kreativ iqtisodiyot” barqaror iqtisodiy o'sishga ko'maklashuvchi biznesning tez rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Yuqori texnologiyalar va ijodkorlikka asoslangan kreativ iqtisodiyotga etibor qaratish rivojlangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga tobora ko‘proq hissa qo‘shmoqda va jahon iqtisodiyotida eng yuqori o‘sish sur’atlarini (10−25%) ta’minlamoqda.[1] “Kreativ iqtisodiyot” tushunchasiga bиrinchi marta, 2000 yilda “Business Week” jurnalida Djon Хокins tomonidan ta'rif berildi. Djon Хокins kreativ iqtisodiyotga reklama, arxitektura, san'at, hunarmandchilik, dizayn, musiqa, radiotexnika, dasturlash sohalari uchun zarur bo'lgan kasblarni kiritib,ushbu 123 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 sohalarda mahsulotlar islab chiqarishda asosini intellektual mehnatdan foydanilish tashkil etishini ta'kidlab o'tdi. [2] “Kreativ iqtisodiyot” va “An'anaviy iqtisodiyot” o'rtasidagi asosiy farqi shundaki, kreativ iqtisodiyotning asosiy vositasi bu bilim, resursi axborot, mahsuloti esa innovatsiyadir. Kreativ iqtisodiyot – bu barcha tarmoqlarda gʻoyadan daromad olishga asoslangan faoliyat turi hisoblanadi. Uning asosiy yoʻnalishi kreativ industriyadir. Buyuk Britaniya hukumatining madaniyat, ommaviy axborot vositalari va sport departamenti “Kreativ industriyalar”ning rasmiy ta'rifini quyidagicha beradi: “Kreativ industriyalar”ning asosi individual ijodkorlik, bilim, iqtidor asosida qo‘shimcha qiymat va ish joylarini yaratishga asoslangan intellektual mehnatdan foydalanish faoliyati hisoblanadi. "Kreativlik" atamasini yangi, ilgari foydalanilmagan g'oyalar yordamida biror narsaga ijodiy yondashish sifatida tushuntirish mumkin. “Kreativ iqtisodiyot” barqaror iqtisodiy o'sishga ko'maklashuvchi biznesning tez rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Kreativ iqtisodiyotning jadal rivojlanish sur'atlari tufayli dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari o'rtasidagi tengsizlik muttasil oshib borishini bashorat qilштmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda kreativ iqtisodiyotga o'tish ham oʻz ifodasini topmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 74/1984 rezolyutsiyasida ta'kidlanganidek,kreativ iqtisodiyot Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishishga hissa qo'shmoqda. Binobarin kreativ iqtisodiyotiga o‘tish nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki xalqaro aloqalarni mustahkamlashga, aholining turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun barcha manfaatdor tomonlarning birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab qiladigan uzoq muddatli jarayondir. Jahon iqtisodiyotida jadal rivojlanayotgan yangi sohalardan biri – bu kreativ industriya hisoblanadi. BMT rezolyutsiyasiga koʻra, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yoʻnalishlari, jumladan, kreativ iqtisodiyotni mustaqil tarmoq sifatida qoʻllab-quvvatlash, uning alohida statistik hisobotini yuritish va yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish nazarda tutilgan. BMTning tahliliy maʼlumotlariga koʻra, madaniy va kreativ sohalardagi mahsulotlarning dunyo yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,1 foizni tashkil etadi hamda jahonda ish bilan band aholining 6,2 foizi ushbu sohaga toʻgʻri kelib, uning asosiy qatlamini yoshlar tashkil etadi.[3]. Bugungi kunda kreativ industriya yiliga 2,3 trillion dollarga yaqin daromad keltiradi. Jahon eksportdsagi ulushi 250 milliard dollarga teng bo‘lib, hozirgi o‘sish 124 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 sur’atlari va ushbu sektorning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini hisobga olsak, yaqin 10-15 yillar ichida jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizini tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.[4]. Xorijiy mamlakatlar tajribasiga asosan, kreativ iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o‘tish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ta’limni rivojlantirish, madaniy klasterlar yaratish va turli tarmoqlar o‘rtasida faol hamkorlikni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni talab etiladi. Shunday qilib,kreativ iqtisodiyot noyob mahsulotlar yaratish va ilgar

Доказательный фрагмент

«The article discusses the essence and significance of the creative economy, identifies the prerequisites, key factors, and foreign experience in the formation of creative industries.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the essence and significance of the creative economy, identifies the prerequisites, key factors, and foreign experience in the formation of creative industries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sustainable development, creative economy, creativity, inclusion, innovasiya, ijodkorlik, inklyuzivlik, kreativlik, kreativ iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, iqtisodiy o'sish.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники