Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
FRANSUZ TILI O‘QITISHDA O‘QITUVCHI VA TALABA O‘RTASIDAGI HAMKORLIK
Xudoyberganov Yodgor Iskandarovich
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В этой статье мы постараемся дать полную информацию о важности эффективного сотрудничества преподавателя и ученика, методических подходах и о том, какую роль это сотрудничество играет в успешном изучении языка ученика. В этой статье также подчеркивается важность сотрудничества учителя и ученика, эффективных методов и проблем в процессе обучения. Kalit so‘zlar. Motivatsiya, hamkorlikda faollik ko‘rsatish, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar Keywords: Motivation, collaborative activity, interactive methods, innovative technologies Ключевые слова. Мотивация, проявление активности в сотрудничестве, интерактивные методы, инновационные технологии. Kirish. Fransuz tili, global miqyosda keng tarqalgan va ko‘plab sohalarda foydalaniladigan til bo‘lib, uni o‘rganish dunyoqarashini kengaytiradi va madaniy boylikni tushunishga yordam beradi. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi samarali hamkorlik, tilni muvaffaqiyatli o‘rgatishning asosiy omilidir. Bu hamkorlikning samarali tashkil etilishi nafaqat o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi, balki ularning o‘z-o‘zini anglashini, fikrlarni erkin ifodalashini va ijodkorligini rivojlantiradi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot metodologiyasi 101 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot haqida rus pedagogi va psixologi Lev Vygotskiy fikricha pedagogika ilmida o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi samarali muloqot ta'lim sifatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. O‘qituvchilar o‘z fikrlarini aniq va tushunarli tarzda talabalarga yetkazishlari, talabalar esa o‘z ehtiyojlarini ochiq-oydin bildirishlari kerak. O‘zaro muloqotning yetishmasligi ta'lim jarayonida noaniqliklarga olib kelishi mumkin (Vygotsky, 1978; Bruner, 1990). Talabalar o‘zlarini o‘qish jarayonida yengil his qilishlari va maqsadga erishish motivatsiyasiga ega bo‘lishlari zarur. Ko‘plab tadqiqotlarda o‘qituvchining rag‘batlantirish usullari, talabalar bilan munosabatdagi yondashuvlar va motivatsiyaning ta'limga ta’siri o‘rganilgan (Deci & Ryan, 2000; Pintrich, 2003). O‘qituvchi har bir talabaga mos uslub va metodlarni qo‘llash orqali ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari va o‘rganish usullariga qarab moslashadi (Tomlinson, 2001). Ta'lim jarayonida turli metodlar (masalan, suhbat, guruhli ishlar, amaliy mashg‘ulotlar) talabalar bilan muloqotda samarali bo‘ladi. So‘nggi yillarda ta'limda texnologiyalarning roli ham katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashda raqamli resurslar, onlayn ta'lim platformalari va boshqa texnologik vositalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘plab tadqiqotlarda o‘rganilgan (Means et al., 2013). O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati Fransuz tili o‘qitish jarayonida o‘qituvchining asosiy roli faqat ma’lumot berishda emas, balki talabalarni ilmiy va ijodiy tarzda rivojlantirishda ham yotadi. O‘qituvchining yondashuvi, o‘qitish metodikasi va talaba bilan o‘zaro aloqasi samarali o‘qitish jarayonini shakllantiradi. A) O‘qituvchining roli. O‘qituvchining asosiy vazifasi nafaqat fransuz tilining grammatikasi va lug‘atini o‘rgatish, balki talabalar bilan doimiy va samarali muloqot o‘rnatishdir. O‘qituvchi, talabaning yutuqlarini va kamchiliklarini tahlil qilib, unga kerakli yordamni taqdim etishi lozim. Bu yondashuv o‘quvchi uchun yanada motivatsiya yaratadi. O‘qituvchining motivatsiyasi — bu uning o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ishtiyoqi, vazifalarni amalga oshirishga bo‘lgan intilishi va talabalarga bilim berishga bo‘lgan mehr-muhabbatidir. Motivatsiya o‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z bilimlarini talabalar bilan baham ko‘rishiga va o‘quvchilarni o‘qishga jalb qilishiga yordam beradi. B) Talabaning roli. Talaba hamkorlikda faollik ko‘rsatish, o‘qituvchining tavsiyalarini tinglash va o‘zini rivojlantirishda ishtirok etishi kerak. Talaba, o‘qituvchi bilan bog‘lanib, kerakli savollarni berishi, tilni o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishi zarur. Agar talaba o‘zining ishtiyoqi va motivatsiyasini yuqori darajada saqlasa, o‘qituvchi bilan hamkorlik samarali bo‘ladi. Talaba o‘z bilim va ko‘nikmalarini faol namoyon qilish orqali dars jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi. 102 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 O'qituvchi va talabalar o'rtasida interaktiv muloqotning o'rnatilishi darsni qiziqarli va samarali qiladi. Talabaning savollar berishi, fikrlarni bildirish, guruhlarda ishlash va amaliy mashqlarni bajarishda faolligi tilni o'rganish jarayonini yanada samarali qiladi. Samarali hamkorlikni tashkil etish usullari O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yaratish uchun bir qator metodik yondashuvlar mavjud. Quyidagi yondashuvlar fransuz tilini o‘qitishda muvaffaqiyatga erishish uchun yordam beradi: A)
Доказательный фрагмент
«В этой статье мы постараемся дать полную информацию о важности эффективного сотрудничества преподавателя и ученика, методических подходах и о том, какую роль это сотрудничество играет в успешном изучении языка ученика.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье мы постараемся дать полную информацию о важности эффективного сотрудничества преподавателя и ученика, методических подходах и о том, какую роль это сотрудничество играет в успешном изучении языка ученика. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Motivation, collaborative activity, interactive methods, innovative, hamkorlikda faollik ko‘rsatish, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, Motivatsiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025